www.ziyouz.com kutubxonasi
15
So‘fiylar uchun tariqat zikru samo’, vajdu hol, kasbu karomat edi. Attor, Rumiy, Jomiy, Navoiy singari
buyuk shoirlar uchun esa u shuuriy mushohada usuli, inson zotini ma’naviy barkamol holda ko‘rish
orzusi, sirli-xayoliy olamni tasavvurda yaratib, Ideal bir go‘zallik ishqida yonish bo‘lgan. Odamning
asrlar davomida abadiy hayot, ruhning o‘lmasligi haqida o‘ylab kelgan armonlari, rivoyat-asotirlar bu
behudud romantik olam ufqini kengaytirgan. Shu bois, umrida tasavvufning biror rasmiy qoidasini
bajarmagan, ya’ni rasman so‘fiy bo‘lmagan Alisher Navoiy mazkur ta’limotni maslak, mafkuraviy
e’tiqod sifatida qabul qilib, o‘zining insonshunoslik, haqparastlik va adolatparastlik g‘oyalariga
bo‘ysundirgan edi. Shoh va shahzodalarni insofga chaqirish, riyokor shayxlar, betavfiq so‘fiylarni fosh
qilishda undan foydalandi. Shoirning ijodi ana shunday murakkab va ko‘p qirrali, ibora-obrazlari ko‘p
ma’noli, teran. Uning har bir asari ustida to‘xtalganda, bu xususiyatni albatta e’tiborga olish lozim.
Dostları ilə paylaş: |