TIMSOLLAR TIMSOLI
Sharq xalqlari tafakkuri tarixida chuqur ildiz otgan tasavvuf ta’limotini yaxshi bilmay turib,
Alisher Navoiy dunyoqarashi va adabiy merosini barcha murakkabliklari, falsafiy teranlig‘i bilan to‘liq
holda to‘g‘ri, haqqoiiy yoritib berish mushkul. O‘ttizinchi yillardayoq Oybek bunga e’tiborii qaratgan
edi. Ammo, nazarimda, bu masala hamon hal bo‘lmasdan dolzarbligini saqlab qolmoqda. Chunki hozir
ham ulug‘ shoir asarlarini «kerakli» va «keraksiz» qismlarga ajratish, orifona maemundagi she’rlarini
nashrlardan soqit qilib, el ko‘zidan yashirish, «payqamasdan» tadqiqotlarga kiritmaslikka moyillik
davom etmoqda. Ba’zan esa, so‘fiyona ma’nolarni anglab yetmaganimiz sababli, Navoiyning ramziy
ibora-istioralarini haminqadar talqin etib, o‘quvchilarni chalg‘itib kelmoqdamiz. Bu hol Navoiy
dahosini, olamining bepoyonligi va ulug‘vorligini muazzam salohiyati ham ko‘rkamligi bilan idrok
etishga xalaqit beradi. Vaholanki, Navoiy merosi — yaxlit bir adabiy borliq, bebaho ma’naviy xaziia.
Va yana muhimi shundaki, shoirniig o‘lmas gumanizm bilan ko‘kargan hayotbaxsh g‘oyalari
«dunyoviy» asarlarida qanday porlab tursa, biz bir chekkaga olib qo‘ymoqchi bo‘lgan «ilohiy»
asarlarida ham shunday kuch bilan nur taratib turadi. Zotan, ular zohiriy jihatdan shunday, aslida esa,
botiniy ma’nolari mohiyatiga ko‘ra bir xil falsafiy-tasavvufiy qarashlar silsilasiga borib taqaladigan
o‘zaro uzviy aloqador asarlar bo‘lib, birini ikkinchisisiz tushunish qiyin. Bas, shunday ekan, shoir
asarlarida uchraydigan ishq, may, mayxona, xarobot, soqiy, sog‘ar, qadah, xum, ko‘ngil, mahbub
singari ko‘pdan ko‘p kinoya-timsollar, ramziy ma’noli so‘zlar va ular zaminida yotgan yashirin
manolar asrori hamda uning ijodi yaxlit bir butunlikda olib tekshirilib, olam va odam haqidagi
mushohada-muloxazalari ichida sharhlansagina, mazmuni kerakli darajada ochiq oydinlashishi
mumkin. Masalan, quyidagi g‘azalni olaylik:
Kamand uchiga yetkurmas g‘amu andesha ayyori,
Viyik chokmish magar mayxona tomin sun’ me’mori.
Xumorim za’fida kahgil isi to yetti mast o‘ldum,
Suvalmishdur magar may loyidin mayxoia devori.
To‘la kub og‘zi may, xurshidedur, go‘yo teng ochilmish
Chekardi bu iki xurshid davrin sun’ pargori.
May ichmish xonaqah shayxi, xarobot ahli aysh aylang,
Ki, chiqmish bahya urg‘on xirqasidin mablag‘i kori.
Ko‘ringan mosivo budi emas, balki namudidur,
May ustida hubobu mavj shaklining namudori.
Alisher Navoiy g‘azallariga sharhlar
Dostları ilə paylaş: |