Microsoft Word navoiy gazallariga sharhlar lotin ziyouz com doc



Yüklə 289,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/65
tarix02.01.2022
ölçüsü289,83 Kb.
#43144
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   65
E. Vohidov Navoiy gazallariga sharhlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 

18

boda tutsa, ey shayx, sen ham ichishing muqarrar.  



Yettinchi bayt: 

 

G‘am tuni ko‘hi balosidin magar bo‘lmish xalos,  

Kim meningdek ko‘rguzur ruxsorai chui koh subh. 

 

Ko‘hi balo — balo tog‘i, ruxsora — yuz, koh — somon. Oshiq iztirob chekishdan, balo tog‘ining 



yukini tortishdan ranglari somonday sarg‘aygan. Bu ahvol tongning bo‘zarib oqarishi orqasidan 

quyosh nurlarining oltin (sariq) rangda ko‘rina boshlashi bilan qiyoslangan. Aftidan, tong ham men 

kabi ayriliq g‘amining balosidan xalos bo‘libdi, chunki somonday sarg‘aygan yuzini ko‘rsatmoqda, 

deydi oshiq. Tog‘ balosidan xalos bo‘lish quyoshning tog‘ ortidan chiqib kelishiga ishora hamda 

quyosh tunda ufq ortida, tog‘lar keyinida bandi bo‘ladi, ertalab yana qutulib yo‘lga chiqadi, degan 

qadimiy tasavvurga vobasta tasvir bu. Navoiy subh (tong)ni bir shaxs sifatida jonlantirib, uni lirik 

qahramon holati bilan qiyoslashni davom ettirgan. 

«Balo» — ilohning imtihonlari, solik yo‘lida uchraydigan qiyinchiliklar, «balo tog‘i» shunga 

muvofiq — tariqat yo‘lida uchraydigan imtihonlarning eng og‘iri demak. Mazkur baytda ko‘h va koh 

(tong va somon) so‘zlarini zid qo‘yish (tazod san’ati) ham bor. Oshiq o‘zining darddan yuzi 

sarg‘ayganini aytish bilan birga ilohiy qudrat, zoti azaliy va uning imtihon-balolarining behadligi 

oldida zarra misol kichik va haqir ekanini ham ta’kidlaydi. Shu tariqa, solikning maqomot sari 

intilishlaridagi ikkilanishlar, mushkilotlar, imtihonlar qiyinchiligi va ularni yengib o‘tish uchun irodani 

chiniqtirish ishtiyoqi aks etadi bu baytda.  

Sakkizinchi bayt: 

 

Subhidam bedoru giryon bo‘l, agar fayz istasang,  

Kim sening uyqunga xandon o‘lmasun nogoh subh. 

 

G‘azalning orifona mazmuni bu baytda yana ham ochiqroq ifodalangan subh ilohiy fayz timsoli 



ekanini shoir o‘z tili bilan bayon etgan. Bunday fayzga tunlari bedor o‘tirib, toat-ibodat bilan 

shug‘ullangan, iloh ishqida kuygan, o‘rtangan dardli odamlargina erishadilar. Navoiy davrida ilohtalab 

darveshlar, orif solihlar dunyo rohatidan voz kechib, ma’naviyat sirini kashf etish uchun kechalari 

uxlamay, zikr aytib chiqar, butun vujudlari, qalb-shuurlarini shu maqsadga qaratib, sidqidildan mutlaq 

ruh sari iitilganlar. Natijada ularning ko‘ngillari ravshanlashib, zavqu surur topar, zehnlarida ma’rifat 

tongi yorishardi. Ma’naviyat olami oshiqlari Navoiy vasf etgan haqiqiy oshiqlardir, ular shoirning ideal 

obrazlari, ezgulik farishtalari edi. Shuning uchun u oriflar g‘oyasini jonu dildan targib etib, deydiki: 

agar ilohiy fayz istasang, erta saharda uyquni tark et, xudo yo‘lida bedor va giryon bo‘lgin (baytda 

giryon va xandon — kulib va yiglash so‘zlari zid qo‘yilgan), gaflatda yotma, bo‘lmasa, fayzdan 

benasib qolasan — toig seiing ahvolingga kuladi. Kamolot istagan odam tongday uyg‘oq, tongday pok 

bo‘lishi lozim. 

Va nihoyat, to‘qqizinchi bayt: 



 

Ey Navoiy, ul quyoshning mujdai vaslin berib,  

Qilsa netkay shomi hashrim mehnatni ko‘toh subh. 

 

G‘azalniig boshidan boshlab davom etib kelgan shom — tong badiiy zidlanishi maqta’ga kelib 



yakunlanayapti. Subhdan keyin quyosh chiqishi va tunning chekinishi muqarrar. Lekin Alisher Navoiy 

iazarda tutgan tong ilohiy tajalli safosi bo‘lganligi sababli qo‘yosh ham piri murshid qalbi yoki Mutlaq 

ruhning manbai timsolidir. Tong esa shu manba’ – nur chashmasining darakchisi. Oshiq yo‘lovchi 

hijron tuni, ya’ni dunyoviy talablar, ilohiyotdan uzoqlashtiruvchi ishlar-zulmlar zulumoti qiynog‘idan 




Alisher Navoiy g‘azallariga sharhlar 

 

 




Yüklə 289,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin