www.ziyouz.com kutubxonasi
483
3. Mazmuni: «Feruzani eshakmunchoqdan va butun chinnini siniq sopol ko‘zadan farq qilsa».
4. Arabcha yozuvda har ikkala so‘z bir shaklda — ( ) yozilsa-da, birinchisi ming, ikkinchisi esa bir
(abjad hisobida)dir.
5. Ikki baytning mazmuni: «Biyobonda o‘lgan toshbaqaning quruq chanogi shaklan sadafni
eslatadi. Lekin buning birida durdona bo‘lsl, ikkinchisida bir necha chirigan suyakdan o‘zga narsa
bo‘lmaydi».
XXIX 1. Bu qismda gap Sulton Abu Said haqida bormoqda. Sulton Abu Said — Amir Temurning
evaralaridan biri (Mironshohning nabirasi). Xuroson hukmdori bo‘liap bu shoh Ozarbayjonga harbiy
yurishi vaqtida Mug‘on dashtida o‘ldirilgan.
XXX 1. Navoiy dostonining asosiy boblaridagi hikmat qismida Iskandar ko‘pincha Arastuga savol bilan
murojaat qiladi. Bu yo‘l faqat yetmish uchinchi bobning uchinchi qismida Suqrotga va yetmish
yettinchi bobning uchinchi qismida Luqmonga murojaat qilish bilan o‘zgargan, xolos.
2. Mazmuni: «Lekin buni qilish nafsiga og‘ir keladi va kishining nafsi yengillik tomoniga mushtoq
bo‘ladi».
3. «Kimdakim biron yomon xislatga ega bo‘lsa, har ishda va har qanday holatda o‘sha tug‘ma
xislatning ta’sirdia yuradi».
4. Atorid—Merkuriy sayyorasi.
XXXI 1. Baytning mazmuni: «Agar Doro ikkidan birini berib, uning ham yarmini xalqdan undirib kelgan
bo‘lsa, biz buni (maoshni) ikki baravar oshiramiz».
2. «Shoh: Xazinadan ikki hissadan maosh bering,— dedi. Shunday qilib, el ranjdan qutuldi».
3. Mazmuni: «Hamma xazinadan maoshini oldi, shah o‘ziga tobelarni shunday rozi qildi».
4. Baytulharam — Makka shahridagi Ka’ba shu nom bilan yuritiladi.
5. Ilhomi hotif — g‘oyibdan xabar beruvchi ilhom, joni xoif — qo‘rquvchi jon.
6. Mazmuni: «Agar itoat qilmay, bo‘yin egmay, xudo saqlasin, johillik va o‘jarlik qilsang».
7. Mazmuni: «Elchilar har tarafga ketdilar. Ular ishda, so‘zlashda lozim ko‘ringan hamma narsani
maydasidan yirigigacha bilib olgan edilar».
8. Oldingi beshala va bu baytning mazmuni: «Zero, tangri menga uch hunarni nasib qilibdurkim,
agar birovdan yengilsam kutilmagan g‘aroyib voqea bo‘lur edi. Birinchisi shukim, mamlakatim
nihoyatda mustahkam, uning tog‘lari baland, qal’alari istehkom shaklida. Bundan tashqari, bu yerda
yana bir ajoyib ish qilingankim, qal’aning butun tevaragi ham, yer osti ham daryodan iboratdir.
Ikkinchisi shukim, mening bir qancha sehrgarlarim bor bo‘lib, ular hammasi mendan moyana yeb
yotadigan xizmatkorlardir Agar mening boshimga falak biron ofat yuborsa, ular shunday shafqatsizlik
bilan chora ko‘radilarki, sehr-joduni ishga solib, yumronqoziqni yirtqich sherga, bug‘ini salobatda
qonxo‘r qoplonga aylantiradilar».
9. Hinduyi rahta — hindcha kuy.