Microsoft Word navoiy gazallariga sharhlar lotin ziyouz com doc



Yüklə 289,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/65
tarix02.01.2022
ölçüsü289,83 Kb.
#43144
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   65
E. Vohidov Navoiy gazallariga sharhlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 

19

keyin nihoyat vasl shodmonligi imkonini topadi, ko‘ngil darichasi yor jamoliga qarab ochila boshlaydi. 



Maqta’ning zohiri ma’nosi: «Ey Navoiy, ul quyosh, ya’ni yor vaslining daragini yetkazib, hijron shomi 

azobini (mehnat — azob degani) qisqartirsa koshkiydi». Baytning orifona botiniy ma’noei esa bunday: 

«Ey Navoyy, vahdat nuri jilvasi — tong Zoti mutlaq (yoki komil inson qalbi) manbayga yetishish 

xushxabarini yetkazib, iloh yodidan begonalashuv qiynogi, kasrat zulumoti ichra chekayotgan ruhiy 

iztirobu azoblarimni qisqartirsa nima bo‘lar ekan». Mazkur g‘azalda Navoiy ilohiy ishq kechinmalarini 

real insoniy kechinmalar tarzida ana shunday tasviru talqin etadi. Zotan, oriflarning tariqat darajalarini 

egallash yo‘lidagi intilish — yonishlari nega real bo‘lmasin, axir bu oddiy odamlarning emas, o‘zlarini 

ruhan tayyorlagan, juda katta vazifani bo‘yinga olib, faqat ma’naviy ma’rifat sari o‘tli shavq bilan 

intilish odamlarning har qanday dunyoviy tushunchadai xoli pokiza ishqi. Shuning uchun ularning qalb 

kechinmalari yuksak va oliyjanobdir. Shu shavq va intilishni tor ma’noda tushunmasligimiz kerak. Bu 

Navoiy kabi buyuk insoplarning dunyo va iloh orasida, dunyoni sevish va dunyo kishilaridan zadalik

dunyo ishlaridan ko‘ngil uzolmaslik va dunyoda bo‘lmagan idealga boglanish, uni sevish hislari 

orasidagi talpinish-izlanishlari, ruhiy sargardonlik va qiynoqlarning ramziy she’riy izhoridir. 


Yüklə 289,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin