Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə228/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
451
Ne der so‘zki, ko‘nglum aro bor edi, 
Meni chunki gung etti, borin dedi 
Ki: «Go‘yo pishurgan xayoling budur, 
Qila olmasingdin maloling budur». 
Chu bu xastadin qildi tasdiq fahm, 
Anga xud bu hol erdi tahqiq fahm. 
Ishim butmagiga duo ayladi
Bori hojatimni ravo ayladi. 
Dedikim: «Bu bir ish edi qilg‘uluq, 
Bu aytilmag‘on nukta aytulg‘uluq. 
Bu soatqa mavquf erdi ekin, 
Bu dam Tengri tavfiq berdi ekin. 
Agarchi yetishti malolat sanga, 
Vale oxir o‘ldi havolat sanga 
Kim, ul ganjlar boshig‘a yetgasen, 
Tilismotini dog‘i fath etgasen 
Ki, har necha qilduq nazar dahr aro, 
Qiyos ayladuk vodiyu shahr aro. 
Yo‘q atrok aro birda oncha bilik 
Ki, bu nav’ ulug‘ ishga urg‘ay ilik. 
Ne atrokkim, ham ajam, ham arab, 
Ko‘rarlar bu ishni ajabdin ajab. 
Kerak dahr ahlig‘a o‘n kun jadal 
Ki, besh baytdin bog‘lag‘ay bir g‘azal. 
Baso masnaviygo‘yi nozuk xayol 
Ki, nazm ahli ichra solib qiylu qol. 
Xaloyiqqa yuz husnu noz aylagay 
Ki, o‘n yilda ming bayt soz aylagay. 
Chiqorg‘on zamon ul nav’ oyin savod 
Ki, olamda yo‘q bo‘yla rangin savod. 
Savodig‘a har kimki ko‘z solibon, 
Qaro shomi mehnat aro qolibon. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
452
Ne zulmatki, yo‘q obi hayvon anga
Qayu tunki, yo‘q mehri raxshon anga. 
Agar dahr aro sepsa mushki tator, 
Ko‘ngulni qilur tiyrayu ko‘zni tor. 
Bu besha arodur iki narra sher, 
Bu bahr ichra iki nahangi daler. 
Anga kirgali sheri jangi kerak, 
Munga ham dilovar nahangi kerak
9

Sen-o‘q sen bukun chobukandishae 
Daqoyiq aro nozukandishae 
Ki, so‘z tavri keldi sening shoninga, 
Bo‘lub xatm tab’i durafshoninga. 
Musallam so‘zunga ravonliq dog‘i, 
So‘z ichra sanga pahlavonliq dog‘i. 
Ravon kilkinga oncha bor e’timod 
Ki, so‘z derda shaqqig‘a bersa kushod. 
Ravon aylagay oncha obi hayot 
Ki, to‘yg‘ay Xizr suyidin koinot. 
Bu ish chunki bo‘lg‘ay muqarrar sanga, 
Umid ulki bo‘lg‘ay muyassar sanga. 
Qo‘p emdi, ishingning xayolida bo‘l, 
Xayol ahli zebi jamolida bo‘l 
Ki, sendin bu shug‘lungda hushyorliq, 
Duo birla bizdin madadkorliq». 
Eshitgach bu so‘zlar meni notavon, 
O‘luk jismima kirdi go‘yo ravon. 
Bo‘lub jon berur sirrining ogahi
Topib nutqum anfosi Ruhullahi. 
Yer o‘ptum, dog‘i yo‘lg‘a azm ayladim, 
So‘z ayturni ko‘nglumga jazm ayladim. 
Kelib xilvatim ichra yuz kom ila, 
Yo‘nub xoma no‘gini orom ila. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin