Alisher Navoiy.
Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
484
1. Uch baytning mazmuni: «Utning manqali may shirasida jonlanib tursayu, may shirasi xuddi
manqaldagi o‘tdek o‘tkir bo‘lsa. O‘rdak shakl, tiniq may idishi yonida bo‘rdoqi o‘rdak
kabobi tursa,
o‘tning shu’lasi uyni gulshan, mayning jilvasi ko‘zni ravshan aylasa».
2. Shoir bu misrada qor bilan qoplangan jahonni oq po‘stinga o‘ralgan kishiga o‘xshatgan.
3. Muallif bu misrada suvni simobga va muzlagan suvni toza kumushga tashbih etmoqda.
4. «In yakod»— ko‘z tegmasin uchun o‘qiladigan duoning boshi.
XXXIII
1. «Ko‘z ochib qarasa uyda, xuddi qorong‘u kechada hamma
yoqni yoritib turgan Suxayl
yulduzidek Layli o‘tirgan ekan».
XXXIV
1. «...doroyi daryonavol»—Iskandar ma’nosida.
2. «...hakimi Masihomisol»—Arastu demak.
3. «Buning dahshati bilinib turgach, kishi tabiati bundan qo‘rquvda bo‘lishi kerak edi».
4. To‘rt bayt mazmuni: «Donishmand munajjim shunday dedi: «Bu ishning boshqa bir sababi bor.
Masalan, qishning tabiati sovuq, nam va rutubatlidir. Aql
bu maealaga shu tarzda qaraydi, yosh
kishilarning tabiatiga mayin havo yoqqani holda, harorat va quruqlik aziyat beradi. Quruqlik bilan issiq
harorat alangalatgan kishi vujudini sovuq va namchil havo mo‘‘tadil holatga keltiradi».
5. Shabobu kuhulat — yoshlik va qarilik ma’nooida.
XXXV
1. Aras ridi—Aras daryosi — hozirgi Ozarbayjon territoriyasida.
2. Sipohon — Isfahon. U Eronning markaziy qismida joylashgan tarixiy viloyat.
3. Xuroson—Eronning shimoliy sharqiy qismidagi tarixiy-ma’muriy viloyat.
4. Hirmand—Xurosondagi daryolardan biri.
5. Zobuliston — Erondagi bir viloyat (yuqorida ham eslatilgan).
6. Nimro‘d — Xurosondagi daryo.
7. Dirijaz — Xurosondagi daryo.
8. Birohimi Adham (Ibrohim Adham)—
shohlikdan voz kechib, tasavvuf yo‘lini qabul qilgan
mashhur shaxs. 777 yilda vafot etgan.
9. Murg‘ob rud — Afg‘oniston va Turkmaniston hududidan oqib o‘tadigan daryo.
10. Chaxcharon—Xuroson hududidan oqib o‘tadmgan daryo.
11. Bu baytda shoir radd-ul-ajz mina-s-sadr san’atidan foydalangan. Xuroson — birinchi misraning
boshi
va ikkinchi misraning oxirida; Hiriy (Hirot)— birinchi misraning oxiri va ikkinchi misraning
boshida takrorlangan.
12. Movarounnahr—o‘rta asrlarda Amudaryo bilan Sirdaryo oralig‘i shundan nom bilan atalgan.
13. Ko‘hak— Zarafshon daryosining qadimgi nomi.
14. Furot (arabcha nomi Shatt-ul-Furot)—G‘arbiy Osiyodagi eng katta daryo. U Turkiya,
Suriya na
Iroq hududidan oqib o‘tadi.
15. Nil— Afrika qit’asidagi eng katta daryo.
16. Salsabil — jannatdagi afsonaviy buloq.
17. «Suv bu tepaning oldidan shunday oqar ediki, qaragan kishi: «Tepa oshiqning boshiyu, dars
suvi unng ko‘z yoshi»,— derdi».
18. Bu blyt irsolu-l-masal san’atiga yaxshi misol bo‘la oladi, Unda «mnng qarg‘aga bir kesak»
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: