Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə232/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
459
Taaddudda muhtoji tafsil erur, 
Vale bo‘lsa tafsil, tatvil erur. 
Bori dastbusig‘a toptim sharaf, 
Olib yondilar meni kelgan taraf. 
Anga tegrukim shayxu payrav edi 
Ki, ya’ni Nizmoiyu Xusrav edi. 
Yana bir bizing piru maxdum ham, 
Qo‘pub urdilar ilgarirak qadam. 
Bu iki yurub Shayxdin ilgari, 
Yugurdum meni xasta ham ul sari. 
Qo‘lum tutti pir ixtiyori bila, 
Ko‘rushturdi hamrohu yori bila. 
Ko‘zumdin to‘kub qatra yog‘in dog‘i, 
Iligin ham o‘ptum, ayog‘in dog‘i. 
Tutub Jomiyu Xusrav iki qo‘lum, 
Nizomiy sari boshladilar yo‘lum. 
To‘kub ashk – mendek asiri g‘ame, 
Vale har qo‘lumg‘a tushub olame. 
Vale men bo‘lub garchi o‘zdin nihon, 
Kirib iki ilgimga iki jahon. 
Manga Shayx birla ko‘rushmak hamon, 
Muborak ayog‘ig‘a tushmak hamon. 
O‘pub tufrog‘ini to‘kub seli ashk
Ki, andin yebon to‘quz aflok rashk. 
Boshim yerdin olib inoyat qo‘li, 
Qilib jilvagohim hidoyat yo‘li. 
Yonib tutti yerlik yerida qaror, 
Meni lek bexud qilib iztiror. 
Chu Shayxu iki yori
28
topti sukun, 
Turub men niyoz ichra qaddim nigun. 
Julus ichra yetti bashorat manga 
Ki, ollinda qildi ishorat manga. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
460
Chu bo‘ldi manga hukmi birla nishast, 
Niyoz etti jismimni tufroqqa past. 
Talattuf bila Shayxi oliy maqom, 
Mening sori bunyod qildi kalom. 
Burun so‘rdi holimni shafqat bila, 
Yer o‘ptum javobida hurmat bila. 
Yana dedi: «K-ey olam ahlida fard, 
Falak tab’inga kelmayin hamnavard. 
Sipehr aylab el ichra nodir seni, 
Jahon nazmi tavrida qodir seni. 
G‘azal tavrida chunki qilding xirom, 
So‘z ahlig‘a so‘z derni qilding harom. 
Tutub erdi nazming jahon kishvarin, 
Jahon kishvarin yo‘qki, jon kishvarin. 
Bu dam masnaviyg‘akim aylab shitob, 
To‘kaboshlading xomadin durri nob. 
Ajab ish bu ishda sanga berdi dast 
Ki, el nazmig‘a berdi nazming shikast 
Ki, qilding so‘z ichra tatabbu’ manga, 
Ne istarda etting tazarru’ manga 
Ki, men «Xamsa»da aylab erdim vaid 
Ki: «Har kimki, ayturg‘a tutsa umid, 
Qilay tig‘i burron so‘zum dosidin, 
Uray boshin ul tig‘ olmosidin». 
Ko‘p el ochti da’vog‘a so‘z boshini, 
Bu da’vo aro qo‘ydi o‘z boshini. 
Chu ko‘rguzdi farzand Xusrav niyoz, 
Niyozi bila topti ul ganji roz. 
Yana bir, iki, uch gadolig‘ bila, 
Nasib oldilar benavolig‘ bila. 
Magar senki bu yo‘lg‘a qo‘yg‘och qadam, 
Vujudung xayolini qilding adam. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin