www.ziyouz.com kutubxonasi
472
nabirasi erdi, valiahd qildi...».
7. Xushang — Ajam podshohlarining to‘ng‘ich sulolasi — peshdo-diylarga mansub. Alisher
Navoiy «Tarixn muluki Ajam»da yozadi: «Xushang xiradmand va odil va olim podshoh erdi va
«Jovidi xirad» otlig‘ kitobni hikmat ilmida ul tasnif qildikim, Ma’mun xalifa vaziri Hasan Sahl andin
biror nima topib, arab tiliga tarjima qilibtur... Va temurni toshdan ul chiqardi... Yerga farsh ul soldi va
tulku va os tiyin terisin ul qiyarga qabul qildi... Doim tog‘larda ibodat qilur erdi. Tavorixda mundoq
masbatdurkim, devlar ani sajdada topib, tosh bila boshin yanchib o‘ltur-dilar».
8. Tahmuras — Peshdodiy shohlaridan biri. Alisher Navoiy «Tarixi muluki Ajam»da yozadi:
«Tahmuras otasi Xushangning chin valiahdi erdi, aning o‘rnida saltanat taxtida o‘lturdi va xaloyiq
rioyatag‘a va mamolik himoyatig‘a jidd bila mashg‘ul bo‘ldi. Va aning zamonida azim qahat voqe’
bo‘ldi... Va ro‘za tutmoq andin sunnat qoldi. Va ul bino qilg‘on shaharlar Marvda Kuhandiz va
Xurosonda Nishopur va Isfahonda Mahriz va Soriyya... Va aning zamonida qattiq vabo bo‘ldi. Har
kimning bir sevar kishisi bor ersa erdi, aning suratin yasab, aning bila xursand bo‘lur erdi, to butparast-
liqqa bunjar bo‘ldi. Va Tahmuras o‘ttuz yil mulk surdi».
9. Nashopur, Marv, Sipohon — qadimgi shaharlar.
10. Jamshid — Eronning qadimgi afsonaviy podshohlaridan biri. Alisher Navoiy «Tarixi muluki
Ajam»da yozadi: «Ba’zi ani Tahmurasning qardoshi debturlar va ba’zi qardoshining o‘g‘li. Chin
saltanatqa o‘lturdi, jahon mulkin adl va dod bila tuzdi... G‘arib ixtirolar qildi. Va ul jumladin sipohiylik
aslahasi... Sinon va harba va pichoq... ul yasadi. Va hammom bino qildi va g‘avvoslig‘ hayol qildi...
Va saltanatining zamoni yetti yuz yilg‘acha bo‘ldi... Zahhok (uni) tutib, arra bila ikki bo‘lub, jismin
pora-pora qildi».
11. Zahhok — Eronning afsonaviy podshohlaridan biri. Alisher Navoiy «Tarixi muluki Ajam»da
yozadi: «Zahhok binni Mardos chun Jamshid qatlidan so‘ng Pors taxtin oldi, zulmu sitam og‘oz qildi.
Faridun ani jazosig‘a yetkurdi. Zahhok saltanati ming yil erdi». Zahhok — Firdavsiy «Shohnoma»sida
ham tasvirlangan.
12. Faridun—afsonaviy peshdodiy podshohlaridan biri. Alisher Navoiy «Tarixi muluki Ajam»da
yozadi: «Faridun yaxshi axloqliq olim va odil podshoh erdi. Aning uch o‘g‘li bor erdi: ...Salim, Tur,
Eraj. Mamolikni uchovga qismat qildn. Faridunning podshohligi besh yuz yil erdi...».
13. Manuchehr— Eronning afsonaviy peshdodiy podshohlaridan. Alisher Navoiy «Tarixi muluki
Ajam»da yozadi: «Manuchehr Erajning qizining o‘g‘li erdi... Va ul odil podshoh erdi. Firot orig‘in ul
qozdi va Iroqqa suv eltti... Va ko‘prak dehqonlig‘ ziynatu zebin ul arog‘a keturdi... Manuchehr yuz
yigirma yil podshohlig‘ qildi».
14. Nuvdar—qadimiy Eronning peshdodiylar sulolasiga mansub podshoh. Alisher Navoiy «Tarixi
muluki Ajam»da u haqda: «Nuvdar Manuchehrning o‘g‘lidir. Otasidan so‘ngra mulk anga yetti. Ammo
ul ayyosh va beparvo kishi erdi. Manuchehr qo‘yg‘on qoida pa rusmni tuza olmadi va mulk va
sipohig‘a xalal yo‘l topib, Afrosiyob-cherik tortib kelib, ani tutub o‘lturdi. Va o‘n nkki yil Eron
mulkida turub, buzugluq qildi. Va ul nav’kim. oz yerda obodlig‘ qoldi. Ba’zi taporixda Nuvdarni Sehri
Narimon debturlar. Va podshohligii ba’zi olti yil va ba’zi ikki yil debturlar», deb yozadi.
15. Afrosiyob — qadimgi Eronning peshdodiylar sulolasiga mansub shoh. Alisher Navoiy «Tarixi
muluki Ajam»da uning haqida kuyidagilarni yozadi: «Ani debturlarkim, Pushang binni Tur binni
Faridun o‘g‘lidir va ba’zi aning nisbatin Kayumarsg‘a yetkurubturlar. Ammo burungi (binni Faridun
— T. L.) durustroqdur. Chun Nuvdarni o‘lturdi, eron mulkini andoq buzdiki, oz yerda ma’murluq
qoldi, yig‘ochlarni kesti va imoratni yiqti va korizlar bila bulog‘larni ko‘mdi. Va ul fursatda Somi
Narimon o‘tub, o‘g‘li zol Rustam otasi aning ta’ziyatig‘a mashg‘ul erdi, Zol ul kuchi bila sipoh orosta
qilib, ani Eron mulkidin chiqrdi. Ba’zi debturlarkim, Zob binni Tahmosbkim, Manuchehr
nabiralaridandur, xuruj qilib, ul aning bila urushur yarog‘in topmay, yuz urub o‘z mulkiga azimat qildi.
Afrosiyob podshohlig‘i o‘n ikki yil erdi».
16. Zob Tahmosb — qadnmny Eronning peshdodiylar sulolasiga mansub podshoh. Alisher Navoiy