www.ziyouz.com kutubxonasi
7
shoir uchinchi baytda fikrlarini yanada ravshanroq bayon etadi: «Agar jononing bo‘lsa — joning ham
bor, agar jonon ketishga chog‘lansa, bilgilki, jon ham jonon bilan birga ketadi. Demak, jondan
ajralasan va hijron azobida qolasan». Jon bilan jononning ajralmasligi haqidagi bu g‘oya keyingi
baytlarda yangicha qiyoslanish yordamida davom etadi. Masalan, to‘rtinchi baytning mazmuni bunday:
«Jon menga jonon uchun kerak, aksincha, jonon jon uchun emas. Chunki jononsiz yashash behad og‘ir,
ammo jonsiz shu maromda o‘rtanib-o‘rtanib izhor yashash behad og‘ir, ammo jonsiz umr ko‘rish
oson». Jigarso‘xta, shaydoyi oshiq ko‘ngil munojotini mana shu maromda o‘rtanib-o‘rtanib izhor
etgan. Visoldan sarxush, biroq yordan judo bo‘lish muqarrarligini oldindan sezganday jon talvasada.
Hijron azoblariga qayta giriftor bo‘lmaslik uchun jondan kechishga ham rozi... To‘rtinchi baytdagi
«jonsiz umr oson erur» jumlasi bizga g‘alatiroq tuyulishi mumkin.
Darhaqiqat, qanday qilib odam jonsiz yashay oladi? Chamasi, bu o‘rinda shoir jon bahsining
majoziy-botiniy ma’nosini chuqurlashtira borib, inson uchun ma’naviy hayotning afzalligini
ta’kidlamoqchi bo‘lgan. Uning nazarida haqiqiy hayot ma’naviy hayotdir, zerokim, jonon, ko‘rib
o‘tganimizday, ana shu ma’naviy fazilatlarning umumlashma timsoli. Navoiy so‘z o‘yini — tajnisdan
mantiq silsilasiga o‘tadi: modomiki, jon bilan jonon bir ekan, biri ikkinchisisiz tasavvur etilmas ekan,
jononi yo‘q (ishqsiz) odamlar jonsiz kishilardir. Ular tirik yuradilaru lekin ruhan, qalban o‘lganlar.
Shuning uchun umrlari oson kechadi. Ammo eng qizig‘i shundaki, shoir o‘zining bu fikridan qaytadi,
axir, ishq barcha maxluqotda bo‘lishi shart, ishqsiz, jononsiz, umuman hayot yo‘q. 6u xulosa beshinchi
baytda o‘z ifodasini topgan: «Jon ketsa, jonon ketsa, jon ham ketadi. Shunday bo‘lgach, jononsiz va
jonsiz qanday yashash mumkin?»
Bu fikr oltinchi baytga kelib mazmunan yana kengayadi, jonon faqat oshiqning joni bilan barobar
narsa bo‘lib qolmay, balki «jonu jahon»ga teng butun mavjudotni o‘z ichiga oladigan tushunchaga
aylanadi. Endi oshiq o‘z joni, o‘z shaxsiyati haqida qayg‘urish bilan chegaralanmaydi. Uning uchun
dunyoning barcha shirinligi, lazzati, hatto azob, xo‘rsiniqlari ham jonon bilan xush, jonon bilan
ma’noli va zebo: «Jonu jahon jonon bilan xushdir, agar jonon bo‘lmasa, jon bo‘lmaydi deganing kam,
bu keng jahon zindonga aylanadi». Navoiy takrori bo‘lsada, hijron og‘irligini bot-bot ta’kidlab, oxirgi
yettinchi baytda iltijo va tavallo ohangini kuchaytiradi, hamda g‘azalni shu nafas bilan yakunlaydi.
Zoru notavon oshiq jondan kechish evaziga bo‘lsa ham jonon vaslidan mahrum etmasliklarini yolborib
so‘raydi: «Ey, hijron, mayli, jonimni olgin, ammo jononsiz yashash azobini menga ravo ko‘rma.
Chunki jononsiz Navoiy jonidan bezordir». Ma’lum bo‘ladiki, tahlil etganimiz g‘azalda oshiqning ikki
holati — visol lahzasidagi halovat, jonning yayrashi va yordan ajralganda yuz beradigan ruhiy
qiynoqlar qiyoslatib tasvir etilgan. Boshqacha aytganda, jon va jonon bahsi vasl hamda hijron qiyosi
negiziga qurilgan. Visolga musharraf bo‘lgan oshiq bu baxtning abadiy barqarorligini istab, agar jonon
tashlab ketsa nimalar bo‘lishi mumkinligini zorlanib gapiradi.
Bu — Alisher Navoiyning ayni shu gazalda qo‘llagan badiiy usuli. Jon va jonon mojarosiga
bag‘ishlangan boshqa g‘azallarida shoir yana o‘zgacha san’at, o‘zgacha usullarni sinab ko‘rgan.
Masalan, «Qasdi jonim qildi hajr, ey qotili xunxor, kel» satri bilan boshlanadigan g‘azalda jonondan
ajralgan firoqdagi oshiqning iztiroblari ifodalanadi. U yoriga g‘oyibona murojaat qilib, «Jon naqdini
ovuchda ushlab turibman, agar kelsang, yo‘lingga sochaman», deydi. Ruh ham, jon ham jonon yo‘liga
muntazir, oshiqning niyati bo‘lsa jonini jononga topshirish: «Jon yetibdur og‘zima, derman labingga
topshiray, lutf etib qilg‘il meni jon birla tengsiz ne’mati! Hayotbaxsh nafasli mahbub visoliga mushtoq
oshiqning intizorlikdan joni ogziga kelgan. Shu betoqat jonimni kelib olgin, meni azobdan qutqar,
sendan minnatdor bo‘laman, deydi, u. Ammo bu ayni holatda oshiq uchun yangidan jon topish ham.
Chunki Navoiy vasf etgan mahbub labi jon bagishlash qudratiga ega-da! «Sevingil, ey ko‘ngul, oxirki,
jisming ichra jon keldi», deb boshlanadigan gazal esa buning aksi o‘laroq jonon kelgandan keyingi
shodlik, ruhiy ko‘tarinkilik kayfiyatini tarannum etadi. Yor bemor bo‘lib yotganda oshiqning joni
achishib, battar qiyialadi. Yoki yordan kelgan maktub, yorga yuborilgan noma, yoxud yor mujdasini
keltirgan xabarchi kabutarlar tasviri ham Navoiyda oshiq qalbi hayajonlari bilan qo‘shilib ketadi.
Alisher Navoiy g‘azallariga sharhlar
Dostları ilə paylaş: |