www.ziyouz.com kutubxonasi
12
baribir, dunyoni bilish shart qilib qo‘yilgan, dunyoni bilmasdan turib, mohiyatni (haqni) idrok etish
mumkin emasligi tan olingan. Shu tariqa, hodisa mohiyatni bilish yo‘lida imtihon, chunki u rang-
barang va xilma-xil. Sharq faylasuflari bu miqdoriy ko‘plikni asmo (ismlar), ashyo (narsalar), sifot
(sifatlar), imtiyoz (farqlar), af’ol (harakat-faoliyat), vajh (yuz, jihat) va boshqa istilohlar vositasida
tavsif etib kelganlar. Miqdoriy xilma-xillik, mantiqiy ravishda, juz’iyat va kulliyat, ya’ni tur va jins
tushunchalarini keltirib chiqaradi. Juz’iyat (tasavvufchilar buni kasrat ham deganlar) kulliyatga, ya’ni
vahdatga ziddir. Shunday bo‘lgach, ularning xususiyatida ham qarama-qarshilik mavjud: vahdat —
birlamchi qudrat, turg‘un, harakatsiz javhar (substantsiya) bo‘lsa, kasrat — tafsiliylik, doimiy harakat,
rivojlanish qonuniyatiga tobe’. Demak, mayning mavj va pufakchalarini tomosha qilish, mushohada
etish bilan chegaralaimasdan, xuddi hodisadan mohiyatga qarab borilganday, kasratdan vahdatga qarab
borish va shu asosda birlamchi qudrat nafosatini idrok etib, huzurlanish mumkin. G‘azalning oltinchi
baytida bu fikr ochiqroq ifodalangan (bunda tahrik — harakat, sukut — turg‘unlik, tinish): «Pufak
bilan to‘lqin mayning harakati, tajallusidir. Bu harakat tingach, tiniq mayning toza vujudidan boshqa
nima qoladi?»
Bu vujudni idrok etgan kishi Yor huzuriga musharraf bo‘lib, fano martabasiga yaqinlashdikim,
g‘azalning yettinchi bayti shu xususdadir. Hayvon suyi deb go‘yo odamzod ichganda abadiy umr
topadigan afsonaviy yer osti mamlakatning chashmasini ataganlar. Tasavvufda u ishq-muhabbat
bulog‘i, haqiqat nurining manbaini anglatadi. Baytning mazmuii esa bunday: «Ishq chashmasida yoki
haqiqiy nur manbaida ko‘ringan quyosh aksimi yo jonga o‘xshash may ichida azal soqiysining gulday
zebo yuzi namoyon bo‘lganmi?» Soqiy so‘zi ham bu yerda ramziy ma’noga ega, ya’ni mutlaq fayziyot,
ma’rifat bulog‘i demak. Mayda yor jamolini ko‘rish, may idishini quyoshga o‘xshatish Navoiyning
sevgan obrazlaridan. «Ashriqat min aksi shamsul ka’si anvorul xudo, yor aksin mayda ko‘r deb jomdin
chiqdi sado» — chiqayotgan quyosh kosasining aksidan hidoyat nurlari porlab ko‘rindi, jomdan yor
jamolini mayda ko‘r, degan sado chiqdi. «Xazoin-ul maoniy» devoni mana shu bayt bilan boshlanadi.
Shoir nazarida lovullagan olov qo‘rasi — muazzam oftob ham o‘sha buyuk ilohiy qudratning in’ikosi,
mavjudotni harakatga keltiruvchi may “to‘lg‘azilgan jom, uning porlashi esa — yor jamoli”.
Yor jamolini ko‘rgan oshiq maqsadga erishib, fano vodiysiga kirib boradi. G‘azalning oxirgi ikki
bayti shu ma’noni ifodalashga xizmat qiladi. Sakkizinchi baytdagi dayr aslida nasroniylar va
otashparastlar ibodatxonasining nomi, majozan esa mayxona, dunyodir. Dayri fano – hayvoniy nafsdan
qutulgan, ruhan tirik, ma’naviy jihatdan yetuk kishilar majlisi, ularning botiniy olami, Navoiy bu
baytda ma’naviy haqiqatlarni kashf etgan odamlar huzurini qo‘msash, ular xizmatidan bahra olish
tuyg‘usini ifodalagan. Shuning uchun u piri dayr deganda ham ezgulik va karam daryosining timsoli
komil insonni ko‘zda tutgan. Alhosil, baytning mazmuni: «Yurak mayxona istaydi, chunki unda piri
komil kishilarga saboq bermoqda, shoyad menga ham shu may shu’lasidan bir nasib etsa». Yoki:
«Ko‘ngil jism, vujud yo‘qoladigan, fano bo‘ladigan makon istaydi. Chunki unda kamolot va yetuklik
timsoli ma’naviy shayx haqiqat fayzidan elga bir-bir boda tutmoqda. Zora, u bu hikmat va donish
sharobidan menga ham bir qultum uzatsa».
To‘qqizinchi baytga kelsak, bunda ikkita so‘z o‘zak ma’no tashiydi. Birinchisi — navo. Navoning
ma’nolari ko‘p. U musiqa, kuy, ohang, shu bilan birga muntazamlik, tartib-intizom, simmetriya,
nizomiya, nafosat tushunchalarini qamrab oladi. Agar bu ma’nolarning hammasiii bir joyga yig‘sak,
navo umumbashariy, umumjahoniy olamning yaxlit uyg‘unligidan iborat oliy go‘zallikni ifodalagan
bo‘ladi. Modomiki shunday ekan, yagona ruhiy qudratning muntazam harakati, sozkorligi qaydida
qalbning shukru shukuhi, orom va osoyishtaligi ham navodir. Alisher Navoiy, shubhasiz, oxirgi baytda
qalb oromi, ichki ruhiy qoniqish nashidasini tasvirlagan. Bu nashida shoir yuragida bir muazzam kuy
bo‘lib yangragan va mug‘anniy (ikkinchi o‘zak so‘z) tushunchasi bilan bog‘lanib ketgan. Mug‘anniy
— cholg‘uvchi degani. Bu o‘rinda esa u uzluksiz yog‘ib turuvchi nurfayzning navosini yetkazuvchi,
shu ne’matdan ogoh etuvchining timsolidir. Kuy kabi oqib keladigan ushbu nur qalbni rohat-farog‘atga
g‘arq etadi. Baytning nasriy tarjimasini keltirsak, fikrimiz yanada oydinlashishi mumkin: «Ey ishq,
Alisher Navoiy g‘azallariga sharhlar
Dostları ilə paylaş: |