Microsoft Word navoiy gazallariga sharhlar lotin ziyouz com doc



Yüklə 289,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/65
tarix02.01.2022
ölçüsü289,83 Kb.
#43144
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65
E. Vohidov Navoiy gazallariga sharhlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 

2

 



Demang, qay sori azm etgung, menga yo‘q ixtiyor,  

Oxir — Qazo ilkiga bermishmen inoni ixtiyorimni. 

 

Oshiq dunyoning jabru jafosidan ko‘p qonli yoshlar to‘kdi. Oqibat ko‘zlarida o‘sha qon yoshlar 



ham qurib tamom bo‘ldi. Faqat za’fardek sarg‘aygan yuzi qoldi. Shoir bu holatni hayratomuz 

tashbehga bog‘laydi: zolim falak mening bahorimni olib uning badaliga xazon faslini menga berdi. Bu 

loladek qon yoshlarim qurib, xazondek sarg‘aygan yuzim qolganida namoyon bo‘lib turibdi. 

 

Tugandi ashki gulgun, emdi qolmish zafaroni yuz,  

Falak zulmi badal qildi xazon birla bahorimni. 

 

Navoiy dahr zulmidan boshiga yog‘ilgan balolarni baytdan baytga kuchliroq faryod bilan bayon 



qiladi. Virinchi bayt oshiqning «junun vodiysiga moyil» bo‘lganini, ikkinchi bayt dunyodan tamom 

yo‘q bo‘lib ketish tilagini ifoda qilsa, g‘azal so‘ngiga yaqin shoir bularning barchasidan o‘ta ofatni 

qalamga oladi — bu ofat telba bo‘lishdan ham, dunyodan benomu nishon ketishdan ham ogir bir ofat. 

Bu — yoru diyordan judo bo‘lish musibati. Navoiy shunday yozadi: 



 

Diyorim ahli birla yordin boshimg‘a yuz mehnat,  

Ne tong, boshim olib ketsam qo‘yub yoru diyorimni. 

 

Ya’ni, agar men yoru diyorimni tashlab bosh olib ketar bo‘lsam, buning boisi yordan va diyorim 



odamlaridan boshimga ming balolar yoqqanidir. Taqdir mening boshimga solgan bu savdo shunday 

og‘ir savdokim: 



 

Yomon holimg‘a bag‘ri og‘rig‘ay har kimsakim ko‘rgay,  

Bag‘ir pargolasidan qong‘a bulg‘ong‘on uzorimni. 

 

Bag‘rim pora-pora bo‘lganidan qonga bo‘yaldim, bu holimni ko‘rgan har bir kimsaning bag‘ri 



ogrimay iloji yo‘q. Tiriklik shoirning nazdida — dard. Bu dardning davosi esa yolgiz o‘lim. Asli 

sharobdan kelgan bosh ogriqning davosi sharob. Ammo shoir uchun tiriklik sharobining daf’i xumori 

zahri qotildir. 

 

Hayotim bodasidin sargaronmen asru, ey soqiy,  

Qadahqa zahr qotil quy, dog‘i daf’ et xumorimni. 

 

Ya’ni, hayot bodasiii ichib boshim og‘irdur, ey soqiy, qadahga zahar quyib bergin-da meiing 



boshim og‘rigini daf’ et. Chunki bu dunyoda o‘lmay turib tinchimak mumkin emas, shu bois meni 

dardlardan ozod qilmoqchi bo‘lsangiz, boru yo‘gimni yoqing: 



 

Jahon tarkini qilmay chunki topmoq mumkin ermastur

Navoiy, qil meni ozod o‘rtab yo‘qu borimni. 

 

Navoiyning bu mashhur g‘azali falak bedodidan, bemehr odamlar jabridan shoirning chekkan 



nolasi bo‘lib necha asrlar osha devondan devonga ko‘chirilib, og‘izdan og‘izga o‘tib, ham kitob 

varaqlarida, ham qo‘shiqlar qanotida bizgacha yetib keldi. Bugun biz ulug‘ bobomizning olis nabiralari 

beqiyoe iste’dod qalamidan to‘kilgan mana shunday satrlarni o‘qib, eshitib ongimiz va yuragimiz bilan 

bahramandlik topamiz, uzoq-uzoq zamonlarning sadosini tinglaganday bo‘lamiz: 




Alisher Navoiy g‘azallariga sharhlar 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

3

 



Junun vodiysig‘a moyil ko‘rarmen joni zorimni... 

 



Alisher Navoiy g‘azallariga sharhlar 

 

 




Yüklə 289,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin