Microsoft Word navoiy gazallariga sharhlar lotin ziyouz com doc



Yüklə 289,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/65
tarix02.01.2022
ölçüsü289,83 Kb.
#43144
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   65
E. Vohidov Navoiy gazallariga sharhlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 

24

So‘zning bitmas-tuganmas imkoniyatlari, mutassir etuvchi ifodaviy qudratini namoyish etadi. So‘zdan 



mo‘‘jiza yaratish, klassiklarning o‘z tili bilan aytganda, so‘zning dodini berish — payg‘ambar 

san’atkorlarga nasib bo‘lgan baxt. 

Ramali musammani mahzuf bahrida yozilgan ushbu g‘azalning avvalgi besh bayti ana shu tavba-

tazarru’ mazmunida, ya’ni inkor — tasdiq usulida yozilgan, shu jihati bilan bu baytlar o‘zaro bog‘lanib 

keladi. Qolgan uch bayt gazalning umumiy mazmuni bilan bevosita emas, balki bavosita bog‘lanadi. 

Shu sababli g‘azalni parokanda deya olmaymiz. To‘g‘risini aytganda, men «parokanda» istilohini 

she’rga nisbatan qo‘llashga qarshiman. Chunki parokandalik badiiy asarga xos xususiyat emas, u 

butunlay bog‘lanmagan baytlar yig‘indisini bildiradi. Ulug‘ shoirlarda, jumladan, Navoiyda bunday 

she’r yo‘q. Baytlar, yuzaki qaraganda, mazmunan bog‘lanmagan, turli mavzuda bo‘lib tuyulsa-da, 

botinan ular o‘zaro aloqador. Shuning uchun bunday g‘azallar tahlilida bevosita bog‘lanish (musallas) 

va bavosita bog‘lanish degan tushunchalardan foydalanishni ma’qul deb bilaman. Shunday qilib, 

mazkur g‘azal hasbi hol, ya’ni oshiq kechinmalarini ifodalaydigan asar bo‘lib, baytlari quyidagicha 

sharhlanishi mumkin.  

Birinchi bayt: 



 

Ahd qildim: ishq lafzin tilga mazkur etmayin,  

Til nekim, xomam tilidin dog‘i mastur etmayin. 

 

«Mazkur» — zikr etish, tilga olish, «xoma» — qalam, «mazkur» — yozish, raqam etish. Qolgai 



so‘zlar tushunarli. Ammo, bu baytning, qolaversa, butun g‘azalning o‘zak — kalit so‘zi ishqdir. Ishq 

nima? Odamlar orasidagi alohida mayl, sevgi, muhabbat, deb javob beramiz daf’atan va aksar ayol 

bilan erkakning o‘zaro munosabatlari, bir-biriga intilishini ko‘z oldimizga keltiramiz. Albatta, ayol va 

erkak orasidagi munosabat oila asosiga qurilsa yomon bo‘lmaydi, bu hayot qonuniga muvofiq, chunki 

hayotning o‘zi ham muhabbatdan yaralgan. Lekin Ishqni kengroq ma’noda, kayhoniy andoza olib 

qarasak-chi! Sufiy oriflar tushunadigan ma’nolarga diqqat qilsak-chi? Axir, Navoiy ishqning ana shu 

ma’nolariga ko‘proq e’tibor berganku. Sufiylar talqiniga ko‘ra, ishq — do‘stlik tuyg‘usining oliy 

darajaga ko‘tarilishi: do‘st orqali ma’rifatni, ilohni sevish. Voqean, «do‘st» tushunchasining o‘zi ham 

ko‘p ma’noli, «do‘st» deganda ular yuksak zakovat, qalbida ezgulik nuri porlab turgan inson va Mutlaq 

ilohni anglaganlar. Ana shunday do‘st, ya’ni yor ishqiga giriftor bo‘lgan odamlar bir-birlarisiz 

turolmaydilar, agarchi bu bog‘lanish yuz kulfat va ranj keltirsa-da. Shuning uchun ishq so‘zi ranj, dard 

so‘zlari bilan ma’nodosh bo‘lib qolgan. Bu so‘zning asl etimologik ma’nosi ham shunga ishora etadi: u 

arabcha «ashaqa» (zarpechak) so‘zidan kelib chiqqan. Zarpechak, bilamizki, o‘t-o‘lanlar, Daraxtlarga 

o‘ralib olib, ularning shirasini so‘rib quritadigan giyoh. «Ishq ham avjga ko‘tarilganda bamisoli 

zarpechakday odamni bedarmon qiladi, sezish qobiliyatini susaytirib, yeb-ichishdan mahrum etadi, 

ishqqa chalingan kipshga o‘zgalarning gap-so‘zi malol keladi, u do‘stdan boshqaga qaramaydi», deydi 

«Istilohoti urafo» lugatining muallifi Sayyid Ja’far Sajjodiy (289-6.). U yana davom ettiradi: 

«Deydilarki, ishq shunday bir o‘tki, oshiqnigina emas, ma’shuqni ham yondiradi, ishq balo daryosidir 

va ilohiy junundir va dilning ma’shuq sari qiyom etishidir». Ishq oldida dengizlar — tomchi, tog‘lar — 

zarra. U dengizni jo‘shu xuro‘shga keltirib, tog‘ni talqon qila oladi. «Ey ishq, baloyi jon erursan, ham 

jonima darmon erursan», deydi Alisher Navoiy «Layli va Majnun»da. Tariqat bo‘yicha ishq 

maqomatdan keyin keladigan hol martabalaridan biri. Bu martabada solikka ilohiy jamol ko‘rina 

boshlaydi, uning betoqatligi, qalb harorati zo‘rayadi. Bu martabaga erishish uchun ne-ne ruhiy 

sinovlar, taraqqiyot manzillarini bosib, poklanib o‘tish kerak. Bu azoblarga bardosh bera olmaganlar 

yarim yo‘lda qoladilar. Demak, ilohiy jamolga yetishish uchun sabr, barcha azoblarga bo‘ysunish 

irodasi zarur, bo‘lmasa, qiynoqlarga chiday olmay, Navoiyning lirik qahramoni kabi: «Endi ishq 

so‘zini tilga olmaslikka ahd qiladi», deyishi hech gap emas. Giriftorlik girdobi ichidagi hasrat bu, 

ammo u yolg‘on «ahd». Aslida oshiq battar bu bahri azimga sho‘ng‘imoqchi, zero oshiqning zanjiri 




Alisher Navoiy g‘azallariga sharhlar 

 

 




Yüklə 289,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin