«AXTARIN ASHK ETTIYU SOVUQ NAFASNI OQ SUBH»
To‘qqiz baytli bu g‘azal ramali musammani mahzuf bahrida yozilgap (foilotun, foilotun, foilotun,
foilun). Mazmuniga ko‘ra oshiqona, ya’ni oshiqning hijrondagi iztiroblarini, kechinma-hislarini
ifodalaydi. Shu jihatdan uni sharhi hol usulida yozilgan asarlari sirasiga kiritish mumkin. Ammo
zohiriy ma’nolari bilap oshiqona bo‘lib ko‘ringan ushbu gazalda orifona (tasavvufiy) ma’nolar ham
ifoda etiladi, umuman, Alisher Navoiyning aksar g‘azallarida zohiriy va botiniy ma’no, «dunyoviy»
ishq bilan «ilohiy ishq», boshqacha aytganda, «majoziy» ma’nolar bilan «haqiqiy» ma’io birga
qo‘shilib, biri ikkinchisini taqozo etib keladi. Ikki ma’nolilik, ikki yo‘nalishli tasvir mazkur g‘azalga
ham xos, shuning uchun uning sharhi ham ana shu ikki jihatii ochib berishga xizmat qilishi kerak.
G‘azalda boshdan oxirigacha ikkita obraz — tong va tun (yoki shom) timsoli qarama-qarshi qo‘yilib,
qiyoslanib boriladi, tashbih va istioralar shu ykki timsol — obraz atrofiga uyushtirilgan. Oshiqning
hijroni, ayriliqdagi holati — tun, visol damlari — tong, yoruglik. Oshiq inson hijron, ayrilik tunidan
qutulishga va yor diydoriga musharraf bo‘lib, farah topishga talpinadi, hijrondagi azoblaridan
zorlanadi, oxirida esa tong otib, vasl umidi shu’lasi ko‘rinadi. Demak, g‘azal yagona mavzuga
bag‘ishlangan, tasvir mantiqi baytlar aro vobasta bo‘lib, bir silsilani tashkil etadi. Endi baytlar sharhiga
o‘tamiz.
Axtarin ashk ettiyu sovuq nafasni oh subh,
Bo‘ldi go‘yo shomi hajrim holidin ogoh subh.
Avvalo notanish so‘zlarga izoh beramiz: axtar — yulduz, ashk — ko‘zyoshi, yeubh — toig.
Matla’da hazrat Navoiy ajoyib shoirona tasvir yaratgan: tong (subh) jonlantirilib, unga odam xususiyati
singdirilgan. Tong g‘ira-shirasida yulduzlar ko‘zyoshiday omonat miltillaydi, tongning salqii shamoli
esa, dardmand oshiqning ohiday sovuq. Ya’ni tong oshiq ahvoliga achinadi, g‘amgin bo‘ladi va
ko‘zyosh to‘kib, sovuq oh tortadi. Lirik qahramon o‘z holati bilan otayotgan tongni qiyoslab, tong
mening ayriliq shomidagi azoblarimdan xabar topib, salqin shabada ufurib, oh chekdi, deydi. Ertalabki
salqin shabada dard zo‘ridan ohu nola qilgan odamning nafasiga o‘xshatilgan, sovuq oh esa bu o‘rinda
afsus va achinish, ojizlik nishonasi. Baytning nasriy mazmuni: «Tong go‘yo mening hijron tunidagi
ahvolimdan xabar topganday, yulduzlarni ko‘zyoshi qilib, sovuq shamoli bilan oh urib yetib keldi». Bu
— baytning «dunyoviy», oshiqona sharhi. Baytning botiniy, orifona ma’nosini tushunib olishimiz
kerak. Chunonchi, tong (subh) — «vahdat nurining taralishi» («Sharhi Gulshani roz», 583-bet),
ilohiyot tajallisi; u olami g‘aybdan nuzul etib, taayyunot (ayon narsalar dunyo g‘oyalari) zulumotini
oshiq ko‘ngli sahifalaridan sidirib tashlaydi. Oh — ishq g‘ulg‘ulasining til bilan ifodalab bo‘lmaydigan
avj lahzasi. Shom — vahdatga qarama-qarshi kasrat (ko‘plik) martabalari, taayyunot pardasi. Nafas —
ko‘igilning ma’naviyat gulzoridan esgan lutfidan tozalanishi (Sayyid Ja’far Sajjo-diy, Mustalahoti
Alisher Navoiy g‘azallariga sharhlar
Dostları ilə paylaş: |