Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə225/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

LXXXVII 
 
HIKMAT 
Ul bobdakim, mashvaratda deguchiga mulohaza qilmay deyilgonni ko‘ngulga jilva bermak kerak va 
sochilg‘on javohirdin munosibni termak kerak 
Xiradmandkim, sohibi roy erur, 
Xirad nuridin olamoroy erur. 
Anga mushkil ish tushsa bir bobdin, 
Tilar mashvarat xayli ahbobdin. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
445
Alarning agar royi soyib esa, 
Va gar fikrida yuz maoyib esa. 
Chu sarrishtai g‘ayb ravshan emas, 
Qayu soyib erkan, muayyan emas. 
Biri aql ila tushsa xotirpisand 
Ki, qilsa nekim bo‘lsa hozir, pisand. 
Begonsa anga aql bo‘lg‘och hakam, 
Qilurg‘a qo‘yar hikmat ahli qadam. 
Vale g‘ayb ilmi chu masturdur, 
Ish o‘ng kelmasa kimsa ma’zurdur. 
Vale mashvaratda adad kasrati, 
Berur bu natijaki el fikrati. 
Taxayyul aro borcha bir nav’ emas, 
Hadisin iki kimsa birdek demas. 
Necha kimsa aylab xayolig‘a kuch, 
Agar topsa so‘z har biri iki-uch. 
Bu durlar aro aqli javharshinos, 
Ishi rishtasi birla aylab qiyos. 
Birisinki soyirg‘a foyiq topar, 
Ishi afsari uzra loyiq topar. 
Aning birla chun rost keldi ishi, 
Yig‘ishturdi o‘z gavharin har kishi. 
Vale uldur iqboldin bahramand 
Kim, ul pok gavharni qilg‘ay pisand. 
Bu durlarki – men sochtim ofoq aro, 
Nujum o‘rnig‘a charxi nuhtoq aro. 
Umid ulki chun bo‘lsalar barxabar, 
Shahu shohzoda bo‘lub bahrabar. 
Solib o‘z qulog‘ig‘a shahzoda ham, 
Qabul aylagay shohi ozoda ham. 
Va lek istasam tezbozorliq, 
Alar zohir etmay xaridorliq, 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
446
Qulog‘larig‘a bo‘lmasa ustuvor, 
Qachon yerga qolg‘ay duri shohvorg‘ 
Ne tufroqqa qolsun sipehr axtari 
Ki, bo‘lg‘ay eri charxi nilufariy. 
So‘z oningdururkim, talabgoridur, 
Aningdur guharkim, xaridoridur. 
Bukun chunki shah tab’idur javhari, 
Qachon yerga qolg‘ay bu so‘z gavharig‘ 
Agar bo‘lmasa zebi torak anga, 
Nekim bo‘lsa bo‘lsun muborak anga. 
Boshi uzra borin nisor ayladim, 
Tamom o‘ldi so‘z, ixtisor ayladim. 
Ketur soqiy, ul la’li serobni 
Ki, ko‘zdin oqizg‘ay duri nobni. 
To‘kay shodlig‘ ashkin ul jomg‘a 
Ki, yetti bu og‘ozim anjomg‘a. 
Mug‘anniy, tuzat nay unin dilpazir 
Ki, bas qilg‘udek bo‘ldi kilkim sarir 
Ki, mast o‘lg‘onimda ichib jomi may, 
Gar ul nay uni sokin o‘lsa, bu nay. 
Navoiy, yaqin bo‘ldi osoyishing, 
Bo‘lub so‘z arusig‘a oroyishing, 
Bezaldi chu ul mohvashqa jamol, 
Jamolin ko‘rub vaslidin koming ol. 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin