Alisher Navoiy g‘azallariga sharhlar
www.ziyouz.com kutubxonasi
1
ALISHER NAVOIY
G‘AZALLARIGA SHARHLAR
Erkin VOHIDOV
JUNUN VODIYSIDA
Ulug‘ Navoiyning har biri bir jahon ma’no, bir olam his to‘yg‘u ifoda qilguchi baytlarini takror-
takror o‘qib har safar ko‘nglimiz surur va hayajon bilan to‘ladi, har safar bu olmos satrlarning yangi
qirralarini kashf qilamiz, yangi-yangi ma’no tovlanishlarini ko‘rib hayratlanamiz.
Navoiy baytlari bizning hayotimizga bolalikdan, dastlabki o‘qish kitoblari bilan kirib keladi. Biz
ilk bor buyuk shoirni donishmand muallim sifatida taniymiz, «olim bo‘lsang, olam seniki» deb aytgan
ustoz sifatida o‘rganamiz. So‘ng o‘smirlik, yigitlik faslida bizga Navoiy muhabbat, vafo darsini beradi.
Yoniq ishqiy baytlarni yon daftarimizga ko‘chirib yozamiz, ilk sevgi maktublariga qo‘shib bitamiz.
Vaqt o‘tishi bilan buyuk Alisher ko‘z oldimizda faylasuf sifatida namoyon bo‘ladi, bizga hayot darsini
o‘rgatadi, uning sevinch va anduhlari, zavqu jafolarini so‘zlab dunyo haqidagi tasavvur doiramizni
kengaytiradi.
Junun vodiysig‘a moyil ko‘rarmen joni zorimni,
Tilarmen bir yo‘li buzmoq buzulg‘on ro‘zg‘orimni.
Mana shu matla’ bilan boshlanuvchi gazal o‘zbekning xonadonida dam-badam mehmon bo‘ladi.
Uni mashhur hofizlarimiz maqom yo‘llarida juda ta’sirli ijro etganlar.
Bu g‘azal dunyoning g‘amu anduhidan zardob bo‘lgan shoir qalbining afg‘onidir.
Inson yuragi va tafakkuri haddan ziyod sevinchni ham, gamni ham qabul qilolmaslik xususiyatiga
ega. Tuyg‘ularning ofatli seli kishini telba qiladi. Shoir o‘z jonini junun, ya’ni telbalik vodiysiga moyil
ko‘radi, buzulgan hayot-ro‘zg‘ori uni aqldan ozdirgani, endi telbalikni bo‘yinga olib dashtu sahrolar
kezishdan o‘zga iloji qolmaganini va
telbalik-buzish, vayron qilish ekan, demak buzilgan hayotini bir
yo‘la vayron qilmoq tilagini faryod bilan ifsho qiladi:
Junun vodisig‘a moyil ko‘rarmen joni zorimni,
Tilarmen bir yo‘li buzmoq buzulg‘on ro‘zg‘orimni.
Shoir dunyodan shunchalar ko‘ngli qolgan, sovuganki, oqibatsiz odamlardan shunchalar mehri
qaytganki, bu hayotdan hech bir nishonsiz yo‘q bo‘lib ketinshi tilaydi. Inson jismi-ku xoki g‘ubor
bo‘lmoqqa mahkum, lekin shoir istagi —
Falak bedodidin garchi mani xokiy g‘ubor o‘ldum,
Tilarmen, topmag‘aylar to‘tiyolikka g‘uborimni.
Ya’ni, zolim odamlar meni tirikligimda xo‘rladilar, qadrimga yetmadilar. Vaqt kelarki, mening
odamlarga ko‘rguzgan mehru
sadoqatim, fidoyiligim ayon bo‘lar. Kishilar mening qadrimga yetarlar,
mozorim xokini ko‘zlariga to‘tiyo qilarlar. Lekin tirikligimda bedodlik qilganlar men dunyodan
o‘tgach o‘kinmoqlari benaf, ko‘zlarita to‘tiyo qilmoq uchun guborimni topmagaylar. O‘shanda, ey ahli
gaflat, Navoiy qayga azm etdi deb so‘ramang, men tirikligimdaeq ixtiyorim jilovini qazoning qo‘liga
berib qo‘yganman:
Alisher Navoiy g‘azallariga sharhlar