6-DARS 6 A TOSHKENT TARIXI Toshkent vohasi Tyanshanning g‘arbiy yonbag‘irlaridan boshlanib Sirdaryo
etaklariga tushadigan keng tog‘oldi tekisligining bir qismida joylashgan. Sharqda
u uchta – Ugom, Piskom va Chatqol tog‘ tizmalari bilan o‘ralgan bo‘lib, bu
tizmalarni shu nomlar bilan ataluvchi daryolar oqib o‘tuvchi daralar ajratib turadi.
Bu daryolar qo‘shilib Chirchiq daryosini hosil qiladi. Chirchiq daryosi Chorvoq
havzasining tor darasidan o‘tib, G‘azalkentdan quyiroqqa tushganda kengligi
ba'zi joylarda 20 kmdan oshadigan qadimiy tekislik bo‘ylab oqadi.
Taxminan uch ming yil ilgari Toshkent vohasida dastlabki dehqon jamoalari
paydo bo‘lgan. Ular bir vaqtning o‘zida chorvachilik bilan ham shug‘ullanishgan.
Tekisliklar, adirlar va tog yonbag‘irlari xo‘jalik asoslarini har tomonlama
rivojlantirish uchun juda qulay sharoit yaratgan. Hozir Toshkent shahri
joylashgan vohadagi tabiiy suv tarmoqlari tabiiy sug‘orishga asoslangan
dehqonchilikni rivojlantirish uchun imkoniyat yaratgan.
Toshkent vohasida o‘troq dehqonchilik va ilk shahar madaniyati qadimiy
bo‘lishiga qaramay, shaharning o‘z tarixini miloddan avvalgi I asr oxiridan
yozma manbalar va hozirgi shahar ichidagi qadimgi shahar xarobasi (Mingo‘rik)
saqlanib qolgan vaqtdan boshlaganini kuzatish mumkin. Mingo‘rik Salor kanali
bo‘yida, hozirgi Shimoliy vokzal yaqinida joylashgan bo‘lib, uning nomi bu
yerda XIX asrda mavjud bo‘lgan katta o‘rikzordan olingan. O‘sha davr
xaritalariga ko‘ra, qadimgi shahar o‘rni taxminan 35 ga joyni egallagan.
Binkat Toshkent – Shoshning o‘rta asrdagi poytaxti.
Kultepadan 8 km shimoli-g‘arbda, bir vaqtlarda Shoshning ilk o‘rta asrdagi
shahar dahasiga kirgan yangi yerda poytaxt qaytadan barpo etildi. Uning
xarobalari Toshkentda XIX asr davomida olib borilgan qurilishlar natijasida
ko‘milib ketdi.
Shunday qilib, XIV asr boshlariga kelib Toshkent o‘z aholisining avvalgi
sonini tikladi. Shahar uning muzofotini tashkil qiluvchi qishloqlar bilan o‘ralgan
edi. U musulmon madaniyati markazi sifatidagi avvalgi shuhratiga qayta ega
bo‘ldi.
O‘zaro urushlar, Amir Temur va temuriylar saltanatining parchalanib ketishi
natijasidagi jarohatlarga qaramay, XVI asrda ham Toshkent obod shahar bo‘lib
qolaverdi.
Shahar chekkasida, Kaykovus arig‘i yoqasidagi xushmanzara joyda
shayboniy sultonlarining qarorgohi joylashgan bo‘lib, "Shoirlar bog‘i" deb
atalgan bog‘ vujudga keltirilgandi. Bu yerda olimlarning bahs-munozaralari
bo‘lib o‘tar, mushoiralar tashkil qilinardi.
183
1991 yildan O‘zbekiston va uning poytaxti Toshkent tarixida yangi davr
boshlandi. Mustaqillik yillari mobaynida butun mamlakatning ham, uning
poytaxtining ham qiyofasi tanib bo‘lmas darajada o‘zgardi.