Microsoft Word navoiy gazallariga sharhlar lotin ziyouz com doc



Yüklə 289,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/65
tarix02.01.2022
ölçüsü289,83 Kb.
#43144
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   65
E. Vohidov Navoiy gazallariga sharhlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 

10

tasavvuf ahli donishda yetuk, ma’rifat nuri bilan qalbi limmo-lim, pok niyat, pokiza ahloqli, zakiy 



odamni nazarda tutganlar. Navoiy nazarida Jomiy ana shunday shaxs bo‘lgan. Bunday shaxslar 

hammavaqt ezgulikni o‘ylab, o‘ziga ergashgan odamlarii qalb saxovati bilan tarbiyalaganlar, ularning 

irodasini chiniqtirib, ko‘ngil chashmasining ko‘zini ochib, olamni yangicha tushunishga, haq yo‘lni 

himoya qilishga o‘rgatganlar. Yuqorida keltirganimiz g‘azalda shu ma’nolar ifodalangan. Buni 

muayyan izohlar bilan sharhlab, tushuntirishga harakat qilamiz. 

G‘azalning birinchi baytidagi g‘amu andesha ayyori, sun’ me’mori, kamand, mayxona kabi so‘z va 

birikmalar izohga muhtoj. Kamand she’riyatda aksar yor sochi o‘rnida istiora sifatida qo‘llaniladi. 

Biroq bu o‘rinda Navoiy uning asl lug‘aviy ma’nosi — arqonni nazarda tutgan. G‘amu andesha ayyori 

— aql tadbirkorligi, aqlu tashvish tadbiri degan ma’noni beradi. Mayxona esa «shavqu zavq va ilohiy 

ma’rifat to‘lib-toshgan komil inson — orifning botiniy dunyosi va ruhi mutlaq manbaidir». (Sayyid 

Ja’far Sajjodiy. Mustalihoti urafo. 392-6.) Sun’ me’mori — xudo. Endi baytning mazmuniga kelsak. 

Alisher Navoiy baland imoratlar, saroy va qal’alarning kungurasiga arqon tashlab, tirmashib tom ustiga 

chiqish odatiga ishora qilib, deydi: «Azal me’mori — xudo mayxona tomini shunchalik ulug‘ va 

baland qilib qurgan ekanki, fikru tashvish tadbirining arqoni uning kungurasining uchiga yetmaydi». 

Shoirning ta’kidicha, aql va tadbir bilan mayxona qal’asini zabt etish mumkin emas. Nega? Chunqi 

orif qalbining ma’rifati va u orqali ilohiy ruh manbaining beqiyos go‘zalligini idrok etishga (shuni 

aytish kerakki, Navoiy ibora-timsollarida har doim ikki ma’no — orif qalbi va ruhi mutlaq birgalikda 

ko‘zda tutiladi, zero orif qalbi oliy zotmanbaiga olib boradigan bir vosita, ko‘prik deb qaralgan) faqat 

qalb va ruh qodirdir; aqliy mushohada, mantiqiy-tafakkuriy bilish usuli bunga qobil emas. Ma’lum 

bo‘ladiki, Alisher Navoiy g‘azalning matlaidanoq tasavvuf tariqatining asosiy talablaridan birini bayon 

etgan. Bu talab tariqat yo‘liga qadam qo‘ygan odam uchun birinchi jiddiy mushkulot ham edi, chunki 

aqlu hush qudrati yetmaydigan narsaga ko‘ngil mayli bilan erishish — ruhiy irodani qaytadan qurish, 

o‘zini o‘z vijdoni, e’tiqodi oldida javobgar hisoblab, qattiq nazorat ostiga olish, juda ko‘p dunyoviy 

havas-xohishlardan voz kechish demakdir. Mayxona qasrining buyukligi olam siru asrori, ajoyibotlari, 

hodisa-voqealarining behad ko‘pligi, uni bilish, mohiyatiga yetish qiyinchiligidir, ayni vaqtda sarkash 

nafs qutqularini yengish, yuksak axloqli odam bo‘lish mashaqqatlarini ham anglatadi. 

Ikkinchi bayt birinchi baytdagi fikrni davom ettiradi: g‘olib (yoki oshiq) aqlu tadbir bilan komil 

inson martabasiga ko‘tarilishiga — mayxonani zabt etishga ko‘zi yetmagandan keyin, bu binoning 

devorlarini hidlash bilan qanoatlanadi. 

Ya’ni pirning muhitiga yaqinlashib, unga qo‘l berib, dastlabki nasihatlarini eshitishdan bahra oladi. 

Mayxona devori shunday qilib, piri komilning muhiti, tashqi, zohiriy dunyosidir. Ikkinchi tarafdan, bu 

— bizni o‘rab olgan moddiy dunyo ham. Chunki qal’a ichidagi ruh manbaini idrok etish, avvalo qal’a 

devorlari — dunyo ashyolarini o‘rganish, xayol, sezgilar orqali uning mohiyatiga yetib borish bilan 

amalga oshadi. Za’fi xumor — kayfning tarqala boshlashi, ishqning vaqtincha susayishi, haqiqatga 

shubha bilan qarash, shubhalanish lahzasini bildiradi. Kahgil-somonli loy. May loyi — sharob 

quyqumi, dunyo mulki, hirsiy ishtiyoqlardan hali poklanmagan ruh timsoli. Alhosil, baytning mazmuni 

quyi-dagicha: «Mayxona devorini may loyi bilan shuvaganlar shekilli, xumorim tarqalganda 

dimog‘imga somonli loy hidi urib, yana mast bo‘ldim». Yoki: «Muhabbatim vaqtincha susayganda 

(ko‘ngilda shubha tug‘ilganda), pirga yaqinlashganim sababli shubhalarim tarqalib, qalbimda ishq yana 

avvalgiday alangalandi». Pirning ichki olami uning nutqi, harakatlari, karomatida zuhur etganiday ruhi 

mutlaq ham dunyo go‘zalligida jilvalanib, kishini maftun etadi. Orifning zavqi saliqasi, nozikfahm 

zakovati daqiq ma’nolar magzini oson chaqib, mushkul masalalarni ichki bir farosat bilan hal qilib bera 

oladi. Bu xuddi qadahdan tomgan may tomchilari kabi oshiq diliga hikmat nuri bo‘lib quyiladi. Shu 

ma’noda tasavvuf ahli xum, xumxona, sog‘ar, jom, maykada deganda ham orifning purfayz jozib 

yuragini tushunganlar. 

Uchinchi baytda biz tushunmaydigan uchta so‘z bor. Bular: kub, xurshid, pargor. Kub — sharob 

saqlanadigan xum, majoziy ma’noda, boya aytganimizday, orifning ko‘ngli va ruhi mutlaq. Xurshid — 



Alisher Navoiy g‘azallariga sharhlar 

 

 




Yüklə 289,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin