Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə243/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
474
Kaikovusning inisining o‘g‘lidir. Drrul-mulki Balx erdi. Olamning ko‘prak mulkin ochti. Ammo chun 
otalari saltanat qilmaydur erdilar va Kayxusravning o‘g‘li yo‘q jihatidin mulkni angd berganda, elga 
qatig‘ keldi. Chun ul bu ishni angladi, el bila andoq borishtikim, borcha ani tiladilar... Chun Luhrosb 
taxtni Gushtaspqa topshirdi va o‘zi Balxda ibodatqa mashg‘ul erdi. Gushtasp ba’zi bilod fat-hig‘a 
mashg‘ul erkanda, Arjasp kelib Balxni olib, Luhrosbni o‘lturdi Va Luhrospning podshohlig‘i yuz 
yigirma yil erdi». 
10. Balx—Shimoliy Afg‘onistonda, hozirgi Mozori Sharif 
g‘arbidagi ko‘hna shahar. Miloddan avval VII asrdan ma’lum. Balx 
tarixda Ummul bilod (shaharlar onasi) deb yuritilgan. Yunonlar 
Balxni Baqtra deb ataganlar. 
11. Buxtunnasr—Luhrosbning afsonaviy lashkarboshlaridan biri. 
12. Garshosb—«Tarixi muluki Ajam»da Gushtasp tarzida berilgan: «Chun Luhrosb taxtni 
Gushtaspqa topshurdi va o‘zi Balxda ibodatqa mashg‘ul erdi... Gushtasp —Halab mulkida taxtqa 
o‘lturdi, va zardusht aning zamonida paydo bo‘ldi. Va Gushtasp osoridin Samarqand qo‘rg‘oni va 
devorikim, Eron va Turon orasig‘a tortilibtur va Naso shahri va Bayzo shahrikim, base akobir va 
ashrof andindurlar. Va saltanati yuz yigirma yil erdi». 
13. Zardusht—qadimgi Eronda Gushtasp zamonida o‘tparastlik dinining asosini qurgan kishi (bu 
din shu iom bilan mashhur bo‘lgan). 
14. Majus — otashparastlik. 
15. Bahman — qadimiy Eronning kayoniylar sulolasidan bo‘lgan Luhrosbning nabirasi
Isfandiyorning o‘g‘li, Alisher Navoiy «Tarixi muluki Ajam»da yozadi: «Bahman podshoh bo‘lg‘ondin 
so‘ngra adl oyin qildi, Bahmanning otasi Tolut naslidin erdi va harami Argion binni Sulaymon 
alanhnssalom qnzidip ikki o‘g‘li bor edi: Soson va Dorob. Uch qizi bor edi: Humoy va Farang va 
Bahmando‘st. Soson zohid va mutaqiy kishi erdi. Mulkka parvo qilmadi, go‘sha tutti. Humoyni 
Humoni ham debturlar. Bahmon o‘z aqdig‘a kiyurub erdi. Mavt marzida tojni aning qorniga quydikim, 
Dorobqa homila erdi... Ba’zi debturlarkim, Bahman podshohlig‘ini yo Humoyg‘a berdi, tojni andin 
tug‘ar farzandga havola qildi. Va podshohlig‘ining zamoin yuz o‘n ikki yil erdi. 
16. Zobuliston — qadimiy Eron viloyatlaridai birining nomi. Afsonaviy kahramon Rustam 
ko‘pincha shu yerda yashagan. 
17. Xumoy — Eronning afsonaviy podshoxlaridan Bahmanning xotini. Alisher Navoiy «Tarixi 
muluki Ajam»da u haqida quyidagilarni yozadi: «Humoy roy va xiradlig‘ xotun erdi. Bahmandin 
so‘ngra taxtqa o‘lturdi... Va Humoyning saltanatining muddati o‘ttuz yil erdi va osori Istaxrda 
Hazorsutun erdikim, ani Iskandar buzdi va ba’zi Chihil minorni ham anga mansub qilibturlar. Va 
Samara shahrikim, Jorbodqon derlar ham, ul bino qildi». 
18. Doro — Eronda o‘tgan peshdodiylar sulolasiga mansub podshoh. Alisher Navoiyning «Tarihm 
muluki Ajam» asarida Dorob deb berilgan va uning sababini batafsil tushuntirgan: «Humoy... Chun 
homila erdi, vaz’ haml qildi va saltanat hubbi qo‘ymadikim, o‘g‘lini podshohliqqa mansub qilib, o‘zi 
anga muhofazat qilg‘ay. Ani bir sanduqqa solib qiyr bila mahkam qilib, daryoga soldi. Debturlarkim, 
bir gozur ilikiga tushub, ani farzandchilay asrab tarbiyat qildi... Gozur ani suvda topqan uchun Dorob 
ot qo‘ydi... 
Dorob chun Humoy o‘rnig‘a taxtqa o‘lturdi, adl va dod pesha qildi. Va ul xiradmand va pahlavon 
va xo‘b surat podshoh erdi... Va aning saltanatini ba’zi oltmish yil, ba’zi ellik ikki yil derlar». 
19. Doroyi Doro — peshdodiylar sulolasiga mansub podshoh. Alisher Navoiy «Tarixi muluki 
Ajam»da yozadi: «Doro ibn Dorobni chup valiahd qilib erdi, otasi o‘rniga podshoh bo‘ldi. Chun zolim 
tab’ kishi erdi, zulmidin ulug‘ el ozurda bo‘ldilar... Va Doroning podshohlig‘i o‘n to‘rt yil erdi». 
20. Pahlaviy — bu o‘rinda O‘rta Osiyo xalqlari orasida mashhur bo‘lgan qadimiy kuylardan 
birining nomi. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin