Panteon-Sorbonna. Uning ikkinchi nomi
Parij I bo‘lib, Panteon
maydonida joylashgan. Bu yerda 40 mingga yaqin talaba o‘qiydi. Universitet
o‘z ichiga huquq, iqtisodiyot, san’at va arxeologiya tarixi, xalqaro va
Yevropa munosabatlari, geografiya, tarix, falsafa, siyosat, ijtimoiy fanlar,
matematika va informatika fakultetlarini oladi.
Yangi Sorbonna yoki bo‘lmasa,
Parij III deb nomlanuvchi universitet
Sorbonna ko‘chasida joylashgan bo‘lib, oldingilaridan kichkinaligi va
ijtimoiy fanlarga yo‘nalganligi bilan ajralib turadi. U 1253-yilda tashkil
topgan. Yigirma mingga yaqin talaba bu yerda fransuz va lotin tili va
adabiyoti, umumiy va amaliy til va fonetika, umumiy va qiyosiy adabiyot,
fransuz tilini ikkinchi til sifatida o‘qitish, nemis tili, ingliz tili, ispanistika va
Lotin Amerikasi davlatlari, Italiya va Ruminiya davlatshunosligi,
sharqshunoslik va arabistika, teatrshunoslik, kinoshunoslik, ommaviy axborot
vositalari kabi fanlarni o‘rganadilar.
Parij-Sorbonna universiteti , boshqacha aytganda,
Parij IV Viktor
Kuzen ko‘chasida joylashgan. Bu yerda 25 mingdan ortiq talaba o‘qiydi. Bu
o‘quv maskanida fransuz adabiyoti, fransuz, lotin, grek, ingliz, italyan va
rumin kabi tillar, shuningdek, slavistika, ispanistika, tarix, geografiya, musiqa
va musiqashunoslik hamda amaliy gumanitar fanlar o‘qitiladi.
Va nihoyat,
Rene Dekart nomidagi universitet , ya’ni
Parij V Ekol de
Medsin ko‘chasida joylashgan. Talabalar soni – 30 ming nafar. Universitet
tarkibiga biomeditsina fakulteti va bo‘limlari, shuningdek, bolalar
kasalliklari, tish xirurgiyasi, jismoniy tarbiya va sport, farmatsevtika va
biologiya, matematika va informatika, gumanitar va ijtimoiy fanlar,
psixologiya, huquq fakultetlari kiradi.
Sorbonna kutubxonasi birinchi marta 1770-yil 3-dekabrda ishga
tushurilgan. O‘sha paytda uning fondida yigirma ming tom kitob bor edi.
1997-yilga kelib kitoblar soni uch baravar ko‘paydi.
87
Sorbonna universitetlari butun jahonda katta obro‘ga ega bo‘lgan
universitetdir.