Microsoft Word navoiy gazallariga sharhlar lotin ziyouz com doc



Yüklə 289,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/65
tarix02.01.2022
ölçüsü289,83 Kb.
#43144
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   65
E. Vohidov Navoiy gazallariga sharhlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 

13

buyuk jahoniy uyg‘unlik nuri navosidan, safo nashidasidan qoniqish muyassar bo‘ldi, endi Navoiy 



jonining ipini shu nurni yog‘diruvchi cholg‘uvchi asbobiga tor qilgin, ya’ni o‘sha buyuk nur rishtasiga 

ulab yuborgin». Yoki: «Ey ishq, mahbub jamolini ko‘rib, o‘zlikdan batamom xorij bo‘ldim — 

maqsadga yetdim, visol kuyi vujudimni og‘ushiga oldi. Endi Navoiyning jonini jonon nurining 

taramlariga bog‘la». Bu yerda shoir taxallusi bilan bayt mazmuni o‘zaro uyg‘unlashib, ajoyib so‘z 

o‘yini hosil bo‘lganini ko‘ramiz. Shu nuqtada shoirning har ikki taxallusi (Navoiy va Foniy) ma’no 

jihatidan bir-biriga yaqin ekanligi ham ma’lum bo‘ladi. 

Ulug‘ shoirning falsafiy mushohadasi mana shunday chuqur va qamrovli. Koinot va inson uning 

nazarida yaxlit bir butunlikni tashkil etadi, bir qonuniyat bilan boshqariladi. Inson bu qonuniyat 

sirlarini ruh kuchi, alohida hissiy tasavvurlar teranligi bilan bilib olishi darkor. 

Xullas, mazkur g‘azalda majoziy timsollar yordamida tasavvuf falsafasining bilish nazariyasi 

ifodalab berilgan: avval olamni bilish mushkulligidan qo‘rqib sarosimaga tushish, hayratlanish, keyin 

tashqi dunyo narsa-hodisalarini mushohada eta boshlash, zohiriy mushohadadan asta-sekin mohiyatni 

idrok qilishga o‘tish. Mohiyatning ulug‘vorligini his etib, ruhiy-tafakkuriy qoniqish tuyish. Bu jarayon 

uch bosqichga ajratilib, ilmul yaqin, aynul yaqin, haqqul yaqin degan maxsus terminlar bilan 

belgilangan. Yaqin — isbot talab qilinmaydigan shak-shubhasiz haqiqat. Ayn — chashma, ko‘z, har 

narsaning asli, zot. Tasavvuf nazariyotchilaridan Abdurazzoq Koshoniy bunday deydi: «filjumla, 

so‘fiylar aqidasiga muvofiq ma’naviyatni bilish uch xildir: ilmul yaqin, aynul yaqin va haqqul yaqin. 

Avvalgi holatda odam ma’lumni aqliy dalil, hujjat keltirish bilan dark etadi va ikkinchi holatda bilib 

olingan, isbotlangan ma’lumni mushohada etadi va uchinchi holatda haqiqatni dark etishga yetadi». 

(Abdurazzoq Koshoniy. Masobih-ul hidoya, 52-bet). Bu bamisoli quyosh shu’lasi va haroratini dalil 

keltirish bilan isbotlash (ilmul yaqin), quyosh jismini kuzatish bilan aniqlash (aynul yaqin) va quyosh 

vujudiniig musaffo nurdan iborat ekanini qalban idrok etishday (haqqul yaqin) gap. Qashiriy degan 

olim nazarida esa «ilmul yaqin — aql ahli uchun, aynul yaqin — ilm arboblari uchun, haqqul yaqin — 

oriflar uchundir». (Qashiriy. Kashf-ul mahjub, 497-bet). Demak, bu falsafiy qarashga muvofiq, haqiqat 

tajribadan oldin mavjuddir, mantiq kuchi bilan emas, balki his — ruh vositasi bilan, ya’ni intuitsiya 

yordamida bilib olinadi. Chunki haqiqat insonning o‘zining qalbida, ko‘ngil ko‘zgusida. Fahmlagan 

bo‘lsangiz, dunyoni bilishning bu usuli nemis olimi I. Kant (XVIII asr)ning «narsa o‘zida» va «aprior» 

(tajribadan avval mavjudlik) tushunchalari ostida rivojlantirgan falsafiy ta’limotga o‘xshab ketadi. Biz 

ham xuddi shuni ta’kidlamoqchi edik, ya’ni tasavvuf ba’zi tadqiqotchilar aytmoqchi bir din o‘rniga 

kelgan yangi, murakkablashtirilgan va mistik tuyg‘ularni qondirishga xizmat qiluvchi ikkinchi din 

emas, balki olamni bilishga yo‘l ochgan, shu sababli ham fikriy-hissiy mushohadakorlik, hur fikrlilikni 

yoqlab, insonni tadqiq etishga diqqat qilgan katta falsafiy oqimdir. Ana shu jihati bilan u dinga 

nisbatan olg‘a tashlangan muhim qadam bo‘ldi va bashariy tafakkur taraqqiyotiga shubhasiz ijobiy 

ta’sir ko‘rsatdi. Alisher Navoiyga o‘xshash gumanist mutafakkirlar uchun esa u inson tabiati va tiynati 

haqida, jamiyat, hayot voqea-hodisalari mohiyati to‘g‘risida o‘ylashga imkon beradigan qidirish-

izlanish, tayanch nuqtasi bo‘lib xizmat qilgan. Ulug‘ shoir buni birinchi devoniga kiritgan: 

Xarobot aro kirdim oshufta hol, May istarga ilgimda sing‘on safol, — deb yakunlovchi 

tarje’bandida ravshan bayon etgan. Tarje’bandni o‘qir ekanmiz, muallifning rozi dilidan ogoh 

bo‘lamiz, chunki u yoshligidan boshlab har xil ilmlarni o‘rgangani. har xil «sarguzasht»ni boshidan 

kechirib, dunyo va uning odamlari haqida ko‘p mulohaza yuritganini yozadi. Shohu sultonlar 

dabdabasi, shayhul islomu ulamo-umarolar, man-man degan donishmandlar suhbati uni qoniqtirmagan, 

ularning birortasi ham inson qarshisida paydo bo‘ladigan minglab savollarga javob berishga qodir 

emas edi. «Nazar ayla bu korgoh vaz’iga, ki ortar tamoshosida hayratim», deydi shoir. Olam mohiyati 

nimadan iborat, inson nega dunyoga keladi va yana nega ketadi? Nega inson zoti bir xil emas? 

Firibgarlik, qonxo‘rlik, riyo, yolg‘on qaerdan kelib chiqqan? Bu va bunga o‘xshash savollar Navoiyni 

hamisha qiynab kelgan. Na o‘zimning «Sa’i ila fikratim», «na kasbi ulum etti hal mushkulim», deb 

yozadi u. Yuragida har xil andeshalar, shubhalar kezgani, lekin zamona tafakkuri doirasidan batamom 



Alisher Navoiy g‘azallariga sharhlar 

 

 




Yüklə 289,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin