Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə234/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
463
Chu farzand Xusrav duo aylagay
Aning komini Haq ravo aylagay. 
Dengiz borcha «omin» dilu jon bila, 
Duo qildik ul chashmi giryon bila». 
Yeshitgach qo‘pub borcha minnat tutub, 
Deb «omin»u shoh sori himmat tutub. 
Suxanvar qo‘pubkim duo boshladi
Duosig‘a mundoq ado boshladi 
Ki: «Yo Rabki, to olam o‘lg‘usidur, 
Ichinda bani Odam o‘lg‘usidur. 
Kirib tahti hukmig‘a olam dog‘i, 
Bo‘lub bandasi jinsi odam dog‘i. 
Qiyomatqacha davlatig‘a bisot, 
Hamisha bisotida ayshu nishot. 
Jahon ahli adlida osudahol, 
Bataxsiskim, ahli fazlu kamol». 
Duo xatm bo‘lg‘och tushurdi ilik
Yo‘q ul, balki majmui ahli bilik. 
Duokim, ul ahli savob aylagay, 
Ajab yo‘qki, Haq mustajob aylagay. 
Tugangach duo, ayladim iltijo, 
Qo‘yundin chekib «Xamsa»ni jo-bajo. 
Solib tiyra tufroq aro yig‘labon, 
Bu yanglig‘ tuzub mojaro, yig‘labon 
Ki: «Bu zodai xotiri xastani, 
Ko‘nguldin takallumg‘a payvastani 
Ki, himmat tutub ehtimom ettingiz
Demasmenki men, siz tamom ettingiz. 
Karam birla tufrog‘din ham oling, 
Inoyat qilib bir nazar ham soling 
Ki, el xotirig‘a nuzul aylasun, 
Ulus ko‘ngli oni qabul aylasun». 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
464
Ravon Shayx oldi bu iblog‘din, 
Garonmoya naqdimni tufrog‘din. 
Boqib Mavlaviy
30
sori qildi ruju’ 
Ki: «Sen qil duo, zohir aylab xushu’ 
Ki, qoyil erur so‘nggi farzandimiz, 
Bilik mazra’idin barumandimiz. 
Bularkim aning zodu payvandidur, 
Bori bizga farzand farzandidur. 
Sanga ham chu shogird erur, ham murid, 
Duosini sendin tutarbiz umid». 
Chu Maxdum topti duo sori yo‘l, 
Yana ochtilar borcha oming‘a qo‘l. 
Duoeki ko‘nglumga matlub edi, 
Muhavvis zamirimg‘a marg‘ub edi 
Qilib, ayladilar bu mahzunni shod
Manga chunki yuzlandi mundoq murod. 
Sujud ettim ul xayli ogohg‘a, 
Dedilar: «Degaysen duo shohg‘a». 
Bu so‘zdin bo‘lub o‘zgacha holatim, 
O‘zumga kelib, bordi ul g‘aybatim. 
Ko‘rarmen, hamul hujrada pir erur, 
Janobida holimg‘a tag‘yir erur. 
Bu dam go‘yo egnimdin olmish qo‘lin 
Ki, bu sori solmish xayolim yo‘lin. 
Hamul ollida boshim erdi quyi, 
Oqar erdi tufroqqa ashkim suyi. 
Dedi lutf ilakim: «Ne nav’ erdi hol», 
Yana boshni qildim anga poymol. 
Dedim: «Ulcha men xastaga hol erur
Aning sharhida notiqa lol erur». 
Dedi: «Ulcha bu dam sanga berdi dast, 
Yana kimsaga bermamish erdi dast. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin