Microsoft Word navoiy gazallariga sharhlar lotin ziyouz com doc



Yüklə 289,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/65
tarix02.01.2022
ölçüsü289,83 Kb.
#43144
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65
E. Vohidov Navoiy gazallariga sharhlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 

5

qaytariqlar bizga noxush tuyulmaydi, aksincha, kuchli zavq uyg‘otadi, shoirning zakovati, topqirligiga 



qoyil qolamiz, Qarshimizda o‘ziga xos butun bir g‘azal-tajnis, ya’ni bir o‘zakli, talaffuzi, shakli 

o‘xshash, ammo ma’nolari xilma-xil so‘zlar vositasida barpo bo‘lgan hayratomuz san’at namunasi. 

Ayonki, tajnis klassik she’riyatimizda keng tarqalgan usul, lekin yetti baytli g‘azalda ikki jinodosh 

so‘zning boshdan-oxir har gal yangi ma’noda, yangi jilo, yangi tovlanish bilan bunday zanjirlanib 

kelishi favqulodda hodisa. Go‘yo usta zargar bir bo‘lak javohirdan turfa tarovatli marvarid donalarini 

suftalab, ipak ipga tizib chiqqanday. Va lekin shu narsa ham esda tursinkim, ulug‘ shoir so‘z 

sohibqironi ekanini ko‘z-ko‘z qilish uchungina bu san’atga qo‘l urgan emas. Bu san’at zamirida 

Navoiy qalbida hamisha yashab, ko‘karib turgap ezgu-ardoqli fikrlar: ishq, vafo, sadoqat haqidagi 

munavvar, muborak g‘oyalar porlab diqqatimizni tortadi. So‘z —tafakkur xizmatida, san’at — fikr va 

g‘oyaning ko‘rki, targ‘ibotchisi. 

Butun g‘azal bo‘ylab so‘z dodini berib tajnisni uzluksiz davom ettirish bir san’at bo‘lsa, buni 

muhim ijtimoiy-axloqiy g‘oya bilan bog‘lab rivojlantirish orqali go‘zal bir tasvirni vujudga keltirish 

yana bir san’at — yuksak shoirlik mahoratining, uyg‘oq, uyg‘un taxayyul, tabiatday qudratli va saxiy 

iste’dodning nash’u namosi, sehrkorligi. Shoirning ustaligini qarangki, baytlar bir-biri ila mantiqan 

payvandlanib, yetakchi, sarbon g‘oyani teranlashtira borish asnosida lirik qahramonning tuyg‘ulari 

ham baytdan baytga kuchayib, uning yuragidagi dardi, ehtiros-hayajonlari jo‘shib boraveradi, jon va 

jonon mojarosi zo‘rayadi, visol shodligiyu hijron azoblari, oshiq iztirobi va yor istig‘nosi orasidagi 

dramatik ziddiyat taranglashadi.  

G‘azalni sharhlaganimizda bu xususiyat yanada ravshanroq ko‘zga tashlana boradi. Ammo bu ishni 

boshlashdan oldin hamma gaplarimiz kelib taqaladigan «jon» va «jonon» so‘zlariga izoh 

bermoqchimiz. Jonon so‘zining jondan kelib chiqqani aniq. Lekin qanday qilib? Balki bu «jon kabi», 

«jonga o‘xshash» (jondan shirin) degan ma’nolarni anglatar? Ya’ni: jonmonand — jonmon — jonon 

tarzida birikmaning ixchamlashib borishi oqibatida sodir bo‘lgandir? Fors tilida so‘zni mana shunday 

ixchamlab, talaffuzni yengillashtirish hodisasi bor. Ammo Suddiy Basnaviyning fikricha, jonon jon 

so‘zining ko‘pligidir. Mahbubni ulug‘lash, unga cheksiz hurmat-ehtirom bildirish maqsadida shunday 

qilingan bo‘lsa ajab emas, chunki bu yaxshi odatimiz hozir ham amal qilib kelmoqda. Bundan tashqari, 

jonon — jonlarning joni (joni jonho, joni jonon) tuganmas, o‘lmas jon ma’nosida ishlatilib, bora-bora 

tilda mustahkamlanib qolgan bo‘lishi ham mumkin. Har holda barcha ma’nolarda ham jonon (muannas 

shakli jonona) inson uchun eng qimmatli, aziz hisoblangan jon bilan barobar qo‘yilgani, hattoki undai 

ortiqroq bilib, e’zozlanayotgani ayon bo‘lmoqda. Jonon — mahbub, ma’shuq, dilbar, dilorom, sanam 

— bularning barchasi yorning sifat-sinonimlari. Ulardan har biri she’riyatda o‘z mavridi, o‘z maqom-

nisbatida qo‘llanib kelingan. Chunonchi, jonon so‘zi tilga olinganda albatta jon so‘zi ham qo‘shib zikr 

etilgan.  

Voqean bir-biriga vobasta bu tushunchalarni yana ham to‘liqroq tasavvur etmoqchi bo‘lsak, jon 

so‘zining kelib chiqish mohiyatini ham bilishimiz darkor. Zero, qadimgi ajdodlarimiz buni hozir biz 

tushunganday talqin etmaganlar. Hozir biz jonni tanadan ajratib tasavvur qilolmaymiz. Jon, ya’ni 

tiriklik materiyaning oliy darajada uyushgan shakli bo‘lmish biologik hayotning (demak inson 

vujudining ham) xususiyati deb qaraymiz. Qadimgilar esa, jon boshqa, tana-jism boshqa deb 

tushunganlar. Boz ustiga, ularning tasavvuricha, jon, ruh — oliy ne’mat, birlamchi borliq bo‘lib, jism 

quyi xayulo — to‘rt unsurdan tarkib topgan bir qolip. Agar jon bo‘lmasa, vujud o‘zicha yashay 

olmaydi, dunyo timsoli bo‘lgan bu «vayrona»ni jon obod qilishi mumkin. «Oshiq dili do‘stga muntazir 

va beqaror talpinganiday, jism ruhga mushtoq va muhtojdir», deydi «Kashful mahjub» kitobining 

muallifi Shoh Inoyatullo. Alisher Navoiy asarlarida uchraydigan «jismi vayronim», «tan uyn», «vujud 

xokistari» singari iboralarni shu ma’noda anglashimiz kerak. Uningcha, jonsiz jism — qaro tuproq: 

«Jismdan jonsiz na hosil, ey mu-sulmonlarki, ul bir qaro tufroqdururkim, gulu rayhoni yo‘q». Jonning 

shoirlar ko‘p qo‘llaydigan ikkinchi ramziy nomi «ravon» (yurib turuvchi) ekanini e’tiborga olsak, jon 

jismga qarama-qarshi o‘laroq doimo harakatdagi narsa deb qaralgani ma’lum bo‘ladi. Shuning uchun u 



Alisher Navoiy g‘azallariga sharhlar 

 

 




Yüklə 289,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin