Oila va nikoh risolasi. Fazluddin Iqroruddin
www.ziyouz.com kutubxonasi
20
ya’ni ellik besh yoshdan o‘tmagan ayollarning bachadonidan keladi.
Bu tayin bir
muddatda keladi, ammo turli kasallik va og‘riq tufayli bo‘lmasligi kerak.
Hayzning eng kam muddati uch kecha-kunduz va ko‘pi o‘n kecha-kunduzdir. Uch kecha-
kunduzga yetmasa yoki o‘n kecha-kunduzdan o‘tib ketsa, shuningdek, balog‘atga
yetmagan yo keksa ayollar qon ko‘rsa, bu hayz emas, istihoza qoni bo‘lib,
navbati
kelganda bu haqda to‘xtalamiz, inshaalloh.
Hamma ayollarning ham hayz ko‘rish muddatlari o‘n kunga yetib bormaydi: ba’zilarda
besh, ba’zilarda olti, yetti yo sakkiz yoki to‘qqiz kecha-kunduz davom etishi mumkin.
Balog‘atga yetgandan so‘ng ikki-uch marta hayz ko‘rib bir muddatda to‘xtasa, bu
muddat o‘sha ayolning odati bo‘ladi.
Demak, har bir ayol o‘zining odati bo‘yicha hayz ko‘rsa, muddatida to‘xtagandan keyin
o‘n kun bo‘lishini kutmay, g‘usl qiladi va unga hayz man’ qilgan amallar barchasi halol
bo‘ladi.
TUHR
Tuhr, ya’ni ikki hayz orasidagi poklik muddatining eng kami o‘n besh kecha-kunduzdir.
Agar o‘n besh
kunga yetmasdan yana qon kelsa, bu istihoza qoni bo‘ladi. O‘n besh
kecha-kunduzdan keyin ko‘rilgan qon navbatdagi hayzdan hisoblanadi. Poklik
muddatining oxirgi chegarasi belgilanmagan. Chunki ayollar ikki-uch yil va ba’zan undan
ham ko‘proq hayz ko‘rmay yurishlari mumkin.
MASALA: hayz muddatida mutaxallil bo‘lgan (oraga kirib qolgan) poklik, ya’ni
bir ayol
bir yo ikki kun qon ko‘rib, keyin bir necha kun pok yursa va o‘n kun ichida yana qon
ko‘rsa, oradagi qon kelmagan kunlar ham hayz hukmida bo‘ladi. Shuningdek, hayz
muddatida oq rangdan boshqa har qanday rangdagi qon hayz qoni hukmida bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: