«ERUR KO‘NGULDA SAFO ISHQ TOZA DOG‘I BILA»
«Xazoin-ul maoniy»ning birinchi devoni — «G‘aroib-us sigar»ga kiritilgan va Alisher Navoiyda
kam uchraydigai taxallussiz g‘azallardan biri («G‘aroyib-us sig‘ar»da jami o‘nta taxallussiz gazal bor)
shu satr bilan boshlanadi. Ushbu g‘azal «Badoe’-ul bideya» devonida ham mavjud. Demak, u
shoirning yoshlik yillarida yozilgan. G‘azal yetti baytdan iborat, lekin taxallusli maqta’ bo‘lmagani
sababli yakunlovchi xulosa yetishmayotgani seziladi. Asar mavzui — ishqi ilohiyni kuylash, bu g‘oya
goh majoziy tashbih-istioralar, an’anaviy obrazlar (parvona, bulbul), goh to‘g‘ridan-to‘g‘ri tasavvufiy
istiloh — tamsillar vositasida bayon etiladi. Qayd etish joizki, ishqi ilohiyni tarannum etgan irfoniy-
ma’rifiy mazmundagi g‘azallar Navoiy devonlarining asosiy qismini tashkil etadi, ularni esa bir necha
guruhga bo‘lish mumkin: 1) munojot-g‘azallar; 2) Xudo va payg‘ambar madhiga bag‘ishlangan na’t-
hamd g‘azallar; 3) oshiqning ahvolini tasvirlovchi «sharhi hol» g‘azallar; 4) falsafiy fikr-
mushohadalarni ifodalovchi g‘azallar. Tilga olingan g‘azalda oshiqona kechiimalar ruhi, yor vasfi ham,
falsafiy mushohada-mukoshifa ham bor. Demak, asar biron-bir his, biron-bir muayyan holatni emas,
shoirning katta mavzu atrofidagi umumiy tasavvur-tushunchalari, shunga muvofiq ishqning inson
qalbiga o‘tkazadigan ta’siri haqida zikr etadi, ishq va fano, tariqat yo‘lining jozibasi va tahlikasi
shoirona talqin etiladi. Shu bois g‘azal baytlarini bevosita o‘zaro zanjiriy bog‘lanish emas balki qofiya,
radif, mavzu va ohang mushtarakligi birlashtirib turadi, madh, vasf, sharhi hol va tasavvufiy manolar
bir o‘zandagi oqimga tushirilgan. Chunonchi, matla’da oshiqning ishq dardi yangilanganidan
xushnudligi, ikkinchi baytda ma’shuqa firoqida qiynalish, kinoyali xotirot, uchinchi va to‘rtinchi
baytlarda ishqning qudrati va mo‘‘jizakorligi haqida mulohaza-muqoyasa, beshinchi baytda shoh va
darveshning ishqqa munosabati, oltinchi va yettinchi baytlarda bo‘lsa ilohiyot fayzini topgan solikning
lahzalik masrur tuyg‘ulari, yor jamoliga mahliyoligi tasvir etiladi. Xullas, ishqning turli jihati, oshiq
insonning holatlari va shoirning o‘z mavzuiga munosabati, qarashlari aks etgan.
Umuman, Navoiyda ilohiy ishq har xil holatlarga bog‘lanib, har bir g‘azalda o‘zgacha bir tarovat
yangi-yangi ifoda, uslubiy tarzu raviya bilan kuylanadi. Shuning uchun uning g‘azallari bir-birining
aynan takrori emas, balki har biri yangi asar sifatida o‘quvchiga alohida zavq bag‘ishlaydi,
tasavvufiing har bir maqomi va manzillaridagi ruhiy holat, bu manzillarni kashf etish qiyinchiliklari,
Buyuk Ilohning huzuriga talpinish, sog‘inch va qo‘msash, ma’naviyat ne’matidan "sarxushlik, qalbi
ma’rifatga g‘arq Do‘st diydoriga tashnalik, undan mahrumlik damlaridagi iztirob har bir g‘azalda turfa
rangu ohang, suvratu san’atlar orqali takror-takror talqin etiladi. Bu g‘azalchilikda, ayniqsa, orifona
she’riyatda qabul qilingan an’ana bo‘lib, shoirning o‘ziga xos mahorati, navbunyodkorligi shu an’ana
Alisher Navoiy g‘azallariga sharhlar
Dostları ilə paylaş: |