Alisher Navoiy.
Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
468
1. «Ikingizdan madad»—Sharqda mashhur xamsanavislar Nizomiy va Xusrav Dehlaviylar ko‘zda
tutiladi. Il’yos Yusuf o‘g‘li Nizomiy Ganjaviy 1141 yilda Ganj shahrida tug‘ilgan. 1203 yilda vafot
etgan, shoirning qabri ham shu yerdadir. Ulug ozarbayjon shoiri Nizomiy lirika va birinchi navbatda
dostonnavislikda ulug‘ san’atkordir. Nizomiy Sharq adabiyotida to‘ng‘ich
xamsanavis sifatida shuhrat
topgan. Shoirning «Xamsa»si «Maxzanul-asror» («Sirlar xazinasi»), «Xusrav va Shirin», «Layli va
Majnun», «Haft paykar» («Yetti go‘zal») va «Iskandarnoma» kabi dostonlarni o‘z ichiga oladi.
Nizomiy «Xamsa»si, o‘z navbatida, «Panj ganj» nomi bilan ham ma’lumdir. Alisher Navony
Nizomiyning bu asarini ko‘pincha «Panj ganj» deb tilga oladi. Xusrav Dehlaviy —
atoqli fors-tojik
shoiri. Hayoti Hindistonda kechgan. Yaminiddin Abul Hasan Xusrav Dehlaviy 1253 yilda tug‘ilgan,
1325 yil 27 sentyabrda Dehlida vafot etgan.
Xusrav Dehlaviy fors, urdu va arab tillarida asarlar bitgan. Nizomiy «Panj ganj»i an’anasi asosida
«Xamsa» yaratgan shoirdir. Xusrav Dehlaviyning otasi Sayfiddin Muhammad Kesh (Shahrisabz)lik
bo‘lib, mo‘g‘ullar istilosi vaqtida Hindistonga ko‘chib ketgan edi. Dehli
sultonlaridan Shamsiddin
Eltutmish (1211— 1236) unga amirlik unvonini bergan. Sayfiddin Muhammad mo‘g‘ullarga qarshi
Hindistondagi janglarning birida halok bo‘lgach (1261), yosh Xusravni bobosi Imodul-mulk
tarbiyalaydi. U 8 yoshida shayx Nizomiddin Avliyoga murid tushadi.
Xusrav Dehlaviy keyinchalik
shayx— ustoziga bag‘ishlab «Afzal ul-favoid» («Foydali so‘zlarning afzalligi) va «Rohat ul-
muhibbin» («Do‘stlikning rohati») kabi asarlarini yozgan.
Amir Xusrav Dehlaviyning «Tuhfat us-sig‘ar» («Yoshlik tuh-fasi», 1272), «Vasat ul-hayot»
(«Hayot o‘rtasida», 1284), «G‘urrat ul-kamol» («Kamolotning boshlanishi», 1293), «Boqiyat un-
nohiya» («Saralarning sarasi», 1316), «Nihoyat ul-kamol» («Kamolot cho‘qqisi, 1323) kabi devonlari
bor.
U «Qiron us-sa’dayn» («Saodatli sayyoraning qo‘shilishi», 1289), «Miftoh ul-futuh» («G‘alabalar
kalidi», 1291), «Matla’ ul-anvor» (1299), «Shirin va Xusrav» (1298), «Majnunu Laylo» (1298),
«Oyinai Iskandariy» (1299), «Hasht behisht» («Sakkiz jannat», 1301) kabi epik asarlarning muallifidir.
Uning «Xamsa»si yuqorida nomlari tilga olingan keyingi besh dostondan iboratdir.
Xusrav Dehlaviy «Xazoyin ul-futuh» («G‘alabalar xazina»si, 1311), «Duvalroniy va Xizirxon»
(1316), «Nuh sipehr» («To‘qqiz qavat osmon». 1318), «Tug‘luqnoma» va «Tarixi Dehli» kabi tarixiy
besh risoladan iborat «E’jozi Xusrav» («Xusrav mu’jizalari», 1319)
nomli ilmiy asarlarning ham
muallifidir. Badiuzzamon Xurosoniyning yozishicha: «Shoirlardan hech biri o‘zidan keyin Amir
Xusravchalik ko‘p she’r qoldirmagan» (O‘zSE, 12 tom. T. 1979. 406— 407-betlar).
2. Xizr—afsonaga ko‘ra, «obi hayvon» (tiriklik suvi)ni izlab topgan va undan ichib,
abadiy tirik
bo‘lgan payg‘ambar. Navoiy Nizomiy va Xusrav Dehlaviylarning o‘ziga Xizrdek rahnamo
bo‘lishdarini istaydi.
3. Yoshlikdan Nizomiy va Xusrav Dehlavny asarlarini sevib o‘qigan Navoiyda ulardan olingan
taassurot katta-katta asarlar yaratish fikrini o‘ng‘otganligi bu baytda e’tirof etilgan.
4. To‘rt oromgoh —«Xamsa»ning dastlabki to‘rt («Hayratul-abror», «Farhod va Shirin», «Layli va
Majnun», «Sab’ai sayyor») dostonlaridir.
5. Bir, ikki, uch kishi — Nizomiy, Xusrav va Ashraf.
6. Qorun — afsonaviy obraz. Katta boylikka ega bo‘lgan.
7. Skandar —
Iskandarning, vazn talabiga ko‘ra, qisqartirilgan shakli.
VI
1. Alisher Navoiy adabiyotnnng asosiy materiali bo‘lgan so‘zga katta e’tibor bergan. NAVOIY
«so‘z»ni o‘z asarlarida ko‘p na’noda ishlatadi. U «so‘z» terminn ostida insoniyatning hamma ma’navii
boyligini — alohida ijtimoiy kategoriya bo‘lgan tilni ham, ideologiya formalaridan
hisoblangan falsafa