Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə231/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
457
Chu egnimga ul qo‘l bila yeng yetib
Zamirimdin o‘zluk xayoli ketib. 
Chu o‘zluk ketib, yuzlanib holate 
Ki, o‘zdin o‘zumga bo‘lub g‘aybati. 
O‘zumdin hamul damki g‘oyib bo‘lub, 
Manga jilvagar ko‘p g‘aroyib bo‘lub. 
Ko‘rub o‘zni bir toza bo‘ston aro, 
Qilib gasht bog‘u guliston aro. 
Nazohat kelib ravzamonand anga, 
Yeram soyiri orzumand anga. 
Chamandin chamang‘a men aylab xirom, 
Aningdekki el tavfi Baytulharom
20

Ko‘rundi bu holatda jam’i kasir
21

Urub halqa, suhbat tutub dilpazir. 
Alardin birov keldi ul yonki men
Chamanda aningdek xiromonki men. 
Manga yetti, bor erdi shoirvashe, 
Jamoli xushu hay’ati dilkashe. 
Salom aylabon, marhabo ayladi, 
Risolat tariqin ado ayladi. 
Ki: «Bu farruxoyinu farxunda xayl, 
Qilurlar dame ixtilotingg‘a mayl»
22

Qabul aylayu, solib ul yon qadam
O‘zin dog‘i so‘rdum, hamul elni ham. 
Dedikim: «Alar zumrai ma’naviy, 
Guruheki nazm ettilar masnaviy. 
Xususan alarkim erur «Xamsa»sanj 
Ki, har birdur ul «Xamsa»din koni ganj. 
Erurlar bu majma’da hozir bori, 
Sening sori mushtoqu nozir bori. 
Chu so‘rdung meni, ey hadising qaviy, 
Hasandur otim, xalq deb – Dehlaviy
23



Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
458
Eshitgach bu so‘z, jismima tushti tob, 
Sarosima ko‘nglumga ham iztirob. 
Qo‘lub uzr, quchtum yana ustuvor, 
Qadam qo‘ydum ul sori mushtoqvor. 
Borurda Hasan aytib otin manga, 
Qilib har birin boshqa talqin manga 
Ki, uch kimsadur sadri majlisnishin, 
Qilib sharh bir-bir alarning ishin. 
Ki: «O‘rtodag‘i piri farruxjamol 
Ki, vasfida keldi xirad nutqi lol, 
Erur hazrati Shayx
24
, ogoh bo‘l! 
Niyoz aylabon xoki dargoh bo‘l. 
O‘ng ilgi sori anga payravdurur, 
Jahon ofati – Mir Xusravdurur. 
Yana bir yon ustodu piring
25
sening, 
Raqamxoni lavhi zamiring sening 
Ki, bu xayl erur jismu ul jonlari
Agar jon bular bo‘lsa, jononlari. 
Yana iki yondin bu qavm-o‘qdurur, 
Kishi yo‘qki, bu bazm aro yo‘qdurur. 
Ko‘rushgil bori birla, hurmat bila, 
Daler o‘lmag‘il so‘zda – jur’at bila». 
Qabul aylabon men, nekim aytib ul 
Ki, qat’ o‘ldi ko‘prak bu majma’g‘a yo‘l. 
Dog‘i yuz qaricha masofat qolib 
Kim, ul bazm eli qo‘ptilar qo‘zg‘olib. 
Manga o‘tru kelmakka aylab sitez, 
Solib men alar sori gomimni tez. 
Debon bir-bir ul xayl otin rahbarim
26

Ko‘rushmakka dog‘i bo‘lub yovarim. 
Chu Sa’diyu, Firdavsiyu, Unsuriy, 
Sanoiyu, Xoqoniyu, Anvariy
27



Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin