Microsoft Word navoiy gazallariga sharhlar lotin ziyouz com doc



Yüklə 289,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/65
tarix02.01.2022
ölçüsü289,83 Kb.
#43144
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65
E. Vohidov Navoiy gazallariga sharhlar



Alisher Navoiy g‘azallariga sharhlar 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

1

ALISHER NAVOIY  



G‘AZALLARIGA SHARHLAR 

 

 

Erkin VOHIDOV 

 

JUNUN VODIYSIDA 

 

Ulug‘ Navoiyning har biri bir jahon ma’no, bir olam his to‘yg‘u ifoda qilguchi baytlarini takror-



takror o‘qib har safar ko‘nglimiz surur va hayajon bilan to‘ladi, har safar bu olmos satrlarning yangi 

qirralarini kashf qilamiz, yangi-yangi ma’no tovlanishlarini ko‘rib hayratlanamiz. 

Navoiy baytlari bizning hayotimizga bolalikdan, dastlabki o‘qish kitoblari bilan kirib keladi. Biz 

ilk bor buyuk shoirni donishmand muallim sifatida taniymiz, «olim bo‘lsang, olam seniki» deb aytgan 

ustoz sifatida o‘rganamiz. So‘ng o‘smirlik, yigitlik faslida bizga Navoiy muhabbat, vafo darsini beradi. 

Yoniq ishqiy baytlarni yon daftarimizga ko‘chirib yozamiz, ilk sevgi maktublariga qo‘shib bitamiz. 

Vaqt o‘tishi bilan buyuk Alisher ko‘z oldimizda faylasuf sifatida namoyon bo‘ladi, bizga hayot darsini 

o‘rgatadi, uning sevinch va anduhlari, zavqu jafolarini so‘zlab dunyo haqidagi tasavvur doiramizni 

kengaytiradi. 

 

Junun vodiysig‘a moyil ko‘rarmen joni zorimni,  

Tilarmen bir yo‘li buzmoq buzulg‘on ro‘zg‘orimni. 

 

Mana shu matla’ bilan boshlanuvchi gazal o‘zbekning xonadonida dam-badam mehmon bo‘ladi. 



Uni mashhur hofizlarimiz maqom yo‘llarida juda ta’sirli ijro etganlar. 

Bu g‘azal dunyoning g‘amu anduhidan zardob bo‘lgan shoir qalbining afg‘onidir. 

Inson yuragi va tafakkuri haddan ziyod sevinchni ham, gamni ham qabul qilolmaslik xususiyatiga 

ega. Tuyg‘ularning ofatli seli kishini telba qiladi. Shoir o‘z jonini junun, ya’ni telbalik vodiysiga moyil 

ko‘radi, buzulgan hayot-ro‘zg‘ori uni aqldan ozdirgani, endi telbalikni bo‘yinga olib dashtu sahrolar 

kezishdan o‘zga iloji qolmaganini va

 

telbalik-buzish, vayron qilish ekan, demak buzilgan hayotini bir 



yo‘la vayron qilmoq tilagini faryod bilan ifsho qiladi: 

 

Junun vodisig‘a moyil ko‘rarmen joni zorimni,  



Tilarmen bir yo‘li buzmoq buzulg‘on ro‘zg‘orimni.  

 

Shoir dunyodan shunchalar ko‘ngli qolgan, sovuganki, oqibatsiz odamlardan shunchalar mehri 



qaytganki, bu hayotdan hech bir nishonsiz yo‘q bo‘lib ketinshi tilaydi. Inson jismi-ku xoki g‘ubor 

bo‘lmoqqa mahkum, lekin shoir istagi —  

 

Falak bedodidin garchi mani xokiy g‘ubor o‘ldum,  

Tilarmen, topmag‘aylar to‘tiyolikka g‘uborimni. 

 

Ya’ni, zolim odamlar meni tirikligimda xo‘rladilar, qadrimga yetmadilar. Vaqt kelarki, mening 



odamlarga ko‘rguzgan mehru sadoqatim, fidoyiligim ayon bo‘lar. Kishilar mening qadrimga yetarlar, 

mozorim xokini ko‘zlariga to‘tiyo qilarlar. Lekin tirikligimda bedodlik qilganlar men dunyodan 

o‘tgach o‘kinmoqlari benaf, ko‘zlarita to‘tiyo qilmoq uchun guborimni topmagaylar. O‘shanda, ey ahli 

gaflat, Navoiy qayga azm etdi deb so‘ramang, men tirikligimdaeq ixtiyorim jilovini qazoning qo‘liga 

berib qo‘yganman: 



Alisher Navoiy g‘azallariga sharhlar 

 

 




Yüklə 289,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin