Microsoft Word navoiy gazallariga sharhlar lotin ziyouz com doc


«AHD QILDIM: ISHQ LAFZIN...»



Yüklə 289,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/65
tarix02.01.2022
ölçüsü289,83 Kb.
#43144
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   65
E. Vohidov Navoiy gazallariga sharhlar

 

«AHD QILDIM: ISHQ LAFZIN...» 

 

Alisher Navoiyning har bir g‘azali o‘ziga xos yondoshish, o‘ziga xos tahlil va tafsir usulini taqozo 



etadi, chunki har bir g‘azal alohida ruhiy holat, alohida badiiy fikr va his-tuyg‘ular rivojini ifodalab 

keladi, tasvir tarzi, san’atlar muntazamligi va mutanosibligi ham shunga muvofiq. Mazkur g‘azalda esa 

Ishq vodiysida mushkilotlarga duch kelgai oshiqning bir lahzalik holati, ikkilanishi, g‘ayrning so‘ziga 

quloq solib, go‘yo vaqtincha «araz», «istig‘no» bilan yoridan yuz o‘girishga behuda urinishi 

tasvirlanadi. Odatda istig‘no (o‘zini ozod hisoblash, noz qilish, araz) ma’shuq xislati bo‘lishi kerak, 

oshiq esa niyozmand, hamma vaqt yorga sodiq odamdir. U shu xislati bilan mashhur. Bu yerda 

an’anaga xilof ravishda ish tutilmadimikin? Yo‘q, unday emas. Navoiy lirik qahramonining 

ozurdaligini ma’shuq nozi singari tushunmasligimiz kerak. Bu «istig‘no» — ishqdan tavba-tazarru’ 

«ahdi» zamirida oshuq ko‘nglining har qanday azoblarga bardosh berishi, dardu balolarga tayyor 

turishi ma’nosi yotadi. Oshiq ishq qiynoqlaridan qutulishga chora izlaydi, ammo qo‘llagan tadbirlari 

behuda bo‘lib chiqadi. Chunki u bu domga abadul-abad giriftor, ishqni tilga olmayman, deydi, lekin u 

tiliga kelaveradi, sirini elga bildirgisi kelmaydi, ammo dardi oshkor bo‘laveradi. Zero, oshiqning inon-

ixtiyori o‘zida emas. Odamda shunday holatlar bo‘ladiki, ohanraboday tortib turgan narsadan ham 

bezor bo‘lsang, jonning qiynog‘isiz yashash mumkin emasligini, qutulishga intilib, qutulolmasligingni 

anglab battar iztirob chekasan. Navoiy ayni shu ruhiy holatni qalamga olgan, ya’ni tilda tavba qilib, 

inkor etib, aslida ko‘ngil qa’rida buning aksini tasdiqlash, o‘ziga xos she’riy san’at bu. Bir necha 

baytda ko‘rinadigan, ba’zan butun g‘azal bo‘ylab yoyiladigan ushbu usulning klassik she’rshunoslikda 

nomi yo‘q. Voqean, Navoiy kabi ulug‘ shoirlarning turfa san’atlari, uslubiy ixtirolariga nom topish, 

ularni tadqiq etish osoi yumush emas. Navoiy xuddi son-sanoqsiz usul-yo‘llarni yod biladigan, har gal 

yangi, hayratlanarli yurishlarni o‘ylab topib, g‘alabaga erishadigan shohmotchi misol ish tutadi. 




Alisher Navoiy g‘azallariga sharhlar 

 

 




Yüklə 289,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin