Oila va nikoh risolasi. Fazluddin Iqroruddin
www.ziyouz.com kutubxonasi
25
Ba’zi ulug‘lar kiborlarga xos ismlardan or qilib, o‘z
ismlarining faqir, ya’ni kamtarin
bo‘lishini istashgan. Hazrati Alisher Navoiy ham bu borada “Nasoyim ul-muhabbat”
asarlarida quyidagi hikoyani keltirganlar:
“Hazrat Xusrav Dehlaviy rahmatullohi alayh debdurki, bir kun mening xotirimg‘a keldiki,
Xusrav ulug‘lar otidur, ne bo‘lg‘ay edi, agar menda faqr oti bo‘lsa erdiki, Hashr kuni
meni ul ot birla atasalar erdi va bu xotirni hazrat shayx Nizomuddin Avliyoga arz qildim.
Dediki, solih vaqtda sening uchun ot tilalgay va men bu intizorda bo‘ldum.
Bir kun shayx
dediki, bizga mundoq makshuf bo‘ldiki, qiyomat kuni seni Muhammad Kosales
degaylar”6.
Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning muborak ismlarini farzandlarga qo‘yish
mumkin, hatto fazilat hisoblanadi. Ammo Abulqosim deya kunyalari bilan atash joiz
emas.
Farzandga payg‘ambar yo farishtalar ismlaridan qo‘yilsa, unga dashnom berish, so‘kish,
la’natlash va masxara qilish mumkin emas. Mabodo ota-ona
bu farzandni tarbiyalash
uchun koyishdan boshqa chora topolmasa, u holda bolaning ismini aytmay, “sen falon”
deb aytsin.
Muhammad ismli bolani e’zoz va ikrom qilish lozim. Quyidagi hadisi sharif ham shunga
dalolat qiladi:
“Qachonki, bolaga Muhammad deb ism qo‘ysangiz, albatta, unga ikrom
ko‘rsatinglar, u o‘tirgan joyni keng va ochiq qilinglar. Unga achchiq va qattiq yuz bilan
boqmanglar”.
Bolaga ma’nosiz va xalq orasida hijolat qiladigan ism qo‘yish durust emas. Masalan:
Qo‘chqor, Bolta, Tesha, O‘roq, Chori, Panji va hokazo.
Farzandga yaxshi ism qo‘yilgandan keyin, uni chala-yarim qilmay, to‘liq va go‘zal
talaffuz qilish kerak. Afsuski, xalqimiz orasida ismni qisqartirib aytish odatga aylanib
qolgan. Bu yomon
odatning boshlanishi oiladan, ota-onadan bo‘ladi. Masalan, Abdullohni
(ma’nosi Allohning bandasi degani) Avdilo yo Avdi deb chaqiriladiki, bu ism egasiga
hurmatsizlikdir.
Qolaversa, chaqirgan kishining ham fasohat va madaniyatdan uzoqligiga
dalolat qiladi.
Shuningdek, ota-ona, ustoz va katta yoshdagi kishilarning ismlari bilan o‘zlariga
murojaat qilish hamda er-xotin bir-birlarining ismlarini aytib chaqirishlari beadablik
sanaladi.
Chala yoki o‘lik tug‘ilgan bolaga ham ism qo‘yish kerak. Agar farzand jonsiz tug‘ilsa yoki
tug‘ilgandan so‘ng nobud bo‘lsa, bu holdan ota-ona qattiq aziyat chekmasin. Alloh
taolodan
savob umidida sabr qilsalar, shu farzandlari qiyomat kunida do‘zax o‘tidan
parda bo‘lsa, ajab emas.
Dostları ilə paylaş: