177
Taxmon oldida Lazokat xola yangi beshikka boshqatdan joy sola
boshladi.
Avval tuvak-sumaklarni qo‘ydi. Keyin shildir-shildir
qilayotgan qovusni
(bilaman, chaqaloqning to‘shakchasi, ichida tariq po‘sti bor) yozdi. Ustiga
oppoq yo‘rgak tashladi.
Ammam xokandozda tutab turgan isiriq ko‘tarib kirdi.
Harsillab nafas
olgancha allanimalar deb pichirladi, beshik atrofida xokandozni aylantirdi.
– Hoy, Robiyahon-u?! – dedi ayvon tomonga qarab. – Obkeling!
Qarg‘ashoyi ko‘ylak kiyib, yasanib olgan oyim yo‘rgaklangan ukamni
ko‘tarib kirdi.
Ammam ukamni oyimning qo‘lidan olib, Lazokat xolaga avaylab uzatdi.
Lazokat xola chaqaloqni ko‘rpachaga
yotqizib, yo‘rgakni yechdi. Ukamning
chap oyog‘ini bukib, tizzasini o‘ng qo‘lining uchiga tekkizdi.
– Yetdimi? –
degan edi, uy to‘la xotinlar qiy-chuv qilib yuborishdi.
– Yetdi! Yetdi!
Lazokat xola endi ukamning o‘ng oyog‘ini bukib, chap qo‘lining uchiga
tegizdi.
–
Yetdimi?
–
Yetdi! Yetdi!
Boyadan beri indamay yotgan ukamga
bu qiliq yoqmadi shekilli, yig‘lab
yubordi. Ammo xotinlar bemalol kulishar,
ostonada turgan oyim ham
mamnun jilmayar edi.
( O
‘
tkir Hoshimovdan)
Dostları ilə paylaş: