Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə247/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
478
orag‘a kiyurdi... Va xaloyiq andin base muroffah va masrur bo‘ldilar... Va Turondo‘xt Shahrirodni 
o‘lturgop kishinikim, Mashhur Xurosoniy derlar erdi, tarbiyat qilib, vuzarot berdi. Va bir yilu to‘rt oy 
podshohlik qilg‘ondin so‘ngra mulkka vido’ qildi». 
25. Parvez Baxrom — qadimiy Eronning sosoniylar sulolasidan bo‘lgan podshoh. 
26. Ozarm — sosoniylar sulolasidan bo‘lgai Turondo‘xtning singlisi. 
27. Farrux— sosoniylar sulolasining oxirgi podshohlaridan biri. Alisher Navoiy «Tarixi muluki 
Ajam»da uni Farruxzod deb bergan: «...Yana kishi tilar erdilar. To mag‘rib shaharlaridin birida 
Farruxzodni toptilar va taxtqa o‘lturttilar. Va ani ham Parviz avlodidin debturlar. Va ul dogi olti oy 
saltanat qilg‘ondin so‘ngra qatlg‘a keldi». 
28. Yazdijird — sosoniylar sulolasining eng oxirgi podshohi. 
XV 
1. Ko‘k toqiga ko‘p sado solgan turt xayl — Eronda hukmronlik qilgan to‘rt (peshdodiylar, 
kayoniylar, ashkoniylar va sosoniylar) suloladan iborat. Alisher Navoiy «Tarixi muluki Ajam» asari 
hamda «Saddi Iskandariy» dostonining XI, XII, XIII va XIV boblarida bu sulolalarning har biri 
to‘g‘risida o‘zigacha mavjud bo‘lgan tarixiy asar va manbalardan kelib chiqib ma’lumot beradi, 
ularning hammalarini «muluki Ajam» (Ajam hukmdorlari) deb ataydi. 
2. Navoiy Iskandar ikkinchi (Kayoniylar) tabaqadai so‘ng o‘tdi, deydi, Aslida esa Iskandar 
sosoniylar davrida o‘tgan. 
3. Faylaqus—Iskandarning otasi. 
4. Mazmuni: «Ko‘rdilarki, homilador xotin bir bola tuqqan, lekin xotnning jismida ruh qolmagan 
(o‘lgap)». 
5. Ano so‘gi — onasinnng motami. 
6. Nori majus—majusiy (o‘tga topniuvchi)lar olovi, yani yolqinli olov. 
7. Donayi dahr — Abdurahmon Jomiy bo‘lib, ayni paytda, u ham o‘zinnng shu nomdagi dostonini 
yaratish bilan band bo‘lgan. 
8. Nassi qote’ — keskin dalil. 
9. Naqumohis— Iskandar otasi Faylaqusning olim va donishmand vaziri bo‘lgan, u Iskandarga 
yoshligidan boshlab tarbiya berib, unga ko‘p ilmlarni o‘rgatgan. 
10. «Mustaqimin», «rojiin» munajjimlar termini bo‘lib, yulduzlarning «to‘g‘ri yurishi» va 
yurishdagi «orqaga siljishi» kabi taxminlarni ifodalaydi. 
11. Tifli farruxpayi pokzod— Iskandar demak. 
12. Xushku tar, bahru bar — quruq va suv, dengiz va yer yuzi ma’nosida. 
13. Mazmuni: «Goh ot ustida qurol o‘ynatar, goh yayov holda kuch ko‘rsatar edi». 
14. «Ota azasini bartaraf qilgan, taxtga chiqib, shohlik uzugini taqdi». 
15. Alisher Navoiy dostoni qurilmasining o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri, unda boblar 
oxiridagi lirik xotnmani ham takompllashtirganidir. Agar Nizomiy Ganjaviy «Iskandarnoma»ning 
«Sharafnoma» qismida soqiyga, «Iqbolnoma» qismida mutribga murojaat qilgan bo‘lsa, Xusrav 
Dehlaviy esa har bir bob oxiridagi lirik xotimada ham soqiy va ham mutribga murojaat qilsa, Alisher 
Navoiy bob oxirida soqiy va mugribga murojaat qilish bilan birga, o‘z-o‘ziga ham murojaat qilish bilan 
bobni yakunlaydi. 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin