Microsoft Word navoiy gazallariga sharhlar lotin ziyouz com doc



Yüklə 289,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/65
tarix02.01.2022
ölçüsü289,83 Kb.
#43144
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65
E. Vohidov Navoiy gazallariga sharhlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 

4

Najmiddin KOMILOV  

 

JON VA JONON MOJAROSI 

 

Alisher Navoiyning lirik asarlari jamlangan «Xazoim ul maoniy» devonida ikki yarim mingdan 



ortiq g‘azal bor. Sharq adabiyotida biror shoirga bunchalik ko‘p g‘azal yozish nasib bo‘lmagan. Ammo 

gap faqat sonda emas. Navoiy qalbidan quyilib chiqqan g‘azallarning har biri daho ijodkorning benazir 

san’ati va teran tafakkuridan guvohlik beradigan badiiy durdona, mo‘‘jizadir. Bu badiiy 

miniatyuralarning yaratilganiga besh asrdan oshdi, lekin kecha yozilganday hamon ruhimiz, 

shuurimizni g‘alayonga solib, dillarga halovat bag‘ishlaydi, o‘qigan sari yana o‘qigingiz, baytlar 

qatidagi sehrli va sirli ma’nolarni teranroq, to‘laroq anglab olgingiz keladi. Buyuk o‘zbek shoiri 

salaflari ijod-xonasida kamolga yetgan ko‘hna janrning imkoniyatlarini istifoda etib, bemisl mahorat 

ko‘rsatish, xazoya bilmas she’riy gulshanlar yaratish barobarida o‘zi mustaqil ravishda yangi ifoda 

usullariyu uslublar ixtiro qildi, ijodiy tajribalar, ulkan izlanishlar yo‘lidan borib, g‘azal inkishofini 

baland cho‘qqilarga olib chiqdi. 

Yaxlit ma’noli, voqeaband g‘azallar yaratish ulug‘ Navoiyning shunday uslubiy ixtirolaridandir. 

Maqsud Shayxzoda birinchi bo‘lib bunga e’tiborimizni qaratgan edi. Avvalgi shoirlarda ahyon-ahyon 

uchrab turadigan bu xususiyat Navoiy ijodida izchillik tusini oladi, muayyan raviya, badiiy ifoda 

tarziga aylanadi. Turfa insoniy holatlar, voqea-hodisalar tasviriga bag‘ishlangan turkum-turkum 

gazallar shundan dalolat beradi. 

Yaxlit ma’noli g‘azal radif-so‘zga urg‘u berib, shoirona vahiyatni namoyon etish, yo biror-bir 

hodisadan ta’sirlanib, his-hayajonni to‘kib solish, shu voqea mohiyatini ochish, yoxud muayyan 

an’anaviy turkumcha-tamsillar, obraz-ifodalar atrofida suxansozlik qilish. lutf ko‘rgatish niyatning 

mevasidir. Chunonchi, ulug‘ shoir jon va jonon mavzuida bir turkum dilbar g‘azallar yaratgankim, 

shulardan birini quyida to‘la keltiramiz: 



 

Har labing o‘lganni tirg‘uzmakda jono, jon erur, 

Bu jihatdan bir-birisi birla jonojon erur. 

 

Jonim andoq to‘ldi jonondinki, bo‘lmas fahmkim,  

Jon erur, jonon emas, yo jon emas, jonon erur. 

 

Bo‘lsa jonon bordudur jon ham, chu jonon qildi azm,  

Jon ketib jonon bila, jondin menga hijron erur. 

 

Jon manga jonon uchundur, yo‘q jonon jon uchun,  

Umr jononsiz qatiq, jonsiz vale oson erur. 

 

Borsa jon jonon yitar, gar borsa jonon jon ketar, 

Kimsaga jononu jonsiz umr ne imkon erur. 

 

Hushdurur jonu jahon jonon bila, jonon agar bo‘lmasa,  

Jon o‘ylakim o‘lmas, jahon zindon erur. 

 

Jonim ol, ey, hajru jononsiz manga ranj aylama,  

Chunki jononsiz Navoiy jonidin ranjon erur. 

 

G‘azalda «jon» so‘zi o‘n to‘qqiz, «jonon» so‘zi o‘n olti marta takrorlanib kelgan. Biroq bu 




Alisher Navoiy g‘azallariga sharhlar 

 

 




Yüklə 289,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin