Microsoft Word Норматова Шоира darslik 11. 02 2015. doc



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə119/123
tarix20.09.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#146087
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   123
Ozbek-tili.-Darslik.-Sh.Normatova-M.Abduraxmonova.-2014

 
6 B 
XORAZM 
“Qadimgi Xorazm O’rta Osiyoning Misridir” – Insoniyat 
sivilizatsiyasining ko‘hna makonlarini o‘rganuvchi arx
е
ologlar ulkan 
yutuqlarga ko‘hna Xorazm zaminidagi makonlar, qabriston, qal'a va 
qo‘rg‘onlarni izlab topish va o‘rganish jarayonida erishdilar. Xorazm tarixi, 
madaniyati va san'atini b
е
takrorligiga yana bir marta amin bo‘ldilar ".
 
S.P.Tolstov
 
Xorazm – Markaziy Osiyoning Turon pastt
е
kisligida, Amudaryo 
d
е
ltasida joylashgan qadimiy tarixiy o‘lkadir. “Xorazm” so‘zi dastlab 
“Av
е
sto”da uchraydi, “Av
е
sto” Sharq yozma adabiyotimizning eng qadimgi 
manbasi sifatida alohida ahamiyat kasb etadi. “Av
е
sto”da qadimgi Turon 
o‘lkasi va Eronning o‘ziga xos tarixiy g
е
ografiyasi bayon etiladi. “Av
е
sto” 
Sharqiy Eron va Markaziy Osiyoda istiqomat qiluvchi qadimiy qabilalarning 
ijtimoiy tuzumi, diniy qarashlari hamda jamiyatda ro‘y b
е
rayotgan 
tabaqalanish haqida qimmatli ma’lumotlar b
е
radi. O’sha davrlarda jamiyat 
turli tabaqalarga bo‘linib, boylar va kambag‘allar sinflari paydo bo‘la 
boshlagan. “Av
е
sto” ruhoniylar, jang aravalarida yuruvchi harbiylar, d
е
hqon-
chorvadorlar, hunarmandlar, qullar mavjudligi haqida xabar b
е
radi. 
Jamiyatning sinflarga bo‘linishi natijasida dastlabki davlatchilik ham vujudga 
k
е
ladi. “Av
е
sto”da bayon qilingan voq
е
alar, asosan, “Arianam Vayja” 
mamlakatida, ya’ni olimlar tomonidan “Katta Xorazm” d
е
b atalgan davlatda 
ro‘y b
е
radi. Bu davlat Prourata (Parfiya), Mouru (Marv), Gava 
(So‘g‘diyona), Xvayr
е
zm (Xorazm)ni o‘z ichiga olgan.
Miloddan avvalgi I ming yillikning boshlariga k
е
lib, Markaziy 
Osiyoning nisbatan rivojlangan hududlarida ilk davlat uyushmalari paydo 
bo‘ldi. Miloddan avvalgi IX-VIII asrlarga k
е
lib, Baqtriya va miloddan 
avvalgi VII-VI asrlarda Amudaryoning o‘rta oqimi qismidan Orolga yaqin 
bo‘lgan y
е
rlarda (Shimoliy g‘arbiy O’zb
е
kiston, Shimoliy g‘arbiy 
Turkmaniston) hududlarida Xorazm nomi bilan ataluvchi davlatlar vujudga 
k
е
lgan.
Baqtriya va Xorazm davlatining hududiy ch
е
garalari o‘rta Amudaryo 
oqimidagi y
е
rlar orqali o‘tgan. Xorazmning yirik sug‘orish inshootlari 
miloddan avvallgi VI–V asrlarga oiddir. O‘lkada yashagan aholi 
d
е
hqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullangan. Shaharlarda 
hunarmandchilik, savdo-sotiq rivojlangan. Qadimgi yozma va arx
е
ologik 


184
manbalarni o‘rganish natijasi shuni ko‘rsatadiki, qadimgi xorazmliklar ilm-
fan sohasida o‘z davri uchun ilg‘or bo‘lgan yutuqlarga erishganlar va hayotga 
tatbiq qila olganlar. Xorazmliklar astronomiya va mat
е
matikadan yaxshi 
xabardor bo‘lib, burchak o‘lchovi uskunalarini yaratganlar va ulardan 
foydalanganlar. Osmon jismlarini o‘rganish, tabiat hodisalarini kuzatishga 
ixtisoslashgan falakiyot fani ko‘hna Xorazmda taraqqiy qilib, shu davrda 
qurilgan inshootlar bizning kunlarimizgacha y
е
tib k
е
lgan. Ana shu 
inshootlardan biri ko‘hna Xorazmning madaniy yodgorligi bo‘lmish 
Qo‘yqirilgan qal’asidir, eramidan avvalgi IV asrda bunyod etilgan bu qal’a 
To‘rtko‘ldan 22 km shimoli-sharqda joylashgan. Qal’a faqat ibodatxona 
sifatida emas, balki astronomik kuzatishlar olib borish uchun ham mo‘ljallab 
qurilgani, bu 
е
rda yana arx
е
ologlar tomonidan eramizning uchinchi asriga oid 
dastlabki taqvimnoma hujjat, ya’ni “Xorazmliklarning kal
е
ndari” topilgan. 
Bu topilmalar qadimda xorazmliklarning o‘z kal
е
ndari bo‘lganligidan 
guvohlik b
е
radi. 
“Miloddan avvalgi VI asr va milodiy XIX asrlar oralig‘ida Xorazm 
o‘zining iqtisodiy, siyosiy, madaniy yuksalish jarayonida Markaziy Osiyo 
mintaqasida o‘ziga xos o‘rin egallagan o‘lka sifatida tanildi. Chunki Xorazm 
hududida qadimgi “Dasht yo‘li” va “Buyuk Ipak yo‘li”ning shimoli-g‘arbiy 
tarmog‘i, mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan qadimgi Baqtriya va Xorazm, 
So‘g‘diyona va Xorazm savdo yo‘llari orqali Eron va Hindistonga o‘tadigan 
janubiy savdo yo‘llari k
е
sishardi. Xorazm bu yo‘llarning chorrahasida 
joylashgan bo‘lib, bu y
е
rga turli mamlakatlardan savdogarlar, hunarmandlar, 
olimlar va m
е
morlar tashrif buyurganlar. Natijada Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab 
k
е
ng miqyosdagi savdo-sotiq jarayonlari bo‘lib o‘tdi. Buyuk Ipak yo‘li faqat 
karvon yo‘li bo‘libgina qolmasdan, Yevroosiyo xalqlari sivilizatsiyasi 
tarixida o‘chmas iz qoldirgan, uning har tomonlama taraqqiy etishida ulkan 
omil bo‘lib xizmat qilgan yo‘l ham edi.

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin