Microsoft Word Норматова Шоира darslik 11. 02 2015. doc



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/123
tarix20.09.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#146087
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   123
Ozbek-tili.-Darslik.-Sh.Normatova-M.Abduraxmonova.-2014

 
 


88
Sanoq sonlar
 
 Tartib sonlar 
1-bir 
2-ikki 
3-uch 
4-to‘rt 
5-besh 
6-olti 
7-yetti 
8-sakkiz 
9-to‘qqiz 
10-o‘n 
20-yigirma 
30-o‘ttiz 
40-qirq 
50-ellik 
60-oltmish 
70-yetmish 
80-sakson 
90-to‘qson 
100-yuz 
1000-ming 
birinichi 
ikkinchi 
uchinchi 
to‘rtinchi 
beshinchi 
oltinchi 
yettinchi 
sakkizinchi 
to‘qqizinchi 
o‘ninchi 
yigirmanchi 
o‘ttizinchi 
qirqinchi 
elliginchi 
oltmishinchi 
yetmishinchi 
saksoninchi 
to‘qsoninchi 
yuzinchi 
minginchi 
Tartib son unlidan keyin –
nchi 
va undoshdan keyin –
inchi 
qo‘shimchasini qo‘shish bilan hosil bo‘ladi. 
Sanoq sonning turlari: 
1.
 
Miqdor son.
Hech qanday qo‘shimchalarsiz ishlatilib, narsaning 
miqdorini bildiradi: 
ikki talaba, besh qavatli.
Miqdor sonlar hisob so‘zlar 
bilan ham ishlatiladi. Hisob so‘zlar hajm-o‘lchovni bildiruvchi ot 
turkumidagi so‘zlardir. Masalan: 
 kilogramm, hovuch, tilim, bo‘lak, dasta, 
bosh, chaqmoq, chimdim… 
2.
 
Dona son.
Narsaning donalab sanalgan miqdorini bildiradi. Hosil 
bo‘lishi: 
Son+
ta
 – to‘qqizta, yigirmata 
Son + 
dona
, nafar
 – ikki dona, olti nafar 
3.
 
Jamlovchi son.
 
Jamlangan miqdorni bildiradi. Hosil bo‘lishi:
 
son+ 
ala:
 to‘rtala 
son+
ov
: beshov 
son+
ovlon:
 ikkovlon 
 
 


89

 
 Eslab qoling: 
 
ikki, olti, yetti sonlariga 
ushbu qo‘shimchalar qo‘shilsa, 

tovushi tushib 
qoladi. 
Ikki, olti, yetti
+-
ov,– ala, -ovlon
–oltov, ikkala, yettovlon
 
Bu qo‘shimchalar qo‘shiladigan sonlar
:
 1,2,3,4,5,6,7,10 
4.
 
Chama son
 
narsaning taxminiy miqdorini bildiradi. 
Hosil bo‘lishi: son+
tacha
: o‘ntacha 
Son+
lab
:
yuzlab, minglab
Son+
larcha
:
milliardlarcha 
Son+
larda: 
to‘rtlarda
Sonlarni juftlash orqali: 
uch-to‘rt
Chamasi, taxminan
so‘zlari yordamida: 
chamasi soat 4 da. 
5.
 
Taqsim sonlar: 
Miqdorni taqsimlab ifodalaydi: 
Hosil bo‘lishi: son
 + tadan:
ikkitadan bo‘lib berdi. 
Dona-son takroridan
: uchta-uchta
6.
 
Butun sonlar
 
bo‘linmagan miqdorni bildiradi: 
o‘n, yigirma besh
 
7.
 
Kasr sonlar
butunning qismini bildiradi 
 
Hosil bo‘lishi:
1.
 
son
+dan – 
beshdan uch 
2.
 
son + taqsim + son – bir taqsim ikki (yarim) 
3.
 
maxsus so‘zlar orqali
 – 
yarim, chorak, nimchorak

Namuna:
uchdan bir
yoki
bir taqsim uch
1/3 
uchdan ikki
yoki
ikki taqsim uch
2/3 
to‘rtdan uch
yoki
uch taqsim to‘rt
3/4 
beshdan ikki
yoki
ikki taqsim besh
2/5 

 
 Grammatik mavzu bo‘yicha mashqlar 
 
1-mashq.
Nuqtalar o‘rniga tegishli sonlarini qo‘ying. 
Biz oilada.....kishimiz. 2. Dunyo xalqlari .....tilda so‘zlashadilar. 3. Jahon 
iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti .....-yilda tashkil qilingan. 4.Yer 
yuzining..........qismi suv bilan qoplangan. 5. Abdulla Qodiriy ......to‘laqonli 
o‘zbek romani muallifidir. 6. Bugun ertalab soat nechada turganim esimda yo‘q, 
soat taxminan.....edi. 7. BMTning.......ishchi tili bor. 8. Buyuk o‘zbek shoiri 
Alisher Navoiy.......-yilda tug‘ilgan. 9. O‘zbekiston… -yilda mustaqillikka 
erishgan. 10. “Xamsa”.....dostondan iborat bo‘ladi. 11. 2009-yil 
Toshkentning … yilligi nishonlandi. 12. . Bir kun … soat. 13. … marta o‘lchab… 


90
marta kes. 14. O‘zbekiston avtomobil ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda …. – 
o‘rinda turadi. 
 2-mashq.
 
Sonlarning yozilishidagi xatolarni toping va ularni to‘g‘ri 
shaklda yozing. 
1.
Sorbonna ning to‘rta universiteti Parij va Ilde-Fransda, Sorbonna ning 
tarixiy binolarida joylashgan, qolganlari – Parijning boshqa kvartallari va 
shaharchalaridadir.
2.
Do‘stim bilan ikkialamiz bolalikdan birga o‘sganmiz. 
3.
Testlar qiyin edi, lekin Katya, men va Rustam uchchalamiz yuqori ball 
oldik. 
4.
O‘zbekiston Milliy universiteti 1918 yilda tashkil qilingan. 
5.
O‘zbekiston oltin qazib chiqarish bo‘yicha dunyoda 7-nchi o‘rinda turadi. 
6.
Guruhimizdagi sakkizala talaba turli viloyatlardan kelgan. 
7.
Zalda ikki yuzlab talaba yig‘ildi. 
8.
Kutubxonadan har xil fanlarga oid o‘n ikki kitoblarni oldim. 

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin