www.ziyouz.com kutubxonasi
9
Hubobu mavj may tahrikidin zohirdurur, lekin
Sukun topg‘on vujudi, maydin o‘zga qaydadur bori?
Quyosh aksimudur hayvon suyida yo ko‘runmishdur
Ravonoso may ichra soqin gulchehra ruxsori.
Fano dayrin ko‘ngul istarki, bir-bir piri dayr elga
Tutarda boda, shoyad, jur’ae sungay bizing sori.
Navosidin fano chun hosil o‘ldi, qilgasen ey ishk,
Navoiy rishtai jonin muganniy udining tori.
Xo‘sh, bu g‘azalda qanday g‘oya ifodalangan? May va uning‘ mohiyatlarini ta’riflashdan murod
nima?
O‘z-o‘zidan ayonki, Navoiy zikr etgan may biz tasavvur qilgan yoxud bilgan ichimlik emas. Shoir
sira ham buni nazarda tutmagan. Bil’aks, o‘ta taqvodor va poqdomon bo‘lgan Navoiy zamonasining
ishratparast, mayxo‘r kishilarini qahru g‘azab bilan tanqid ostiga olib, sharobni «ummul chabois»,
ya’ni barcha yomonliklar, falokatlar onasi deb e’lon qilgan. «Hayrat-ul abror» dostonida bo‘lsa,
badmastlarning masxarali hajviy qiyofasini yaratib, ularni elga sharmanda etgan. Ushbu g‘azalda shoir
mayni ilohiy ishq — ma’rifat, donish ishtiyoqining avji qiyomi, Yor jamoli mushohadasidan oshiq
dilida paydo bo‘lgan kuchli zavq — ilhomning, behad xursandlik, sururning ramziy ifodachisi sifatida
qo‘llagan. Xumor bo‘lish, mayparastlik ham bu yerda shunga muvofiq. Bu buyuk nur chashmasidan
huzurlanish, visol bexudligi, hayot tabiat zeboligi hamda aql va tafakkur yetmaydigan, ammo ko‘ngil
bilan his etiladigan Mutlaq ruh mo‘‘jizoti jilvasidan bahramandlik va shunga talpinish sarxushligidir.
Chunki Navoiy e’tiqod qo‘ygan falsafiy ta’limotga binoan, olam azaliy va abadiy yagona ruhning o‘z-
o‘zini sevib, o‘z jamolini tomosha qilish istagidan paydo bo‘lgai ko‘zgudir. Virlamchi qudrat
porlashidan taralgan nur bu ko‘zguda aks etadi, ya’ni moddiy dunyodagi jamiki mavjudot va mahluqot
— zarradan quyoshgacha, yeru ko‘k, sobutu sayyora shu iur bilan yoritiladi, shu nur tufayli
harakatlanadi, muayyan uyg‘unlik ichra rivojlanib turadi. Bu ilohiy tajallini shoirlar may timsolida
qabul qilganlar. Moddiy dunyo esa, shu tasavvur bo‘yicha, jom yoki qadahdir. Dunyoning rango-rang
tovlaiishlari, o‘zgarish, yangilanishlar, tabiatning turfa siru asrori, hodisa-ashyolari, bahoriy uyg‘onish,
chunonchi, daraxtlarning ko‘karib, gullab meva bog‘lashi, dashtu daraning o‘t-o‘lan bilan qoplanishi,
qushlariing mast bo‘lib sayrashi, boringki, hayotning barcha nash’u namosi, gurkirab ko‘ringan iafosat
to‘foni shu may ummonining mavjlanishi, ko‘pirishi deb tushuntirilgan. Inson ham mazkur ko‘zguning
bir bo‘lagi, lekin ruhi mutlaq eng ko‘p aks etgan hilqat. Chunki u xoliqiyatning sarvari va ganji
gavhari, ya’ni «ikki olam iste’dodiiing jamuljami» (Bedil). Inson ruhi shu bois tinimsiz ravishda o‘z
manbaiga qarab intiladi. Bu intilish dunyoning o‘zini idrok etish va o‘z-o‘zini anglab yetish orqali
sodir bo‘lgani sababli inson olam hodisalari go‘zalligini mushohada etib, cheksiz hayratlaiadi. Hayrat
esa ashyo-hodisalarni bilib olish qiziqishini kuchaytiradi. Shu tariqa, kishi mohiyat-haqiqatni bilish
ishtiyoqi bilan yonib, borgan sari ko‘proq tashvish-taraddudda bo‘ladi. Insoining butun hayotiy
faoliyati, ijod va yaratuvchilik qobiliyati, kashfu karomati va fayzu fazilatlari shu ishqning qudrati deb
talqin etilgaya.
Ammo inson tabiati ikki asos — ruhiy va moddiy olam unsurlaridan tarkib topgani uchun ular
orasida kurash boradi. Agar moddiy asos bo‘lmish jism talablari kuchaysa, u hirs va shahvat, hayvoniy
nafs domiga giriftor bo‘lib, borgan sari tubanlashadi. Bu xavfning oldini olish uchun kishi doimiy
ravishda ruhiy-ma’naviy ehtiyojlarini qondirib borishi, shu jihatni tarbiyalashga bel bog‘lamog‘i
darkor. Bu ishda unga o‘zidan ko‘ra komilroq inson — pir rahnamolik qiladi. Pir yoki orif deb
Alisher Navoiy g‘azallariga sharhlar
Dostları ilə paylaş: |