www.ziyouz.com kutubxonasi
8
Jonondan kelgan noma jon isini (ham xabar, ham xushbo‘y ma’nosida) keltirsa, javob nomasini
yozganda oshiq uni jon rishtasi bilan chirmab, har bir so‘zi, harfi yordamida go‘yo qiynalgan jonining
nishonalarini jo‘natadi. Bu kabi gazallarda muayyan obrazning chizgilari namoyon, tasvir xarakterli
detallar asosida davom etgan va shu hayotiy ashyo — surat ta’siri natijasi o‘laroq lirik tuyg‘ular qulf
urib, qaynab chiqadi. Xullas, Navoiyning voqeaband, yaxlit ma’noli asarlari uning lirik merosidagi
o‘ziga xos g‘oyaviy-badiiy hodisa, turkumlar ichidagi har bir gazalniig maxsus usulda bitilgani esa
butunlik, garmoniyaga intilgan muqtador shoirona tafakkurning rang‘in olamida alohida-alohida
ko‘rinishlardir. Shu sababli ulug‘ shoir ijodining tadqiqotchilari uchungina emas, balki uning asarlarini
o‘qib, bahra olishni niyat qilgan kitobxonlar uchun ham bu xususiyatlarni bilish zarur.
Dostları ilə paylaş: |