www.ziyouz.com kutubxonasi
16
urafo, 405-bet), g‘ayb latofatiga, mahbub talabiga intilish. Nafas, shuningdek, vaqtni, lahzalik holni,
oniy o‘zgarish va yorishishlarni ham bildiradi. Hijron — haqdan, ilohdan boshqaga yuz o‘girish,
ko‘ngilning vaqtincha o‘zga fikr-tashvishlar bilan band bo‘lishi, parda orqasida qolishi.
Ana shu ma’nolariga ko‘ra, matla’ning orifona mazmuni bunday bo‘ladi: «Mening dunyo ishlari —
kasrat bilan mashg‘ulligimni, haqdan boshqa narsalarga e’tibor qilib, undan uzoqda qiynalishimni
ko‘rib, ilohiy vahdat nuri dilim sahifasini tozalash, o‘z holimga qaytarish uchun yetib keldi». Voqean,
orzudagi ne’mat — go‘zallikka muntazir odamning qalbi tongda yorishib, farah topishi tabiiy. Ko‘ngil
musaffo bo‘ladi, yayrab nafas olasan kishi. Tong orifona she’riyatda ko‘p qo‘llaniladi. U — ilohiy
fayziyat timsoli, nuroniy odam darakchisi. Ilohiy yor diydoriga tolib odam bu nurga yetishish uchun
ko‘pdan-ko‘p ruhiy qiynoqlar, hijron azoblarini boshidan o‘tkazishi kerak.
Sharhlanayotgan g‘azalda solik (yo‘lovchi)ning yana shu ahvoli ruhiyasi tasvirlanadi, tashvishli
talpinishlari ko‘rsatiladi.
Ikkinchi bayt:
G‘am tuni muhlik g‘amim anglab yaqo chok ayladi,
Tong yelidin har nafas holimga tortib oh subh.
Mazkur baytda matla’da ifoda etilgan mazmun davom ettirilgan. Tong matla’dagiday bechora
oshiq holiga achinib, ko‘z yoshi to‘kish, oh urish barobarida, g‘am tunidagi halokatli (muhlik —
halokatli demak) ahvolni ko‘rib, yoqasini yirtadi. «Yoqa yirtish» — tongning otishini anglatuvchi
istioradir, chunki yoqa yirtilganda odamning ko‘kragi ko‘ringaniday, tun pardasi yirtilganda tong
namoyon bo‘ladi, ya’ni ilohiyot jamoli ko‘rina boshlaydi. Navoiyning Samarqandda gadodan sotib
olgan baytining birinchi misrasi: «Ko‘kragimdur subhning pirohanidin chokroq», ya’ni: Ko‘kragim
tongning kuylagidan chokroq. Bu yerda subhning pirohani — tong pardasi, harir bir nimqorong‘ilik
xayol sahifasida yaralgai topgning otishi, yoqaning yirtilishi emas, balki ko‘krakning chok-chok
bo‘lishiga tashbih qilingan. Ammo har ikki baytdagi tasvirning chiroyida mushtarak joziba bor.
Ikkinchi baytdagi «tong yeli», «oh», «nafas» so‘zlari takror bo‘lsa-da, ammo holatga aniqlik berish,
ta’kidlashga xizmat qilgan. Tun — asl ma’nosidan tashqari, olami imkon — borliq, g‘ayb siru asrorini,
mazkur baytda jabarrut olami (iloh va farishtalar orasidagi olam)ni ham anglatadi. Shuningdek, tong
yeliii ilohiy ne’mat fayzi, ilohiyot yodi ma’nolarida ham tushunsak, baytning orifona mazmuni bunday
bo‘ladi: «G‘ayb asrorini anglashdagi halokatli intilishlarim, qo‘rqinchli ahvolimni ko‘rib, tong
yoqasini chok etdi, ya’ni otdi. Ishtiyoqu iztirobim evaziga ilohiy iurdan nishona ko‘rdim».
Uchinchi bayt:
Tiyra hijrondin chu yo‘qtur farq subhu shomima,
Xoh shom o‘lsun qorongu ro‘zgorim, xoh subh.
Bu baytda yana bir favqulodda toza istiora qo‘llanilgan: tiyra hijron. Qop-qora ayriliq — bu
oshiqiing qil sig‘magan qalbi, motamzada holati. Hijron tuni, hajr shomi iboralar yonida mazkur istiora
tasvirning latifligini oshiradi, rangni quyuqlashtiradi, lirik qahramon kechinmalarining shiddatini
bo‘rttirib ko‘rsatyashga xizmat etadi. Qolgan so‘z va iboralar tushunarli, shu bois baytning zohiriy
mazmunini quyidagicha sharhlash mumkin: «Ayriliq g‘amidin hayotim, ruhiyatim shunday qorong‘iki,
tong bilan shomim, kecha va kunduzim orasida farq yo‘q. Xoh tong bo‘lsin, xoh shom — sezmasman,
bari qop-qora tunga aylangan». Baytning botiniy, ma’rifiy ma’nosi: «Ilohiy yor yodini faromush etib,
nafsoniy dunyoga berilib qolganim uchun tong bilan shomning farqi bilinmay qoldi, shom bo‘lsa ham,
tong otsa ham ko‘nglimga hech narsa sig‘maydi, chunki qorong‘u ro‘zg‘or — dunyo tashvishidan
qutulish g‘oyat mushkul, u mani o‘z domida zanjirband etgan». Solik o‘z irodasini batamom pir
qo‘liga topshirib, tariqat maqomidan zinama-zina ko‘tarilsa, nafs qutqusi va dunyo istaklaridan
Alisher Navoiy g‘azallariga sharhlar
Dostları ilə paylaş: |