www.ziyouz.com kutubxonasi
477
va sutun boshig‘a tegib, halok bo‘ldi. Va saltanati besh yil va bir nima erdi».
12. Bahromi Shopur — sosoniy podshohlaridan biri. «Tarixi muluki Ajam»da shunday yoziladi:
«Otasi Shopur o‘rnida taxtqa o‘lturdi va aning siyratin ba’zi muarrixlar yaxshi debturlar va ba’zi
yomon. Va ani Kirmonshoh derlar... Bahromni ba’zi... bir yil podshohlik qildi debturlar...».
13. Feruz bin Yazdijird— sosoniy podshohlardan bo‘lgan Hurmuz binni Yazdijirdning o‘g‘li.
«Tarixi muluki Ajam»da Navoiy yozadi. «Feruz binni Yazdijird musulmon aa oqil kordon va odil
podshoh erdi. Adolat bila mamolikni obod qildi va saxovat bila raoyoni xushnud va shod etti. Aning
saltanati zamonida yetti yil qahat voqe’ bo‘ldi va raoyodin xirojni soqit qildi. Bu yetti yil hech kishi
kishidik hech nima tilamadi va ko‘prak muhtojlarga xazinasidin vajhi maosh muqarrar qildi. Aning
adolati barakatidin... yetti yildan so‘ngrakim yomg‘ur berdi. Ul yilda oncha mahsul karam qildikim,
yetti yilliq qahatning qusuri rost bo‘ldi... Va Feruz ko‘prak mamolikni olg‘ondin so‘ngra Turkiston
mulkiga etrdi. Va Turkiston podshohi aning bir manzilida azim chohlar qazib, ustidin xaspo‘sh qilib
erdi... ko‘p el ul chohlarga tushti. Ittifoqan o‘zi dog‘i bir chohqa tushub halok bo‘ldi... Va saltanati
zamoni yigirmi yil erdi».
14. Yalosh ibni Feruz— sosoniylar sulolasidan bo‘lgan podishh.
15. Kubod ibni Feruz — sosoniylar sulolasidan bo‘lgan podshoh.
10. Jomosb—sosoniylar sulolasidan, Qubod ibni Feruzning ukasi «Tarixi muluki Ajam»da uning
haqida quyidagicha ma’lumot bermladi: «...Qubodni tutub band qildilar. Va Jomaspnikim, aning inisi
erdi, podshoh qildilar. Mazdak qochib Ozarbayjong‘a bordi va Qubodning singli ani hiyla bilan
qochurdi. Va ul Turkistong‘a borib, bazi hayotila debturlar, har taqdir bila ko‘mak olib, mulk ustiga
yurugach, bildilarkim, Jomasp aning bila muqovamat qila olmas. Ani ham band kildilar va Qubodg‘a
topshurub, Qubodni yana taxtqa o‘lturttilar... Va muarrixlar Jomaspni muluk a’dodida tutmaydurlar».
17. Nushiravoni Qubod — Sharq xalqlari yozma va og‘zaki ijodiyotida adolatparvar hukmron
timsolida keng tarqalgan obraz Alisher Navoiy hal Nushiravonni odil podshoh sifatida talqin etgan. Bu
nom Alisher Navoiy ijodida Nushirvon, Nushiravon va Anushirvon shakllarida uchraydi.
18. Hurmuz ibni Anushirvon — sosoniylar sulolasidan bo‘lgan Nushirvonning o‘g‘li.
19. Parvez Hurmuz — Hurmuz ibni Anushirvonning o‘g‘li. U Sharq adabiyotida Xusrav Parviz
nomi bilan mashhur. Xusrav Parviz Nizomiy Ganjaviy va Xusrav Dehlaviylar «Xamsa»sidagi ikkinchi
doston «Xusrav va Shirin»ning asosiy qahramoni. Alisher Navoiy «Farhod va Shirin» dostonida uni
bosqinchi, adolatsiz, zolim shoh sifatida tasvirlagan.
20. Sheruya — Parviz Hurmuzning o‘g‘li. Sheruya Navoiyning «Farhod va Shirin» dostonidagi
salbiy obrazlardan biri. Alisher Navoiy «Tarixi muluki Ajam»da uning haqida quyidagilarni yozgan:
«Sheruya otasini o‘lturgandin so‘ngra, podshohliq taxtig‘a o‘lturdi... Ammo mujmali budurkim,
Xusravning g‘oyat tajammuli va joxidin ul nav’ki yukori te’dod qilildi, dimog‘ida g‘urur va fe’lida
futur bo‘lub erdi va siyosat va g‘azabi elga haddin oshib erdi. Ul jumladin biri bukim, munajjimlar
anga deb erdilarkim, sening zavoling o‘z avlodingning ilgida bo‘lg‘usidur... Otasini o‘lturgandin
so‘ngra aning ham jismiga azim ranj tori bo‘lub, yetti oydin so‘ngra hayot va diatin ajal muqoziysig‘a
topshurdi. Mulk hirsidin o‘n yetti og‘o-inisini dog‘i o‘lturdi...»
21. Ardasher— sosoniylar sulolasidan bo‘lgan Xisrav Parvizning nabirasi. Sheruyaning o‘g‘li.
Alisher Navoiy «Tarixi muluki Ajam»da u haqmda mufassal ma’lumot beradi.
22. Qisra Arislon — Alisher Navoiy «Tarixi muluki Ajam»da uning to‘liq nomini Kisro Arslon
binni Kisro Qubod binni Feruz deb bergan.
23. Qisro — sosoniylar sulolasidan bo‘lgap podshoh.
24. Turon — sosoniylar sulolasidan bo‘lgap Parvizning qizi. Alisher Navoiy «Tarixi muluki
Ajam»da uning nomini Turondo‘xt deb beradi va bu haqda yozadi. «Turondo‘xt chun podsholig‘
taxtig‘a orom tutti, bag‘oyat oqila erdi, bildikim, mulk anga o‘zgalardek vafo qilmag‘usidur. Dod va
adl bunyod qildi va xaloyiqqa ko‘p umidvorliglar berdi. O‘zidan burungi jami’ akosira zamonidni
qolg‘on shaltoqlarni jami’ raoyog‘a bag‘ishlab, daftarlarin buyurdikim yuvdilar va yaxshi oyinlar