Microsoft Word Норматова Шоира darslik 11. 02 2015. doc



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/123
tarix20.09.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#146087
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   123
Ozbek-tili.-Darslik.-Sh.Normatova-M.Abduraxmonova.-2014

 
 
 
4-DARS 
4 A 
SFORD UNIVERSITETI 
Oksford universiteti Angliyaning Oksford shahrida joylashgan, ingliz 
tilida gaplashuvchi xalqlar orasidagi eng qadimiy universitet hisoblanadi. 
Universitet jahondagi yetakchi akademik oliygoh sanaladi. Oliygohning 
tashkil etilgan sanasi aniq bo‘lmasa-da, u taxminan XI asrda tashkil etilgan 
deb sanalmoqda. 1209-yilda talabalar va shaharlik aholi o‘rtasida yuzaga 
kelgan kelishmovchilik tufayli Oksfordning bir nechta akademiklari shimoli-
sharqqa, Kembrijga ko‘chib ketadi va u yerda yangi universitetga asos 
solishadi. Shu tariqa Kembrij universiteti tashkil topgan. Hozirga qadar bu 
ikki oliygoh o‘zaro raqobatdadir. Oksford universiteti Rassell Group, 
Koimbri guruhi (Yevropa universitetlari guruhi), Yevropa universitetlari 
ligasi, Europaeum kabi tashkilotlarning a’zosi sanaladi. O‘qitish sifatiga 
ko‘ra dunyodagi kuchli o‘nlikka kiradi. 
Oksford shahri XII asrning so‘ngiga kelib yirik ta’lim dargohiga 
aylangan edi. 1167-yilda Parij universitetida yuzaga kelgan chet elliklar bilan 
bog‘liq ko‘ngilsizliklar ingliz olimlarining Oksfordga qaytishiga sabab 
bo‘ldi. Aynan ular tufayli Universitet tashkil topgan. 1188-yilda tarixchi 
Jerald Uels ilk ma’ruzani o‘qigan bo‘lsa, chet elliklardan Emo Frisland
1190-yilda birinchi bo‘lgan. 
Universitetni ko‘pgina Britaniya universitetlari kabi kansler boshqaradi. 
U umrbod bu lavozimni egallaydi. Barcha xodimlar va tashkilotlar universitet 
kundalik faoliyatini ta’minlaydi. O‘qish uch seme
aureateom etadi: kuzgi – 
oktabrdan dekabrgacha, qishki-yanvardan martgacha va yozgi-apreldan 
iyulgacha. 
Oksford markaziy kutubxonasi Bodlian kutubxonasi deb ataladi. Unga 
1598-yilda ser Tomas Bodli tomonidan asos solingan. Ommaviy 
foydalanishga esa 1602-yildan boshlab ruxsat berilgan. Bu yerda 8 million 
tomdan ortiq kitoblar mavjud. Kutubxona Buyuk Britaniyada kattaligiga
ko‘ra Britaniya kutubxonasidan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Shuningdek,
universitet tarkibida muzey va galereya faoliyat yuritadi. 1683-yilda asos 
solingan Eshmolin muzeyi Buyuk Britaniyadagi eng qadimiy muzey, 
jahondagi eng birinchi universitet tarkibidagi muzey hisoblanadi. Bu yerda 
san’at va arxeologiya buyumlari namoyishga qo‘yilgan. Ular qatorida 
Mikelanjelo, Leonardo da Vinchi, Pablo Pikasso kabi mashhur rassomlar 
asarlarini ham uchratish mumkin. 


175
Oksford bitiruvchilari orasida 25 ta Britaniya bosh vaziri (ular orasida 
Uilyam Gladstoun, Gerbert Askina, Klementa Ettli, Garold Vilson, Margaret 
Tetcher va Toni Bleyer kabilar bor), Norvegiya qiroli – Qirol Garold V, 
Iordaniya qiroli – Qirol Abdulla II, Avstraliyaning uchta bosh vaziri (Jon 
Gorton, Malkom Freyzer, Bob Xouk), ikki Hindiston bosh vaziri (Manmoxan 
Singh, Indira Gandi), Pokiston prezidentlari Zulfiqor Ali Bxutto, Benazir 
Bxutto va AQSH prezidenti Bill Klinton kabi jahonga mashhur kishilar bor. 
Nobel mukofoti laur
aureateoni Jeyms Legett, aktyorlar: Xyu Grant, Keyt 
Bekinseyl, Dadli Mur, Maykl Polin, Terri Jons kabilar ham o‘z vaqtida 
Oksford talabalari hisoblanishgan. 

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin