www.ziyouz.com kutubxonasi
25
ham, qanoti ham ishq, uni bud etadigan ham nobud qiladigan ham qutulib bo‘lmas shu Buyuk Joziba.
Shoir ikkinchi va uchinchi baytlarda «ahdi»ii mustahkamlaydi; chunonchi, ikkinchi bayt:
Barcha elga fitna bo‘lg‘on ko‘zga maftun bo‘lmayin,
Har kishi nazzora aylar yuzni manzur etmayin.
Ya’ni: «Barchani fitna-firib bilan aldagan ko‘zga maftun bo‘lmaslikka (aldanmaslikka), barcha
qaraydigan yuzga qaramaslikka ahd qildim». Barchani fitna bilan o‘ziga maftui etadigan ko‘z dunyo
bo‘lishi ham, dunyo nafosati bilan boqqan Mutlaq ruh chashmasi bo‘lishi ham, yuz-ko‘zidan nur
yog‘ilib turgan komil inson bo‘lishi ham mumkin. Har holda ma’shuq ko‘zi fitnakor, aldamchi ekanligi
aniq, u barchani oshufta etadi. Ishq aslida ana shu maftunkor yuzu ko‘zga qarashdan boshlangan, o‘sha
ko‘zlarki, bechora oshiqni bir lahza tinch qo‘ymaydi. Xo‘sh, agar yuz va ko‘z ilohiy sifat — tajalliyot
belgisi bo‘lsa, nega u maftunkor, aldamchi? Gap shundaki, sufiylar nazdida ma’shuq ko‘zi — basirat
darajasi, ya’ni qalb ko‘zining o‘tkirligi va ham ayni vaqtda u oshiqni imtihon etuvchi, sinovdan
o‘tkazuvchi kuch. Ilohiy jamol turli ko‘rinishda jilolanib, qalbga yo‘l izlaydi. Jilo, mavj, tovlanish —
sehru jodu, maftupkorlik emasi? Ko‘z, shu bilan birga, g‘aybning manbai, snru asror chashmasi. Yuz
esa — ilohiyot jamolining timsoli va komil inson chehrasi. Navoiy davri kishilarning va buyuk
shoirning shaxsiy tushunchasm ana shunday. Ham olam nafosati, ham inson qalbi go‘zalligi hamda
barcha go‘zallarning go‘zali, barcha ravshanliklar manbai deb hisoblangan Ilohni bir ibora, bir tashbih
bilan ifodalash, uni lirik kechinma orqali yonib kuylash. Bularning hammasi Yaxshilik va Ezgulikka
oshiqlikni ta’riflash va oxir-oqibat inson ma’naviyotini yuksaltirishga xizmat etish istagidan tug‘ilgan.
Oqil va odil iyasonning yuragi iloh fazilati bilan to‘liq va bu uning a’moli, fitratida namoyon bo‘ladi,
boshqalar shu qalbning fayzini idrok etib, uidan bahra olib, ilohga yaqinlashadilar. Shuning uchun
bunday fayzli odamlar e’tiborni tortadi, hamma ularga qarab intiladi, ularning xoki poyini ko‘ziga
surtadi. Shu uchun bu ilohiy yuz va «fitnakor» ko‘zlardan bekinish qiyin, ulardan bekinish — ilohdan
yuz o‘girish bilan barobar! Yaxshisi, Ishq olovida yonish nasib etsin, jodu ko‘zlardan judo qilmasin.
Uchinchi bayt:
Ishq kufuri birla taqvo xonaqosin buzmayin,
But xayolidin ko‘ngil dayrini ma’mur etmayin.
Ishq — kufr, oshiq bo‘lish — kofirlik. Vu kimniig fikri? Albatta, mutaassib dindorlar, ishqu
oshiqlikning haqiqiy ma’nosini tushunib yetmagan kishilarning fikri, ular hayotni, ilohiy muhabbatni
kuylagan shoirlarni shunday tamg‘alar bilan ayblamoqchi bo‘lganlar. Lekin, qizig‘i shu yerdaki,
tasavvufning vahdatul vujud falsafasini chuqur idrok etgan shayx-oriflar, ayniqsa Attor, Rumiy, Hofiz,
Jomiy, Navoiy, Mashrab kabi shoirlar buni o‘zlari ham tan olganlar. Chunki suratparast, masalaning
mohiyatiga yetmagan johil ruhoniy talqinidagi kofirlik bilan sufiy shoir nazarda tutgan kofirlik boshqa-
boshqa narsalardir. Ruhoniylar islomni tan olmagan, butga sig‘ingan odamlarni kofir desalar, sufiylar
«kasrat olamining zulmi, dunyo talabi, vahdatdan judolikni» kufr deb uqtirganlar («Mir’ot-ul
ushshoq»). Ishqning kofiri bo‘lish — sufiy nazdida haqiqiy imonga ega bo‘lish, nechukim, farqlar,
ko‘pliklar olami orqali, yopiqlik pardasini ko‘tarish dunyoni tark etish orqali vahdatga yetiladi. Dindor
ruhoniy ilohni sevishni emas, unga sajda qilish, toat-ibodat bilan jannatiy bo‘lishni targ‘ib etadi, sufiy
bo‘lsa ilohdan boshqasini tan olmaydi, rasm-rusumlar, odat-marosimlarni inkor etadi, iloh jamoli aks
etgan barcha mavjudotni, butni ham, nasroniy qizni ham sevish mumkin, deb ta’lim beradi. Shayx
San’onni eslang (Navoiyning «Lison-ut tayr» asarn qahramoni). U rimlik qizga oshiq bo‘lib, islomdan
voz kechib, nasroniy diniga kiradi, ishq yo‘lida nimaiki yuz bersa — bariga chidaydi va oqibatda ilohiy
muhabbatga erishadi. Shayx San’on sarguzashtiga diqqat qilinsa, vahdat mayidan sarxush sufiylar
emas, balki taqvodor zohid va soxta shayxlar kofir bo‘lib chiqadi. Chunki «kofir — sifot. asmo’ va
Alisher Navoiy g‘azallariga sharhlar
Dostları ilə paylaş: |