Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə235/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
465
Qo‘pu, shukr qil Tengri ehsonig‘a, 
Bu tavfiqi behaddu poyonig‘a». 
O‘pub yerni, qo‘ydum chu tashqori gom
Degaysen: mening erdi olam tamom! 
Manga «Xamsa» takmili bir yon edi, 
Bu maqsud tahsili bir yon edi. 
Ne til birla dey shukr Ma’buduma 
Ki, yetkurdi oxir bu maqsuduma. 
Bu damkim, beribtur murodimni Haq, 
Ul avloki, toq uzra qo‘ysam varaq. 
Farog‘at bila inbisot aylasam, 
Tuzub bazm, bir dam nishot aylasam. 
Ayoqchi, to‘la ayla jomi farog‘ 
Ki, ko‘p fikrdin yubs topmish dimog‘
31

Ki, ko‘z lam’asidin munavvar qilay, 
Dimog‘im isidin muattar qilay. 
Mug‘anniy, so‘zum tingla oxir gahi, 
Hazin nag‘mae soz qil xirgahi. 
Bir ohang ila aylagil romishe 
Ki, yetgay manga bir dam oromishi. 
Navoiy, qilib Tengri koming ravo, 
Sanga ro‘zi etti ajoyib navo. 
Uzot Tengri shukri navosig‘a til, 
Navo ortuq istar esang, shukr qil! 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
466
ShARH VA IZOHLAR 
«Saddi Iskandariy» dostonining ilmiy-tanqidiy matni 60-yillar boshida o‘zbek matnshunos olimi 
P. Shamsiev tomonidan tuzilgan edi. Ammo qandaydir sabablarga ko‘ra, matn chop etilmagan. Matnda 
so‘z boshi va ilmiy izohlar mavjud emas. Hozirda mazkur matn O‘zbekiston Fanlar akademiyasining 
Hamid Sulaymonov nomidagi Qo‘lyozmalar institutn arxivida saqlanadi. 
Keyingi yillarda navoiyshunoslik fani Alisher Navoiy asarlarining shoir hayotligida va uning 
vafotidan birmuncha vaqt o‘tgach ko‘chirilgan qadimiy, nodir nusxalar bilan boyidi. Jumladan, 
Anglpyaning Bodleyan kutubxonasida saqlanayotgan Badiuzzamon uchun ko‘chirilgan miniatyurali 
«Xamsa» nusxasi Abdujamil nusxasndan «yosh» jihatdan faqat olti oygagina farq qiladi va u 
Navoiyning bevosita homiyligi ostida ko‘chirilgan. 
Turkiyaiing «To‘pqopi» muzeyida saqlanayotgan Istanbul kulliyoti ham Navoiyning nazari 
tushgan tabarruk nusxalardan. Shuningdek, Parij kulliyoti, Qo‘lyozmalar instituti fondida 
saqlanayotgan XVI asr «Xamsa»si ham shu davrning nodir yozma yodgorligi sifatida alohida ahamiyat 
kasb etadi. Ana shu qo‘lyozmalarni manbashunoslik va matnshunoslik nuqtai nazaridan atroflicha 
o‘rganib ilmiy istifodaga olib kirish hamda hurmatli domlamiz matnlari tuzilgandan buyon o‘tgan 
chorak asrdan ziyod vaqtni nazarda tutib Qo‘lyoz-malar instituti ma’muriyati va ilmiy sovetining 
maslahati bi-lan filologiya fanlari nomzodi Mavjuda Hamidova dostonning mukammal ilmiy-tanqidiy 
matnini tuzib chiqdi. Matnga yuqorida zikr etilgan, hozircha dunyo fondlarida eng qadimiy deb 
hisoblangan XV—XVI asrdagi olti qo‘lyozma va P. Shamspev matnlari — jami yetti qo‘lyozma asos 
bo‘lgan. 
Dostonning hozirgi chop etilayotgan nusxasi M. Hamidova temonidan tuzilgan ana shu ilmiy-
tanqidiy matn asosidadir. Navoiy (Navoyi) taxallusining yozilishi xususida hali bir to‘xtamga 
kelinmaganligini ko‘zda tutib uni ilgarigi nashrlar holida qoldirildi. 
Ilmiy kommentariyali izohlarni filologiya fanlari nomzodi Toshpo‘lat Ahmedov tuzgan. 
Ushbu amalga oshirilgan nashrda dostonning litografik hamda turli vaqtlarda chop etilgan 
nusxalaridan ham foydalanildi; 
a) «Saddi Iskandariy», Uzpoligrafkombinat, Toshkent, 1941; 
b) «Xamsa», Qisqartirib nashrga tayyorlovchi S. Ayniy, O‘zdavgashr, Toshkent, 1947; 
v) «Saddi Iskandariy», Uzbekiston Davlat nashriyoti, Toshkent,1949; 
g) «Xamsa», «Fan» nashriyoti, Toshkent, 1960; 
d) «Saddi Iskandariy», Badiiy adabiyot nashriyoti, Toshkent,1965; 
e) «Saddi Iskandariy». Nasrga aylantiruvchi Inoyat Mahsumov, G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot 
va san’at nashriyoti,Toshkent,1978; 
yo) «Saddi Iskandariy» (nasriy bayoni bilan). Toshkent, G‘. G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa 
birlashmasi. 1991. 

1.Ushbu hamd bobida xudoning sifatlari haroratli misrlarda vasf etiladi. 
2.Tasavvufga asoslangan bu baytda «vujud», «jud» (birinchi misra) «jud», «vujud» (ikkinchi 
misra) so‘zlari keltirilib, radd-ul-ajz mina-s-sadr san’ati ishlatilgan. 
3.G‘azzoliyning to‘liq nomi Imom Abu Hamid ibn Muhammad bo‘lib, u Xurosonning Tus shahrida 
450 (1058/59) yilda tug‘ilgan. U dastlabki ma’lumotni Tusda oladi, so‘ngra Nishopurga boradi. Bir 
qancha vaqt saljuqiylardan Nizomul-mulk xizmatida bo‘ladi va shu vaqtdan boshlab din va tasavvuf 
falsafasi bilan shug‘ullandi. U Nizomul-mulk topshirig‘iga ko‘ra, Bag‘doddagi Nizomiya madrasasida 
to‘rt yil ishlaydi. Keyincha bu vazifani ukasi Ahmadga topshirib. o‘zi ilmiy ish bilan chuqur 
shug‘ullanadi. Uning yirik asarlaridan biri «Kimiyoyi saodat»da olimning diniy va falsafiy qarashlari 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin