www.ziyouz.com kutubxonasi
11
quyosh. Pargor — doira chizadigan asbob — (tsirkul); ba’zan yo‘l-yo‘riq, chora-tabdir ma’nosida ham
qo‘llaniladi. Shunga ko‘ra, uchinchi baytning ma’nosini hozirgi tilimizda quyidagicha izohlasa bo‘ladi:
«Og‘zigacha may to‘lg‘azilgan xum xuddi quyoshga o‘xshaydi, go‘yo ollohning doira chizgichi bu
ikki quyoshning (ya’ni falak quyoshi va may xumining) gardishini chizganda bir paytda baravar
ochilganday». Yoxud: «May xumi bilan quyoshnint tarhi bir xil, ular birga bir vaqtda yaratilgan
o‘xshash narsalardir». Shoir aytmoqchi, quyosh ham may xumi, ya’ni birlamchi manba’dan nishona.
Shuning uchun ular bir-birining mavjudligini isbotlaydilar — quyoshning dalili quyosh. May xumini
quyoshga o‘xshatish bilan Navoiy orif qalbining saxovati, karamining bepoyonligini ta’kidlamoqchi,
zero quyosh o‘z harorati, ziyosi bilan olamni munavvar etganday, orif qalbi ham oshiqlarni farovon
bahravor eta oladi. Bundan tashqari, bu yerda tolibning zohiriy mushohadadan (mayxona devorini
hidlash) asta-sekin botiniy ma’nolarni anglash sari borayotgani, bundan hayratlanayotgani ham o‘z
ifodasini topgan.
To‘rtinchi bayt sharhi. Xonaqoh — so‘fiylar yig‘ilib, vajdu samo’ bilan shug‘ullanadigan joy.
Xarobat so‘zining lug‘aviy ma’nosi vayrona, sharobxona bo‘lsada, ammo tasavvuf ahli istilohida inson
jismining xarob bo‘lishi — qanoat, faqr yo‘liga kirib, hayvoniy nafslar, keraksiz, yomon xulq-
odamlardan qutulib, o‘zni xoksorlik, kamtarinlik rutbasiga solishdir. Xarobotiylar, ya’ni rindlar
«mayxona taraddudidan bexonumonlig‘i va paymona taalluqidan besarusomonlig‘i» («Mahbub-ul
qulub») bilan mashhur. Ular uchun «toju taxt tufrog‘ bilan teng», hamma narsadan forig‘, yolg‘iz yor
ishqida sarmast. Hirqa-so‘fiylar kiyadigan yirtiq, janda kiyim. Bundan tashqari, insonning badani,
surati va ashyolar olami ham. Baxya — yamoq, jiyak. Mablag‘i kori — ishining natijasi, ahvoli, bor-
budi demak. Xullas, baytning mazmuni bunday: «Xonaqoh shayxi may ichibdi, ya’ni uning ko‘nglida
ilohiy nur porlab, bu huzurdan sarxush bo‘libdi. Ey oshiq xarobotiylar, siz ham bu xabardan xursand
bo‘lib, vajd-holga tushing. Ko‘rmaysizmi, shayxning ahvoli uning janda to‘nining yirtiqlaridan ma’lum
bo‘ldi, ya’ni botiniy olami yuzaga chiqdi, ma’rifat nuri shu’lalandi». Baytning ikkinchi satrida
so‘filarning o‘z jamoalari majlisida jazava xurujida raqsu samo’ga tushib, kiyimlarining chok-chokidan
so‘kilib ketishiga ishora bor.
Beshinchi va oltinchi baytlarda shoirona ifoda-timsollar orqali qadimgi va hozirgi falsafaning uchta
muhim kategoriyasi tushuntirilgan. Bular mohiyat va hodisa, mazmun va shakl, juz’ va kull (yakkalik
va umumiylik) kategoriyalaridir. Biroq falsafiy kategoriyalar haqida gapirishdan oldin notanish
so‘zlarning ma’nosini bilib olishimiz kerak. Masalan, mosivo — g‘ayr, o‘zga, undan boshqa degan
ma’nolarni ifodalab keladi. Mazkur falsafiy-tasavvufiy istilohning moado degan ikkinchi atamasi ham
bor. Navoiy devonining birinchi g‘azalida shu so‘z ishlatilgan. Sharhlanayotgan g‘azalimizda esa,
shoir mosivo deb moddiy borliq, ya’ni dunyoni nazarda tutgan. Chunki dunyo mutlaq ruh bilan inson
orasida, ya’ni qalb bilan «u» orasida g‘ayr, begona bir to‘siq, o‘zgalikdir. Shu kabi oshiq bilan
ma’shuq orasida parda bo‘lib turgan jism, badan va uning ehtiyojlari ham o‘zgadir. Sharq shoirlari
asarlarida uchraydigan Raqib — sevishganlarni ajratib turuvchi shaxs shu xususiyatlarni o‘zida
jamlagan obraz bo‘lib gavdalanadi. Beshinchi baytdagi bud — asos, haqiqiy mavjudlikni, namud —
ko‘rinish, shakliy belgilarni anglatsa, xubob — suv va boshqa suyuqliklar yuzasida paydo bo‘ladigan
pufakcha. Bu so‘z mavj bilan birgalikda harakat, mohiyatning zuhurotini bildiradi. Endi beshinchi bayt
mazmunini qayd etish mumkin: «Ko‘zga tashlangan narsalar (o‘zgaliklar) zoti azaliyning haqiqiy
mohiyatini anglatmaydi, shu singari pufakcha va to‘lqin mayning o‘zi emas, balki shakliy ifodasidir»;
Yoki boshqacha qilib aytsak: «May ustidagi pufak va mavj mayning mohiyatini aks ettirmaganiday,
«u»dan boshqa ko‘ringan ashyolar «u»ning borligini — mavjudligini belgilamaydi, ular tashqi
belgilardir, xolos».
Shunday qilib, tashqi dunyo va undagi narsalar mohiyat emas, balki hodisadir. Mohiyat — ruhi
mutlaq yoki orif ko‘nglidagi ma’rifat. Ayni vaqtda, moddiy dunyo — shakl, ruh esa — mazmun. Inson
hodisa va shakllarga mahliyo bo‘lmasligi kerak, uning maqsadi va vazifasi mohiyat-mazmunni bilishga
qarab borish. Demak, tasavvufda dunyo Mutlaq ruh bilan inson orasida to‘siq deb hisoblansada biroq,
Alisher Navoiy g‘azallariga sharhlar
Dostları ilə paylaş: |