Microsoft Word Норматова Шоира darslik 11. 02 2015. doc



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə115/123
tarix20.09.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#146087
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   123
Ozbek-tili.-Darslik.-Sh.Normatova-M.Abduraxmonova.-2014

 
5-DARS 
5 A 
B
Е
SHIK 
Oyim beshikni sekin-sekin tebratadi. Beshik g‘ichirlaydi. 
Oyimning aytishicha, bu mening beshigim ekan. Eski bo‘lgani uchun 
g‘ichirlarmish. 
Bugun “Qora ammam” ukamga yangi beshik olib kelarkan . 
Yangi beshikni olib kelish qiziq bo‘larkan. «Qora ammam”, Parcha xola
yana uch-to‘rt xotin bezatilgan beshikni ko‘tarib, eshikdan alla aytib kirishdi. 
Alla, bolam, alla-yo alla! 
Shirin qo‘zim, alla-yo alla! 
Bag‘rimdagi toychog‘im, alla! 
Beshikdagi munchog‘im, alla! 
O'ziy’m, beshikmisan, beshik! Ustiga cho‘g‘dek qizil gavrapo‘sh 
yopilgan, gavrapo‘sh chetlariga chaqaloqning ko‘ylakchalari, ukpar qadalgan 
do‘ppisi chatib qo‘yilgan. 
Xotinlar alla aytib, uyga yo‘l olishdi. Abduvali ikkimiz ergashib kirdik. 
Birpasda mehmondorchilik boshlandi. 


177
Taxmon oldida Lazokat xola yangi beshikka boshqatdan joy sola 
boshladi. 
Avval tuvak-sumaklarni qo‘ydi. Keyin shildir-shildir qilayotgan qovusni 
(bilaman, chaqaloqning to‘shakchasi, ichida tariq po‘sti bor) yozdi. Ustiga 
oppoq yo‘rgak tashladi. 
Ammam xokandozda tutab turgan isiriq ko‘tarib kirdi. Harsillab nafas 
olgancha allanimalar deb pichirladi, beshik atrofida xokandozni aylantirdi. 
– Hoy, Robiyahon-u?! – dedi ayvon tomonga qarab. – Obkeling!
Qarg‘ashoyi ko‘ylak kiyib, yasanib olgan oyim yo‘rgaklangan ukamni 
ko‘tarib kirdi.
Ammam ukamni oyimning qo‘lidan olib, Lazokat xolaga avaylab uzatdi. 
Lazokat xola chaqaloqni ko‘rpachaga yotqizib, yo‘rgakni yechdi. Ukamning 
chap oyog‘ini bukib, tizzasini o‘ng qo‘lining uchiga tekkizdi.
– Yetdimi? – degan edi, uy to‘la xotinlar qiy-chuv qilib yuborishdi. 
– Yetdi! Yetdi! 
Lazokat xola endi ukamning o‘ng oyog‘ini bukib, chap qo‘lining uchiga 
tegizdi. 

Yetdimi? 

Yetdi! Yetdi! 
Boyadan beri indamay yotgan ukamga bu qiliq yoqmadi shekilli, yig‘lab 
yubordi. Ammo xotinlar bemalol kulishar, ostonada turgan oyim ham 
mamnun jilmayar edi. 
( O

tkir Hoshimovdan) 

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin