www.ziyouz.com
kutubxonasi
455
O‘zung tinmayin xalq g‘avg‘osidin,
Qulog‘ing xaloyiq alolosidin.
Bu mehnatlar ichra chekib so‘zga til,
Zamondin kamo besh o‘tub iki yil.
Chekib xoma bu noma itmomig‘a,
Yeturgaysen og‘ozin anjomig‘a
Ki, aqli muhosib shitob aylasa,
Deyilgan zamonin hisob aylasa.
Yig‘ishtursa bo‘lmas bori olti oy
Ki, bo‘ldung bu ra’nog‘a suratnamoy
14
.
Tuzaldi bu nazming base sarsari,
Yana turki alfoz anga bir sari
Ki, har nechakim diqqati bordur,
Talaffuz aro laknati bordur.
So‘zungniki yaxshi ko‘rarsen o‘zung,
Ko‘runmas yomon, chun erur o‘z so‘zung.
Qoshingda sening garchi ko‘p vazni bor,
Chu bor o‘z so‘zung, yo‘q anga e’tibor
Ki, so‘z zodai tab’u farzand erur,
Chu farzand erur, jong‘a payvand erur,
Necha zodai tab’ erur nopisand,
Kishining o‘z ollida bor arjumand.
Necha bum farzandi manhusdur,
O‘z ollida xushjilva tovusdur.
Kanab shoxi yo‘q garchi xoshokcha,
Qalandarg‘adur sarvi cholokcha
15
.
So‘zungkim, sanga keldi holo pisand,
Pisand erkin el ichra yo nopisand.
Ne bo‘lg‘ay ko‘rub piri koshif
16
meni,
Bu ahvoldin qilsa voqif menig‘
Burun aytqonlar dog‘i bu kitob
Ki, chekmish ajal yuzlariga niqob
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
456
Ki, jannat riyozida har birga ruh,
Umid ulki, har lahza topqay futuh.
Alar ruhig‘a to ne surat ekin,
Safo ravhimu yo kudurat eking‘
Bu ishtin dog‘i piri ravshanzamir
17
,
Meni barxabar qilsa, o‘zni xabir.
Urub gom mundoq xayolot ila,
Dimog‘imda savdo maholot ila.
Ki, yettim angakim erur maqsadim
Ki, har dam demakka otin yo‘q hadim.
Niyoz aylayu ostonin o‘pub,
Biyik suddai charxshonin o‘pub,
Chekib «Xamsa»ni juzvdondin ravon,
Qo‘yub xizmatida meni notavon.
Necha ganjkim oshkor aylabon,
Ayog‘ig‘a borin nisor aylabon.
Safinam chu azm etti daryo sari,
Uzatti kafin bah rul ajzo sari
18
.
Nazar soldi ochib varaq-barvaraq,
Bo‘lub multafit, chun ochib har varaq.
Qayu so‘zdakim bir savol aylabon,
Javobin degach, zavqu hol aylabon.
Qilib goh tahsinu gohi duo
Ki, yuzdin biri yo‘q manga muddao.
Etib har so‘zidin kushode manga,
Bo‘lub hosil andin murode manga.
Musalsal kalomimdin og‘zida so‘z,
Men ollinda yerga tikib iki ko‘z.
So‘zum ochibon bo‘stondek engin,
Qilib lutf, egnimga soldi yengin.
Qayu yengki, gardung‘a solsa ani,
Muhaddab yuzin aylagay munhani
19
.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: |