Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə229/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
453
Chu qildim qalam no‘gini nuktabez, 
Qila boshladi no‘gidin ganjrez. 
Chu «Hayrat»qa soldim ko‘ngul rag‘batin, 
Anga g‘olib ettim ulus hayratin. 
Chu «Farhod»g‘a bo‘ldum andeshavar, 
Tuz ettim base tog‘ – o‘lub teshavar. 
Chu «Majnun» hadisig‘a tuzdum funun. 
Base xalqni qildi shaydo junun. 
Yana «Sab’a»g‘a tab’im o‘lg‘och qarin, 
Yeshittim yeti charxdin ofarin. 
Skandarga til tortib ozar kibi
Dedim oni «Saddi Skandar» kibi. 
Tanosub bila aql nomovari 
Dedi otini «Saddi Iskandariy»
10

Chu bo‘ldi bu mahvashlar orosta, 
Hamul nav’kim, sarvi navxosta. 
Dema sarv, har bir riyozi bihisht, 
Eli xosiyatda Masihosirisht. 
Latofat aro yuz bihishti barin
Ravon har biri ichra ming huri iyn. 
Bu besh ganjnikim kushod ayladim, 
Varaq uzra oni savod ayladim. 
Savodin solib juzvdonim
11
aro, 
Dema juzvdonimki, jonim aro. 
Aning sori
12 
bo‘ldi ko‘ngul rag‘bati 
Kim, erdi madadkor aning himmati. 
Madadkor yo‘q, amr etguchi ul, 
Ne ish tushsa, g‘avrumg‘a yetguchi ul. 
Borur erdim aylarga arzi niyoz, 
Ish itmomini qilmoq ifshoi roz. 
Zamirimda lekin xayolot edi 
Ki, bu ish husuli ajab bot edi. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
454
Ulug‘larki sabti bu harf ettilar
Uzun umrlar anda sarf ettilar: 
Nizomiyki nazm ahli ustodidur, 
Aning tab’i so‘z jinsi naqqodidur 
Ki, bu ganjlardur mato’i aning, 
Mato’i nekim, ixtiro’i aning. 
Hamonoki eldin kanori tutub, 
Yarim qarn zahmat chekib, qon yutub. 
Topa oldi besh ganj miftohini, 
Yana oncha vaqt etti islohini. 
Chu bir qarn davr etti charxi mudir, 
Chiqordi bu a’jubai dilpazir. 
Necha tojvardin topib parvarish, 
Ishi bu o‘tuz yilda erdi bu ish. 
Ne el mehnatidin malole anga
Ne bu ishdin o‘zga xayole anga. 
Chiqorib riyozatda qirq arba’in, 
Bu besh ganj rozig‘a bo‘ldi amin. 
Yana Xusrav ul turki hindi laqab 
Ki, so‘z birla oldi Ajam to Arab. 
Kushod aylaguncha bu mahkam hisor, 
Base aylab afsonada ixtisor
13

Necha vaqt aning ham ishi bu edi 
Ki, fikratqa zonu-bazonu edi. 
Zamon xud o‘tuz yilg‘a andoz emas, 
Agar nisf emas, sulsidin oz emas. 
Yana kimki bo‘ldi buyon rahshunos, 
Bo‘lur qilmoq oni bulardin qiyos. 
Sangakim yo‘q emgakda g‘oyat padid, 
Ulus mehnatida nihoyat padid. 
Qilib tongdin oqshomg‘acha qiylu qol
Yuzungga yetib har nafas yuz malol. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin