Microsoft Word navoiy gazallariga sharhlar lotin ziyouz com doc



Yüklə 289,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/65
tarix02.01.2022
ölçüsü289,83 Kb.
#43144
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   65
E. Vohidov Navoiy gazallariga sharhlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 

14

chiqib ketishga jur’at qilolmaganini eslatadi. Va oqibatda: 



Mening boshima bas qotig‘ tushdi ish, Chu toq o‘ldi bu dard ila toqatim, — deya o‘zini tasavvuf 

bilan ovutadi. ya’ni «may bilan ulfat» tutinadi. Shunday qilib, tasavvuf Navoiyga jaholatdan qutulish, 

dunyoni bilishga chanqoq yurakni ma’lum darajada tinchitishga ko‘mak bergan. Buning ikkita sababi 

bor: birinchisi shuki, Navoiy yashagan zamonning aqliy taraqqiyot darajasi, fan rivoji real dunyo 

voqealarini ilmiy asosda tushuntirishga ojizlik qilardi. Ikkinchisi esa, bu yana muhimroq, insonning 

aqliy imkoniyatlari, donoligi bilan axloqi, a’mol-niyati orasida mavjud bo‘lib kelayotgan 

nomuvofiqlikdur. Navoiy aqlu zakovati hayratlanarli, qilni qirq yoruvchi kishilar ichida nafs domiga 

tushgan, zulm va badkirdorligi bilan mashhur bo‘lganlarni ko‘p ko‘rgan edi. Shuning uchun ulug 

insonparvar shoir axloqiy fazilatlar tarbiyasini birinchi o‘ringa qo‘yadikim, bu ham tasavvufona 

murojaat etishga olib kelardi. Zero, tasavvuf butun e’tiborni aynan inson axloqini poklashga qaratib, 

shu maqsadda turli yo‘l-yo‘riqlar, amaliy tadbirlar ishlab chiqqan edi. Tasavvuf odamni vijdoni bilan 

yuzma-yuz qo‘yib, o‘zi haqida o‘ylashga majbur etar, haqiqat va e’tiqod pokligi ruhida tarbiyalardi. 

Falsafiy ta’limot sifatida olamni yagona deb e’tirof etish bilan tasavvuf jannat-do‘zax to‘g‘risidagi 

diniy afsonalarni mantiqan inkor qilar, natijada zohid, muhtasib, a’lam kabi shariat namoyandalari 

haqiqatni bilmaydigan nodon kishilar bo‘lib chiqardi. Navoiy ularni muqallidlar, ya’ni yuzaki narsalar, 

quruq aqidalarga ko‘r-ko‘rona taqlid qiluvchi, mustaqil fikrlashdan mahrum odamlar deb ataydi. 

Tasavvuf, shu tariqa, falsafiy dunyoqarash sifatida diniy aqida, mutaassiblikka zid edi va Alisher 

Navoiy undan kuch-quvvat olib, komil jur’at bilan: 

Zohid, senga huru menga jonona kerak, Jannat senga bo‘lsin, menga mayxona kerak. Mayxona aro 

soqiyu paymona kerak, Paymona necha bo‘lsa to‘la, yona kerak, —deya olar edi. Tasavvuf, ayniqsa, 

Jomiy va Navoiy mansub bo‘lgan naqshbandiya ta’limoti qanoat va tiyinishni talab etsada, biroq dunyo 

go‘zalligidan huzurlanishni inkor etmagan. Negaki, modomiki real dunyo Mutlaq ruh in’ikosi ekan, 

demak uni sevish va undan bahra olish mumkin. Shu asosda insonning iisonga muhabbati, ya’ni 

majoziy ishq orqali ilohiy ishqqa qarab borish ham tabiiy va zaruriy deb topilgan. Navoiy o‘zini ana 

shu «ishqi majoziy» kuychilari sirasiga kiritadi. Darhaqiqat, biz tahlil etgan g‘azalga o‘xshagan sof 

tasavvufiy ma’noli va «ishqi haqiqiy»ni vasf etuvchi asarlar Navoiy ijodida asosiy o‘rinni egallamaydi. 

Ammo shunisi borki, iboralarning timsoliyligi, ramziy yo‘nalishi «dunyoviy g‘azallar»da ham 

saqlangan. Oybek aytganiday, bu yerda konkret biror shaxs muhabbati nazarda tutilmaydi, balki 

umuman yaxshi insonni sevish madh etiladi. Ishq Navoiy nazdida pokbozlikdir, ya’ni: «Pok ko‘zni pok 

nazar bilan pok solmoqdir va pok ko‘ngul ul pok yuz oshubidin qo‘zg‘olmoq va bu pok mazhar 

vositasi bila oshiqi pokboz mahbubi haqiqiy jamolidin bahra olmoq» (Mahbub-ul qulub, 42-bet). 

Shuning uchun, masalan, deylik, «Kelmadi» radifli g‘azalni munojot kuyi og‘ushida berilib 

tinglarkanmiz, «Ey Navoiy, boda birla xurram et ko‘ngil uyin, ne uchunkim boda kirgan uyga qayg‘u 

kelmadi», degan maqta’ni eshitganda, shoirning lirik qahramoni yorini kutaverib qiynalganidan, uyiga 

kirib alamdan rosa ichib olibdi-da, deb o‘ylasak, o‘ta kaltafahmlik qilgan bo‘lardik. Bunday 

g‘azallarda ham boda, sharob, may so‘zlari o‘sha majoziy ma’noda — muhabbat shavqini bildirib 

kelishini esdan chiqarmaslik kerak. Bundan tashqari, Navoiy bodani «ko‘ngul uyini xurram etuvchi» 

narsa deganda, yorni ko‘nglida saqlash, uning yodi bilan yashashni ta’kidlagan. Negaki, naqshbandiya 

sulukida yod, xotira, esga olish tushunchalari muhim o‘rin egallaydi. Abdulhakim Tabibiyning 

yozishicha, naqshbandiyada tuz yo‘lga kirgan odam qalbida «e’tiqod nuri, tavhid nuri, ma’rifat nuri, 

hidoyat nuri, ajdodlar yodi nurining bodasi» jo‘shib turishi lozim. (Abdulhakim Tabibiy. Afgopistonda 

taeavvuf rivoji, 10-bet). Bunda esga olish, hofiza quvvati haqida ham gap boradiki, bu vatan, el-ulus 

g‘ami kabi keng ma’noli tushunchalar bilan bog‘lanib ketadi. 

Shunday qilib, tasavvuf insoini ulug‘lash, hayotning qadriga yetish, umrni oqilona o‘tkazish 

g‘oyalarini targ‘ib qilishga nazariy zamin hozirlab, insonparvar shoirlarning ilhomiga ilhom qo‘shgan. 

Bu ta’limotning negizi savqi tabiiy, ruhiy qo‘zg‘alish, vahiylik ham shoirona tafakkur kayfiyatiga mos 

tushardi. Va, umuman, biz shayxlar, oriflar tasavvufidan ijodkorlar tasavvufini farq qilishimiz kerak. 



Alisher Navoiy g‘azallariga sharhlar 

 

 




Yüklə 289,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin