Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə255/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
486
Baytning birinchi misrasidagi «ta’lil» so‘zi Abdujamil va Sultonali nusxalarida to‘g‘ri, o‘z o‘rnida 
qo‘llanilgani holda, Istanbul va Toshkent nusxalarida «taqlil» tarzida berilganki, natijada baytning 
mazmuniga putur yetgan. «Ta’lil» so‘zi kasallanish, bahona qilish ma’nolarini berib, baytning ikkinchi 
misrasidagi «illat» so‘zm ham aynan «ta’lil»ni qo‘llashni talab qilyapti. «Taqlil» esa «kamaytirmoq», 
«ozaytirmoq» ma’nolarini bildiradi. Baytdan ilgarigi qismlarda gap ovqatning inson me’dasi uchun 
zarurligi, qarilik, kamquvvatlik haqida ketayotganini hisobga olsak, ma’no quyidagicha oydinlashadi: 
Kishi badani qaryalikka yuzlangach, gavda harorati pasayadi, natijada me’da susayadi, ovqat 
yaxshi hazm bo‘lmaydi. Agar shu sabab bilan ovqat kam tanovvul qilinsa quvvat ketadi, ko‘p yeyilsa 
hazm bo‘lmaydi, badanga illat— kasallik yuzlanadi, qarilik ana shunday bedavo darddir. 
XLIII 
1. Bu besh baytda pil (fil) gavdasi ajoyib mubolag‘a va o‘xshatishlar bilan tasvirlangan: fil 
gavdasini yaxlit kulrang toshdan bo‘lgan toqqa, boshini tog‘ uchidan chiqib turgan falak singari 
to‘garak toshga o‘xshatiladi, tog‘ bo‘lganda ham kemaga o‘xshab yuruvchi, ikki qulog‘i esa kema 
yelkani kabi, xartumi «somon yo‘li»day, balki ajdaho singari, deyiladi. 
2. Bu misra talqini: filning tishi shaklan to‘g‘ri alifdek bo‘la borib, lomdek egiladi. Shu o‘xshatish 
orqali alifdek to‘g‘ri tishlar lom kabi egrilarning dastidan (loinkor ma’nosini bildiradi) balogardon 
bo‘lib ketganligiga ishora qilinadi. 
3. «Yana har bir fil ustida ajoyib bir taxt bo‘lib, har taxtning ichida to‘qqizta baxti kulgap hind 
malikasi o‘tirar edi». 
4. «Bular Zuhal (Saturn) yulduzi singari oltin rangda, Bahrom (Mars) yulduziday otashin va 
g‘azabnok, o‘ylaganlari nuqul urush va adovat edi». 
5. «Bu vakillarning Iskandar oldida qimmati g‘oyat katta edi. Binobarin, ular tomonidai keltirilgan 
sovg‘ayu tortiqlar uning nazdida bir qora pulchalik ham ko‘rinmaydi». 
6. Nigor — Dehli yaqinidagi o‘rmon. 
7. Iltizom san’ati ishlatilgan bu parchada sandal (qorasariq rangli, yoqimli hidli daraxt) bir nyocha 
bor takrorlangan. Shoir sandal so‘zini ta’kidlash orqali tilga olingan joyning havosi g‘oyatda yumshoq, 
yoqimli ekanligini bo‘rttirib ko‘rsatishga erishgan. 
8. Sind — Xindistondagi daryolardan biri. 
9. Fasli rabe’ — bahor fasli. 
10. «Unda qishu yoz rayhonlar to‘la, asalari u yerda gul teruvchidir». 
XLIV 
1. Bu bantda ishlatilgan «ano» ikki ma’noni (ona va mashaqqat) bildiradi. 
2. Rosu — susarlar oilasidan bo‘lgan yirtqich hayvon bo‘lib, u kaptar va tovuqqa juda o‘ch bo‘ladi. 
XLV 
1. Adan— Arabiston yarim orvlidagi yirik shaharlardan biri. Hozirgi Janubiy Yaman Xalq 
Respublikasi hududidadir. 
2. «Adan mamlakatida bir savdogar bor edi, u savdo ishida o‘z kasbdoshlarining eng epchili edi». 
3. «Yo‘lovchi savdogar o‘z jonini qutqardi-yu, biroq o‘z o‘g‘lidan ajralib qolganini ko‘rdi». 
4. Bu parchada tavzi’ hamda iltizom san’atlari ishlatilgan. 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin