www.ziyouz.com kutubxonasi
21
chunki u ko‘ngilga tomon chirog‘i bilan kelayapti. Kimga ishora bor bu yerda? Gap shundaki,
«paykon» so‘zi qam o‘qni bildiradi, lekin bu o‘rinda kamon o‘qi nazarda tutilayapti. Kamon o‘qining
o‘tkir uchi esa metaldan yasalardi. Shu nishonga qarab uchib borayotganda metal qismi yaraqlab gurar,
ba’zan esa olov sochayotganday, shu’lalanib ko‘zga tashlanardi. O‘qning ana shu holatini Alisher
Navoiy chiroq ko‘tarib borayotgan odamga o‘xshatib, jonli va chiroyli suvrat chizgan: «Firoq shomida,
ya’ni sening yoding, vaqtincha ko‘ngildan ko‘tarilib, dunyo ishi — tashvishi parda bo‘lib meni sendan
ajratganda, o‘qing adashmasdan ko‘ngil yo‘lini topadi, zero u o‘z nishoniga paykonini chiroq qilib
borayapti». Bunday tashbihni boshqa birorta shoirda uchratmaymiz: yorning kiprigi — zulmatni yorib
borayotgan mash’ala, go‘yo zim-ziyo tunda chaqilgan chaqmoq. Albatta, ma’shuqa kiprigini
chaqmoqqa qiyos etganda Navoiy ko‘zni ham nazarda tutgan, chunki aslida kiprik birovga qarab
otilmaydi, balki nazar, qarash yo‘naladi, ya’ni ko‘zning nuri, quvvati ta’sir etadi, joziba, kuch
bag‘ishlaydi. Shuning uchun kiprik chaqmoq samoviy miqyosda ilohiy nurning yarq etib, ko‘ngilni
yorit-shi yoki zaminiy miqyosda sohibkaromat pirning nazar qilishi, bir nigoh bilan qalblarga g‘ulg‘ula
solishi tarzida talqin etilishi mumkin. Oddiy hayotda ham qalb kitobi bo‘lmish ko‘zlarning ko‘ngillarni
bog‘lashi, sevgiga zamin hozirlashi ko‘p uchraydigan hodisa.
Uchinchi bayt:
Erur sukutu fano ishq lozimi, bulbul
Ne voqif oncha fig‘onu ulug‘ dimogi bila.
Navoiy «Asarlar»i kulliyotining 1988 yilgi yangi nashrida (3-jild. 428) mazkur baytning birinchi
misrasida «fano» va «bulbul» so‘zlaridan keyin vergul qo‘yilgani uchun ma’no buzilgan. Agar shu
nashrga suyanadigan bo‘lsak, «Sukut va fanodir, ishqqa lozim bo‘ladigani bulbul, buncha fig‘oni va
ulug dimog‘i bilan nimadan xabardor?» degan g‘alati gap kelib chiqadi. Bunday «tahrir» o‘quvchini
chalg‘itishi, Navoiy asarlarini tushunishni qiyinlashtirishi aniq (Buni ta’kidlashga majburmiz, chunki
hozirgi yozuvga ko‘chirilgan klassik she’rlarda tinish belgilarining ahamiyati katta, vergul noto‘g‘ri
qo‘yilgani uchun ma’nosi mavhumlashgan baytlar ancha). Xo‘sh, Navoiy bu baytda nima ma’noni
ifodalagan? Bu ma’no qo‘yidagicha: «Sukut saqlash va fano — jismu nafs ehtiyojlaridan batamom
qutulish ishqning zaruratidir, shuncha nola-fig‘oni, sarxushu oshuftaligi bilan bulbul buni qaydan
bilsin». Ha, shoir bu yerda oshiqlik ramzi, nafosat oshuftasi, ishqni yonib kuylovchi bulbul bilan
bahsga kirishgan. Bu qiziq, chunki Navoiyning bir qancha g‘azallarida bulbul xonishi madh etiladi,
lekin bu baytda u bulbul ishqning mohiyatiga tushunib yetmaydi, degan fikrni bayon etadi. Balki
boshqa ma’no bordir bu gapning tagida, balki shoir biror-bir mazhab aqidasini, biror-bir tariqat
peshvosining ko‘rsatmalarini tasdiqlayotgandir? Darhaqiqat, matlubga yetishish yo‘li faqat ohu nola
emas, fig‘on chekmay, zohiran sukutda bo‘lib, dardni elga oshkor qilmay, botinan ko‘ngilni
ma’rifatdan sarob etib, fano martabasini egallash ham mumkin. Masalan, Bahoviddin Naqshbandning
aqidasi shunday. (Bahoviddin Naqshbanddan siz samo’ga qanday qaraysiz, deb so‘raganlarida, u kishi:
«Mo inkor nakunemu in kor nakunem» — «Biz inkor qil-maymiz, ammo bu ishni qilmaymiz», deb
javob berganlar). Samo’ va zikrga berilmay, muayyan kasb bilan shug‘ullanib, odamlarni haqni
tanishga da’vat etgan darveshlarning yo‘li shuni taqozo etardi. Ulug‘ mutafakkir ramziy yo‘sinda
tariqat ahlining ikki toifasi sulukini taqqoslagan: tinch, xotirjam zikr bilan, ichki olamni taraqqiy
ettirib, haqqa yaqinlashuvchilar va samo’, raqs, qo‘shiq-kuy orqali muhabbatlarini ochiq izhor etuvchi
betoqat, bezovta odamlar. Shunday oshiqlik har doim ham fig‘onu nola emas ekan, «anjuman-da
hilvat» ko‘ruvchilarning botiniy ma’rifati, koshiflik yo‘lida o‘zgacha yonish, o‘zgacha fidoyi qat’iyat
bor. To‘rtinchi bayt mazmuni uchinchi bayt yuzasidan aytgan fikrimizni tasdiqlaydi.
Baytni keltiramiz:
Ul o‘tki o‘rtadi parvonani, hamul o‘tdin
Alisher Navoiy g‘azallariga sharhlar
Dostları ilə paylaş: |