www.ziyouz.com kutubxonasi
485
maqoli ishlatilgan.
XXXVII 1. Ikki baytning mazmuni: «Gado elga kam ko‘rinishi kerak, ko‘p ko‘rnnaverishi uni hor qiladi».
Feruza (toshi) oz bo‘lgani uchun, azizdir, eshakmunchoq ko‘i bo‘lgapidan o‘ntasi bir puldir».
2. Mazmuni: «Shohining ko‘zi ko‘r bo‘lgan edi».
3. Uch baytning mazmuni: «Kimki sa’y-harakat qilib, mening ko‘zimni ochsa, unga ko‘z nurimni,
ya’ni ko‘zim pardasida yashiringan qizimni nikohlab berib, uni ko‘z qorachig‘iday farzand etaman,
ko‘zim nurini unga payvand qilaman», deb va’da bergan edi.
XXXVIII 1. Yuqoridagi baytlarning mazmuni: «Ey hikmat ahliga saboq beruvchi hakim! Bir joyda istiqomat
qilganda osoyishtaligu, safarga chiqqanda ming turli mashaqqat bor bo‘lgani holda, nima uchun ilm-
hikmat ahli safarni ma’qul topadi?»
2. «Safar o‘tida kuyishni o‘ziga maqsad qilib olgan odam ham vujud otini toblab, chiniqtirib
kamolotga erishadi».
3. Ikki baytning mazmuni: «Masalan, safarda yurgan odamning yegan taomi yaxshi hazm bo‘ladi.
Ovqat tez hazm bo‘ladimi, kishning salomatligi yaxshilanaveradi».
XXXIX 1. Baytning mazmuni: «U shohning savlatidan qochqinda, falon qal’ada uning qo‘rg‘oni bor.
2. «Doimo ruhparvar nasim esib turgani uchun jannatga o‘xshaydi, bo‘lmasa jahannamning xuddi
o‘zidir».
3. «Bu ikkining tarki»— o‘t va shamolning tarki ma’nosida.
4. Bu misrada takrir san’atidan («ne» so‘znning to‘rt marta takrorlanishi orqali aytilayotgan fikr
bo‘rttirilib) mohirona foydalanilgan..
5. Baytda Navoiy iltizom san’atidan, o‘rinli foydalangan. Unda «o‘t», «el». «suv» so‘zlari bir
necha bor takrorlangan bo‘lib, ular, birinchidan, mazmunni kuchaytirgan, ikkinchidan, o‘quvchi
xotirida mustahkam iz qoldirishni ta’minlagan.
6. «Uning tubi Kayumars zamonidan beri yonib turgan katta olov o‘chog‘ining o‘zidir».
7. Bu baytda tavzi’ (bir xil tovushga ega bo‘lgan so‘zlardan foydalanish) hamda tasdir (so‘zlar
takrori) san’ati ishlatilgan.
8. «Har tomonga taxtga tosh bostirilgan, uning biriga yel, biriga o‘t yashirilgan».
9. «O‘t chohdan shu’la urganda, uning yallig‘i qal’ani kuydiradi».
10. «Shu onda Iskandar bilan Aflotun ikkovlari qo‘rg‘onga tomoi emas, tangrining qudratiga ko‘z
tikdilar».
11. Bu ikki bandizod—Malluning o‘g‘li va qizi, demak.
12. «Yana tojingni o‘zingga qaytarib, o‘lkangni ham o‘zingga berib chiqib ketamiz».
13. Bargi mamotni soz etmak—o‘likni ko‘mish uchun yarog‘ini tayyorlash (lozim).
14. Amru Zayd!—hozirgi «Eshmat», «Toshmat» degan ma’noda.
XLII 1.
Agar qilsa ta’lil quvvat ketib, Ko‘pidin tabiatqa illat yetib.